Folklor ijrochilik san’ati tarixi
Ushbu kitob "Oʻzbekiston Davlat San'at va Madaniyat Instituti" tomonidan nashr etilgan. Kitob "FOLKLOR IJROCHILIK SAN'ATI TARIXI" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda folklorning tarixi, janrlari, ijrochilik san'ati, xususan baxshi ijrochiligi, qo'shiqlar, dostonlar hamda marosim folklori kabi mavzular chuqur tahlil qilingan. Kitobda shuningdek, bolalar folklori va folklor ijrochiligining bugungi holati, folklor asarlarini ijro etishdagi umumiy jihatlar, ayniqsa so'z, kuy va raqs uyg'unligi kabi mavzular ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Mustaqillik davri folklor taraqqiyoti va ijrochiilık san'ati: Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalari asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib, yangilanib, xalq madaniyati, maʼnaviyatini oʻz mazmunida ifodalab kelayotgan bebaho meros hisoblanadi. Mustaqillik yillarida folklor janrlaridan mazmunan yangi yoʻnalishlar yaratildi va bu borada tadqiqotlar amalga oshirildi.
- Folklor ijrochiilik san'ati tarixi va uning oʻrganilishi: Folklor (ingl. folk - xalq, loge - donolik soʻzlaridan) – folklor, xalq ogʻzaki badiiy ijodi. Folklor termini hozir xalqaro miqyosda keng tarqalgan boʻlib, Gʻarb mamlakatlarida xalq ogʻzaki badiiy ijodining turli sohalarini ifodalaydi. Folklor oʻziga xos sanʼat turi boʻlib, qadimda u miflarga oʻxshash sinkretik xarakter kasb etgan.
- Baxshi – folklor asarlari ijrochisi: Baxshichilik, yaʼni epik anʼana avloddan-avlodga oʻtib, asrlar osha ogʻzaki ravishda saqlanib kelgan sanʼatdir. Baxshi oʻz epik xotirasida ana shu anʼanalarni saqlab, uni avlodlarga yetkazib kelgan.
- Doston ijrochilik san'ati: Ijrochilik sanʼati ogʻzaki tarzda ijro etib kelinayotgan, ajdodlardan avlodlarga ogʻzaki tarzda meros boʻlib kelayotgan dostonlarning alohida oʻrni bor. Xalq dostonlarining yuzaga kelishi davri qadimiy ekan, demak uning dastlabki ijro holati bevosita marosim bilan bog'liq.
- Folklor ijrochiilik san'atida qoʻshiq: Qo'shiq- to'rtliklardan tashkil topgan, kuyga, ohangga solinib ijro etiladigan she'riy san'at. Turkiy xalqlar follkloridagi eng qadimiy va boy janrlardan biri.
- Marosim folklor qoʻshiqlari va ijro san'ati: Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to'kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus oʻtkaziladigan, xalq orasida qat'iy an'anaga kirib qolgan xatti-harakatlar marosim deyiladi.
- Bolalar folklori va ijrochi mahorati: Bolalar folklori - og'zaki ijod namunalaridan biri. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi.
- Xalq tomosho san'atida ijrochilik mahorati: Oʻzbek xalq teatri va tomosha san'ati an'analarining oʻziga xosligi, bu folklor an'analarining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlarining tadqiq etilishi.
- Folklor ijrochilik san'atining bugungi holati: Postfolklor lug'aviy ma'noda folklordan keyin degan ma'nonai anglatadi. Biroq postfolklor hodisasi folklorning bugungi holatini, bugungi jarayonini anglatadi.