Qonun ustivorligi-demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqorolik jamiyatini qurishning asosi
Ushbu ishning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti sifatida qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘nalishlarini chuqur o‘rganishdir. Qonun ustuvorligi, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta'minlamasdan turib fuqarolik jamiyatini qurish haqida so'z yuritishga hech qanday asos qolmaydi. Bugungi kunda yuridik-huquqiy normalarni erkinlashtirish va yangilash, sud organlari faoliyatining tashkiliy shakllarini takomillashtirish bo'yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini har tomonlama chuqur o'rganib chiqish dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Shuningdek, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida ma'naviy-axloqiy va huquqiy me'yorlarga sodiq bo'lgan xalqimizning huquqiy madaniyati va tafakkurini rivojlantirish asosiy yo'nalish hisoblanadi.
Asosiy mavzular
- Qonun ustuvorligi va inson huquqlari: Qonun ustuvorligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15 va 16-moddalarida belgilab qo'yilgan bo'lib, uning mohiyati inson, uning huquq va erkinliklarini ta'minlashdan iborat. Qonun ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining muqaddas tamoyillaridan biridir. Qonunga og'ishmay itoat etilgan jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va yanada mustahkamlanadi.
- Huquqiy madaniyatning ahamiyati: Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijalari har bir shaxsning manfaatiga xizmat qilayotgani, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan azaliy va zamonaviy milliy qadriyatlarning amaliy ifodasidir. Huquqiy madaniyat – huquqiy ong mahsulidir. Huquqiy ong ijtimoiy ong shakli bo'lib, u o'ziga xos holda fuqarolarning huquqiy munosabatlardagi ishtirokida namoyon bo'ladi.
- Fuqarolik jamiyatining shakllanishi: Fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan yana biri ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish masalalari xususida to'xtalib, so'z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o'tkazilayotgan islohotlarning ichiqligini ta'minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga keng joriy qilish – jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor yo'nalish ekanini ta'kidladi.