Og’iz bo’shlig’i jarrohligi
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Og‘iz bo‘shlig‘i jarrohligi” fanining asosiy bo‘limlari nazariy va amaliy bilimlarini o‘z ichiga olib, xirurgik stomatologik kabinetining tashkil topishi, og‘riqsizlantirish usullari va turlari, umumiy og‘riqsizlantirish turlari, narkozga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, potensirlangan og‘riqsizlantirish, prolongasiya tushunchasi, og‘riqsizlantiruvchi preparatlar, odontogen yallig‘lanish kasalliklari (periodontit, periostit, osteomielit) kelib chiqish sabablarini, klinik ko‘rinishlarini va tashhislashni qamrab olib, bo‘lg‘usi umumiy amaliyot stomatologlarida klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash, shuningdek davolash printsiplarini aniqlash uchun zamin yaratib beradi. Jarrohlik stomatologiya kasalliklari propedevtikasi fani tishlarni olishga bo‘lgan ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, tishlarni olish usullari, omburlarning kurinishi, og‘riqsizlantirish usullari va klassifikatsiyalarini, tishlarni olish vaqtidagi va tishlarni olgandan keying asoratlar, yuz-jag‘ bo‘limida odontogen yallig‘lanish kasalliklari bilan davolangan bemorlarni statsionardan chiqqanidan so‘ng o‘tkaziladigan reabilitatsion usullarini tanishtiradi va o‘rgatadi. Jarrohlik stomatologiya kasalliklari propedevtikasi fanida yuz-jag soxasidagi kasalliklarning etiopatogenezi, klinik ko‘rinishi, tekshiruv usullarini, qiyosiy tashxislash printsiplari va kasalliklarning oldini olish va davolash usullari, absses va flegmona yiringli kasalliklari tasnifi, yuz jag‘ sohasida uchrashi mumkin bo‘lgan sohalar, absses va flegmonada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar va ularni erta diagnostika qilish, davolash to‘liq yoritilgan. O‘quv-uslubiy majmuada xar bir ma`ruza va amaliy mashg‘ulot innovatsion ta`lim texnologiyalari ishlab chiqilgan. O‘quv-uslubiy majmua tibbiyot instituti assistentlari, tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar va institut 3-kurs talabalariga mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O‘quv-uslubiy majmuaning maqsadi va dolzarbligi, ushbu fanining oliy taʼlimdagi o‘rni, fanining asosiy boʻlimlari nazariy va amaliy bilimlarini o‘z ichiga olishi.
- Og‘iz bo‘shlig‘i jarrohligining umumiy qoidalari: Xirurgik stomatologik kabinetning tashkil etilishi, unga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, xirurgik stomatologiyada ishlatiladigan asboblar va uskunalar, xom ashyolar.
- Og‘riqsizlantirish usullari: Anesteziyaning turlari, umumiy va mahalliy og‘riqsizlantirish, ularning turlari, indikatsiyalari va kontrendikatsiyalari, anestetiklarning ta'sir mexanizmi, og‘riqsizlantirish usullarining qo‘llanilishi va ularning samaradorligi.
- Tish olish operatsiyasi va uning asoratlari: Tish olishga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, tish olish usullari, tish ildizlarini olish, tishlarni olishda yuzaga keladigan erta va kechki asoratlar va ularni bartaraf etish usullari.
- Yuz-jag‘ soxasidagi kasalliklarning diagnostikasi va davolash: Yuz-jag‘ soxasidagi yallig‘lanish kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinik ko‘rinishi, diagnostikasi, kasalliklarning oldini olish va davolash usullari, og‘iz bo‘shlig‘i yiringli jarayonlari va ularning davolash tamoyillari.
- Bemorlarni tayyorlash va operatsiyadan keyingi parvarish: Bemorlarni operatsiyaga tayyorlash usullari, operatsiyadan keyingi davrda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar va ularni davolash usullari.