Vokal ansambli
Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti tomonidan
Asosiy mavzular
- Vokal ansambli: Bu o'quv-uslubiy majmua "Vokal ansambli" fani bo'yicha yaratilgan bo'lib, unda mazkur fanning namunaviy va ishchi dasturlari, yakka (amaliy) mashg'ulotlarning mavzulari, fan bo'yicha testlar, glossariy, baholash mezonlari, ta'lim texnologiyalari, o'quv qo'llanma va darslik hamda majmuaga ta'lluqli barcha materiallarning elektron shakllari jamlangan. Mazkur o'quv-uslubiy majmua Xalq ijodiyoti (turlar bo'yicha) bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
- Fanning maqsad va vazifalari: Vokal ansambli fanining maqsadi bo'lajak mutaxassislarning badiiy va estetik didini, kuylash imkoniyatlarini, musiqiy asarlarni qabul qilish qobiliyatini o'stirishdan, musiqiy asarlar shaklini o'rganish, o'zbek va chet el kompozitorlarining asarlarini ansambl bo'lib kuylay olish imkoniyatlarini, uslub va mazmunini rivojlantirishdan iboratdir. Vokal ansambli xor jamoasining bir bo’lagi bo’lib bunda xar bir ijrochi o’z o’rniga ega bo’lishi va ovoz imkoniyatlarini ko’rsata bilishi, yetakchilik qila bilishi kerak.
- Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar: Vokal ansambli fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr guruhli ijrohilikning nazariy asoslari, yakkaxon va vocal guruhi ijrochiligining o’zaro uyg’unligi, jahonga mashxur va respublikaizdagi mavjud okal guruhlari, jo’rli a jo’rsiz ijro, ovoz tarbiyasini tashkil etish ysullari haqida tasavurga ega bo’lishi, vocal ansambli faoliyatini tashkil etishni, repetisiya jarayonlarini tashkil etishni, ovoz sozlash mashqlarini, o’z ijrosini boshqalar ijrosiga moslashtirishni, akademik va milliy xonandalikdagi ijro uslublarini, nafas olish mashqlarini, ijro jarayonida ovoz kuchini o’zgartirishni, repertuar tanlashni, sahna chiqishlariga tayyorlanish jarayonini bilishi va ulardan foydalana olishi zarur. Asar mualliflari haqida ma’lumotlarni qidirib topish, fonoteka a audio youvlaridan samarali foydalanish, ovoz mashlarini ijro etish, musiqiy asar ustida ishlash, ijro davrida muallif ko’rsatmalariga amal qilish, rahbar ko’rsatmasiga amal qilish, sahna madaniyatiga rioya qilish, yakkaxon sifatida va vocal ansamblida kuylash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi: Vokal ansambli fani asosiy ixtisoslik fanlaridan biri bo‘lib, 2-8 semestrlarda o‘qitiladi. Mazkur fan xor sinfi, dirijyorlik, vokal, xor solfedjiosi, aranjirovka, dirijyorlik amaliyoti kabi ixtisoslik fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.
- Fanning ilm fan va san’at sohasidagi o’rni: Vokal ansambli fani ilm fan va san’at sohasida alohida o‘ringa ega.Talabalarni hamohang bo‘lib kuylashlarida bu fan juda yaxshi natijalarga erishtiradi. Vokal ansamblida xor asarlari va kichik hajmdagi qo‘shiqlar ham o‘rgatilinadi. Ansambl bo‘lib kuylashda talabalarda musiqiy eshitish qobiliyati yanada rivojlanadi. Bo‘lajak vokal jamoalari rahbarlari mutaxassisligi uchun bu fan juda muhimdir.
- Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot pedagogik texnologiyalar: Vokal ansambli fanining o‘rganish jarayonida o‘qitishning quyidagi yangi texnologiyalaridan foydalanish samaralidir: kompyuter, audio-video vositalaridan foydalanish, yangi asarlarni tinglash, asarlarni tahlil etish, ochiq darslarga qatnashish, ochiq hisobot kontsertlarini o‘tkazish.
- Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish mazmuni: Talabalar amaliy mashg‘ulotlarda vokal asarlarini ikki va uch ovozda kuylaydilar. Amaliy mashg‘ulotda tanlanadigan asarlar quyidagi prinsiplarga tayanadi: o’zbek, rus va qardosh davlatlar va jahon kompozitorlarining turli shakldagi vokal asarlari va qo’shiqlar fan uchun malaka hosil qildiruvchi (sof intonatsiya va unison, unlilarning to’g’ri tallaffuzi, diksiya, kantilena, xususiy va umumiy ansambl, dinamik ifodaviylik), fanning mohiyatiga javob beruvchi bo’lishi lozim.
- Mustaqil ta‘limni tashkil etishning shakli va mazmuni: Chop etilgan dasrliklar, o‘quv qo‘llanmalar, mutaxassis va mashhur xonandalarning ilmiy maqolalarini o‘qishlari va u yerdagi ilg‘or fikr-mulohazalarni va tajribalarni amalga oshirishlari maqsadga muvofiq. Qo‘shiqning muallifi, uning ijodiy faoliyati, qo’shiqning o‘ziga xos jihatlari va o‘zbek milliy musiqa madaniyatida tutgan o‘rni haqida bilib olishi zarur. So‘ngra qo‘shiqning so‘zlari uning mazmunini anglab yetmog‘i lozim. Keyinchalik qo‘shiq musiqasini, avval kuyini o‘rganishdan boshlaydi, so‘ngra garmoniyasi va fortepiano partiyasini o‘rganishi kerak. Shundagina talaba qo‘shiqning tabiati, mazmuni va xarakterini idrok etishi mumkin bo‘ladi.
