O’zbekiston tarixi

Ushbu kitob tarixiy manbalar va tadqiqotlar asosida O'zbekistonning qadimiy davrlardan mustaqillik yillarigacha bo'lgan davlat qurilishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti hamda Buyuk ipak yo'li, xalqning etnik shakllanishi, buyuk jahon ziyolilari va ularning O'zbekiston va jahon madaniyatiga qo'shgan hissasi, hamda Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoga bosqini va milliy ozodlik harakatlari kabi muhim mavzularni chuqur yoritib beradi. Kitob o'zbek xalqining tarixi, ma'naviyati va madaniyati haqida to'liq ma'lumot berib, o'quvchilarda o'z tarixiga nisbatan hurmat, faxr va o'zlikni anglash tuyg'usini shakllantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Oʻzbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi: O‘zbekiston tarixining predmeti, uni o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi. Jahon tarixida O‘zbekistonning o‘rni va mavqei. Fanining maqsadi va vazifalari. Ilmiy va ilmiy-amaliy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi fandir.
  • O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. (IX asrga qadar): Mamlakatimiz hududida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kelishi. Qadimgi Xorazm. Qadimgi Baqtriya podsholigi. Ahmoniylar hukmronligi davrida O’rta Osiyoda kechgan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy xayot. Makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari. Ellinizm. Salavkiylar va Yunon Baktriya davlati.
  • O‘zbek xalqining etnik shakllanishi. Buyuk ipak yo‘li.: O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi. O’zbek xalqi shakllanishining birinchi bosqichi. Eramizning IX asrgacha bo’lgan asosiy etnik jarayonlar. Ikkinchi bosqich - IX - XII asrlar da kechgan asosiy etnik jarayonlar. XV asr oxirlari - XVI asr o’zbek xalki shakllanishining so’nggi bosqichi. O’zbek atamasi. Buyuk ipak yo‘li.
  • O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi: O‘zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslari va tamoyillarining shakllanishi. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi. MDH mamlakatlari bilan hamkorlik. O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari bilan o’zaro hamkorligi.