Тармоқ иқтисодиёти

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda qurilish tarmoqlarining iqtisodiyoti, uning milliy iqtisodiyotdagi o'rni, kapital qurilishda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya siyosati, moddiy-texnika bazasi, ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi, qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik, qurilish sanoatining diversifikatsiyalash asoslari hamda mehnat resurslari va mehnat unumdorligi kabi muhim masalalar atroflicha yoritilgan. Kitobda shuningdek, bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kadrlar siyosati va uni takomillashtirish muammolari, davlat tomonidan qurilish ishlarini tartibga solishning zamonaviy tizimi va organlari, shuningdek pudrat tashkilotlari va firmalarning qurilishni boshqarishdagi asosiy jihatlari ham o'z aksini topgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Qurilish sohasining iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati, O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishidagi roli.
  • 1-mavzu: “Tarmoq iqtisodiyoti” fanining predmeti, maqsadi, mazmuni va vazifalari: Tarmoq iqtisodiyotining predmeti, maqsadi, vazifalari, qurilishning milliy iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati, texnik-iqtisodiy xususiyatlari.
  • 2-mavzu: Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari va muammolari: Kapital qurilishni isloh etishning asosiy yo'nalishlari va muammolari, shartnoma tizimi va tanlov savdolari, tadbirkorlikni rivojlantirish.
  • 3-mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsion siyosat: Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsiya siyosatining mohiyati va xususiyatlari, investitsiya-qurilish jarayoni, uni tashkil qilish va samaradorligi, investitsiya loyihalari va dasturlari.
  • 4-mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari: Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi va amaliyoti tarixi, investitsiyalar tuzilmasi va ularning investitsion qarorlar samaradorligiga ta'siri, investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari va oshirish yo'llari.
  • 5-mavzu: Qurilishda loyihalash iqtisodiyoti va uni tashkil etish: Qurilishda loyihalashning maqsadi va vazifalari, loyihalash bosqichlari va hujjatlarining tarkibi, loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini baholash va oshirish yo'nalishlari.
  • 6-mavzu: Investitsion-qurilish faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi: Boshqaruv ob'yektiv zaruriyat va maqsadga yo'naltirilgan jarayon sifatida, qurilishda boshqarish maqsadi, vazifalari va xususiyatlari, zamonaviy boshqarish tizimi va organlari, pudratchi tashkilotlar va firmalar.
  • 7-mavzu. Qurilish industriyasining ishlab chiqarish va resurs salohiyati hamda undan oqilona foydalanish: Ishlab chiqarish salohiyati va resurslari, ularning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari, asosiy fondlar, aylanma fondlar, mehnat resurslari va ularning ahamiyati.
  • 8-mavzu: Qurilish korxonasi bozor iqtisodiyoti sub'yekti sifatida: Tadbirkorlik va korxona, qurilish korxonalarini shakllantirish va ular faoliyatining asosiy jihatlari, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashda davlatning o'rni.
  • 9-mavzu: Qurilishda mehnat resurslari va mehnat unumdorligi: Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati, mehnat unumdorligini oshirish omillari va rezervlari, ularni o'lchash metodlari va baholash.
  • 10-mavzu: Qurilishda mehnat munosabatlari va kadrlar salohiyatini takomillashtirish muammolari: Korxona kadrlar salohiyati, bozor munosabatlari sharoitida kadrlar siyosati, mehnatga haq to'lash.
  • 11-mavzu: Qurilish moddiy – texnikaviy bazasi va uni takomillashtirish yo'nalishlari: Bozor sharoitida qurilish moddiy-texnika ta'minoti, resurslarni yetkazilishini tashkil etish, shakllari va metodlari, logistika.
  • 12-mavzu. Qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi: Iqtisodiyot va jamiyatda ilmiy-texnika taraqqiyoti, qurilishda uning ahamiyati va asosiy yo'nalishlari, bashorati va rejalashtirish, iqtisodiy baholash.
  • 13 - mavzu. Qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik: Qurilish-montaj ishlari tannarxi strukturasi, smeta bo'yicha qiymati, foyda va uni hisoblash usullari, rentabellik va uni oshirish yo'llari.
  • 14-mavzu: Qurilish ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash asoslari: Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi, amalga oshirish sharoitlari va mezonlari, tashkil etish va o'tkazish.