- Vokal ansambli ijrochiligi an’analari: Bolalar vokal ansambli, ayollar vokal ansambli, erkaklar vokal ansambli, aralash vokal ansambli, jo‘rli va jo‘rsiz tarkibli vokal ansambli repertuarlari asosida asarlarni o‘zlashtirish.
- Vokal ansambli mashqlari: Mashqlar turli maqsadlarni ko‘zlaydi: ovozni shakllantirish, diapazon (ovoz hajmi)ni kengaytirish, nafas olish yo‘llarini to‘g‘rilash, sof talaffuz, ovoz registrlari chegarasini tekislash, eshitish qobiliyatini rivojlantirish va boshqalar. Bu mashqlar xonandalarning ijroda vokal–texnik usullarini o‘zlashtirib olishga yordam beradi.
- Talaffuzni shakllantirish: Qo‘shiq ijro etganda so‘z talaffuzining aniq va to‘g‘ri bo‘lishiga katta ahamiyat beriladi. Aniq talaffuz musiqa mazmunini yoritishda eng muhim badiiy ifoda vositalaridan biri hisoblanadi. Bolalar ansambluyushmasining dastlabki faoliyatida so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, nutq organlarini (lab, til, va h.) yaxshi ishlata bilmaslik singari kamchiliklar uchrab turadi. Shu kabi kamchiliklar tovush sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Til tutilishi va labning kam harakatchanligi, og‘izning noto‘g‘ri ochilishi, pastki jag‘ning, boyin va yuz mushaklarining qotib qolishi singari nuqsonlar talaffuzning noaniqliligiga sabab bo‘ladi. Shuunga ko‘ra, buning oldini olish uchun zarur mashqlardan foydalaniladi.
- Jamoa qatnashchilarining qiziqishlari: Vokal ansambli shunos olimlarning ilmiy kuzatishlari hamda yig‘ilgan tajriba shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy vokal-ansambljamoalarini to‘g‘ri boshqarish uchun ob’ektiv va sub’ektiv tashkiliy omillarini hisobga olish maqsadga muvofiq. Kishilardagi kuylashga bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlarning mavjudligi, ansamblsan’atining jamoa ijro ekanligi hamda uning ommabopligi ommaviy omillarga kirsa, sub’ektiv omillarga xonandalarning istak-muddaolari kiradi. Vokal-ansambljamoalari faoliyatida bu omillar muhim rol o‘ynaydi.
- Ovoz xususiyatini aniqlash: Ovoz xarkterini, jamoaga qobiliyati bor-yo‘qligini, ayniqsa, ba’zi bir ovoz diapazoni hali uncha katta bo‘lmagan xonandalarning ovozini quyidagicha aniqlash mumkin. Ma’lumki, har bir ovozda (kuylashni bilmagan kishilarda ham) zo‘riqmasdan, erkin, to‘liq va tabiiy holda chiqadigan ma’lum tovushlar bor. Mana shu tovushlar orqali ovoz tembrini, uning ba’zi xususiyatlarini, ya’ni musiqaviy xotirasini, musiqani eshita bilish qobiliyatini – sluxini aniqlash mumkin. Buni kuylashga o‘ng‘ay tovushlar – primar tovushlar deb ham yuritiladi. Ovozi uncha rivojlanmagan yosh bolalar ovozini va eshitish qobiliyatini ham shu tovushlar orqali aniqlanadi. Keyinchalik ularning ovoz diapazonini kengaytirish mumkin.
- Registrlarni tekislash: Yuqorida aytilganidek, kishi ovozi ma’lum miqdordagi tovushlardan iborat bo‘lib, ular past, o‘rta va baland registrlarga bo‘linadi. Bizga ma’lumki, pastki registrdan o‘rta, ko‘krak registriga va o‘rta registrdan yuqori, ya’ni bosh registriga o‘tishda ovoz o‘zgaradi. Kuchsiz, xiraroq tovush kuchliroq, jarangdor, ba’zida esa dag‘alroq bo‘lib chiqadi. Tajribasiz xonanda ovozida registrdan registrga o‘tish jarayonida ohangda o‘zgarish seziladi. Tajribali xonandalar esa ovozlarini o‘zgartirmaslikka, bir tekis silliq chiqarishga harakat qiladilar. Shuning uchun yosh, tajribasiz xonandalarni ovozlarini o‘zgartirmasdan, hamma registrlarda bir tekis silliq ijro etish yo‘llarini, xususan, yuqori registrga o‘tishda ovozni yarim berkitilgan (niqobdor qilib) holda kuylashga o‘rgata borish kerak bo‘ladi.
- Test savollari: Kitobning oxirida ushbu fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimni tekshirish uchun test savollari keltirilgan.