Табиатдан фойдаланиш ва уни муҳофаза қилиш

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishning geografik asoslarini, inson va tabiatning o'zaro ta'sirini, tabiiy resurslardan foydalanishni, resurslarning inson tomonidan o'zlashtirilishini, yer, suv, iqlim, mineral va biologik resurslardan foydalanishda tabiatning ifloslanishi, tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar, tabiatni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik masalalarini o'rganadi. Qo'llanma talabalarga tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi aloqalarni tushunishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish kursining predmeti, metodlari va vazifalari: Kursning predmeti, tabiat qonunlari, resurslardan foydalanish, insonning atrof-muhitga ta'siri, geografik qonuniyatlar, geografik asoslar, asosiy yo'nalishlar va bosqichlar, resurslarning inson tomonidan o'zlashtirilishi, tabiatning ifloslanishi, resurslar, xalqaro hamkorlik masalalari.
  • Tabiat unsurlari va tabiatdan foydalanishdagi omillar: So'zning o'ziga xos atama va ilmiy tushunchalari, har bir mutaxassis o'ziga yoqqan yoki o'zicha to'g'ri deb hisoblagan atama va tushunchalardan foydalana bilishga mas'uliyat bilan qarashi, ta'bir.
  • Atrof-muhitning takror ishlab chiqarishdagi ahamiyati va uni muhofaza qilish zaruriyati: Insoniyatning tabiatga ta'siri doirasining kengayib borishi, tabiiy landshaftlar hususiyatlarining tubdan o'zgarishi, antropogen landshaftlarining vujudga kelishi, ta'sirning oqilona bo'lishi, resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan hususiy mulk egalarining maksimal daromad olishga intilishi tabiatning barcha boyliklaridan intensiv va ayni vaqtda vahshiylarcha foydalanishga olib keladi.
  • Tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslar iqtisodiyoti: Tabiatdagi ayrim kompomentlar muvozanatigina emas, balki butun bir landshaftlar muvozanatining buzilishini kuchaytirmoqda. Tabiatdagi bu keskin o'zgarishlar esa ko'pincha insoning hayot faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
  • Makroiqtisodiy siyosat va atrof-muhit: Makroiqtisodiy siyosat mamlakatda tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhit ahvoliga keng qamrovli ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodiy o'sishni ta'minlashga yo'naltirilgan milliy siyosat, muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligiga bog'liq bo'lmagan holda aholi daromadi, davlat daromadlari va harajatlari, innovatsion siyosat va boshqalar orqali atrof-muhitga bevosita ta'sir ko'rsatadi.
  • Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish: Gidrosfera tarkibiy qismi, suv zaxiralari va ulardan to'g'ri foydalanish, atmosfera bilan bog'liq holatda, turli hududlar ekinlarini sug'orish, sanoat tashkilotlarining suv talabi.
  • Atmosfera havosini muhofaza qilishni rejalashtirish: Atmosfera yerning himoya qobig'i, quyoshdan yetib keluvchi zararli nurlar va meteoritlarning ta'siri, havo resurslari, energiya manbalari va ulardan to'g'ri foydalanish.
  • Biologik hilma-hillikni saqlash: Biologik hilma hillik tabiatni toza saqlash, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, yangi texnologiyalar bilan ishlab chiqarishni yangilash, yerosti boyliklarni qazish va tozalash imkoniyati.
  • O'zbekiston va markaziy osiyoda tabiatdan noto'g'ri foydalanish oqibatida iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishi: Yer resurslarining kamayishi, sho'rlanishning ortiq borishi, o'rmonlarning kamayib ketishi, cho'llanishning ortishi hamda sug'orishning ortishi Orol dengizida suv havzasining yo'qolishi va atrof muhitning o'zgarishiga olib keldi.
  • Tabiatni muhofaza qilishdagi halqaro hamkorlik va ularning amaldagi faoliyati: Global ekologik muammolarni hal qilish, milliy resurslar, turli davlatlar ta'sirlanishi, tabiatni toza saqlash, fan va texnika yutuqlari, ekologik masalalarga yechim topish va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi aloqa.