Xor partiturasini o’qish
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Xor partiturasini o‘qish” fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, unda mazkur fanning namunaviy va ishchi dasturlari, yakka mashg‘ulotlarning mazmuni, fan bo‘yicha glossariy, baholash mezonlari, ta’lim texnologiyalari, o‘quv materiallari,darslik va adabiyotlar ro‘yxati hamda majmuaga taalluqli barcha materiallarning elektron shakllari jamlangan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Xalq ijodiyoti (turlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Fan o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi. Talabalar fan mazmunini o‘zlashtirish jarayonida quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak: partitura yozuvining vujudga kelishi, xor asari partiturasida ovoz partiyalarining joylashuvi, kalitlar, diapozoni, tessituraviy xususiyatlari va ularning asarlarda aks etishi. Ijro repertuarini tanlash, asarlarni tahlil etish, olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Shu jumladan, bir, ikki, uch va to‘rt qatorli xor asarlarini fortepianoda ijro eta olish va ularni vokal-xor tahlil qila olishi kerak.
Asosiy mavzular
- Kirish: Vokal jamoalari uchun malakali rahbarlarni tayyorlashda “Xor partiturasini o‘qish” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ixtisoslik bo‘yicha talaba yoshlarda kasbiy bilimlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi mazkur fan dirijyor-xormeyster ijodiy faoliyatining ajralmas qismini tashkil qiladi. Partitura yozuvi savodxonligi, xor partiturasi janrlari nazariyasi haqidagi bilimlarni hamda partitura ijrochiligi ko‘nikmalarini o‘zlashtirish talabalarning kelajakda xor jamoalari ishini tashkil etishi va boshqarishida, ularda dirijyor-xormeysterlik malakasining oshishida o‘z ifodasini topadi. Xor partiturasini o‘rganishda fortepiano chalish, vertikal va gorizontal ovozlar yo‘nalishlarini turli usullarda kuylash, bunda bir vaqtda kuylaydigan ovozlarni alohida eshita olish, partitura xususiyatlarini tahliliy o‘rganish talabaning musiqiy ijodiy qobiliyatlarini keng ko‘lamda rivojlantiradi.
- Fanning maqsad va vazifalari: «Xor partiturasini o‘qish» fanning maqsadi - a’kapella, cholg‘u jo‘rligida ijro etiladigan xilma-xil xor partituralarini har tomonlama o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Xor partituralarini o‘rganishga fortepiano chalish, ovozlarda vertikal va gorizontal jo‘rlik, xor partiyalarini, ya’ni bir vaqtda kuylanadigan alohida ovozlarni eshita olish va to‘g‘rilash, xor asari xususiyatlarini keng tahliliy o‘rganish va g‘oyaviy-badiiy obrazlarni aniqlash kabilar kiradi. Fan maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘p ovozli xor asarlarini eshitish, ularni qiyoslash, vokal-xor jihatdan tahlil qilish, fortepianoda partituralarni ijro eta olishni rivojlantirish vazifasi qo‘yiladi. Xor partituralarini o‘qish talabalarning xor va xor uchun yozilgan yangi asarlarni o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
- Fan bo‘yicha talabalarning tasavvuri, bilimi, ko‘nikma va malakasiga quyiladigan talablar: «Xor partiturasini o‘qish» fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: Xor partituralari, ularning tarixiy rivojlanish yo‘llari, musiqiy kalit va uning turlari, akkolada, xor partiturasi yozuvi turlari; xor asarlari partiturasida ovoz partiyalarining joylashuvi (soprano, alt, tenor va bas); bolalar, ayollar, erkaklar, aralash xor turlarini va ko‘rinishlari; bir turdagi xor asarlari partiturasi, aralash xor uchun bir va bir necha qatorli asar partituralari yozuvlari; transpozitsiya, uning turlari, asarlarning vokal-xor tahlili haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
- Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi: “Xor partiturasini o‘qish” fani asosiy mutaxassislik fanlaridan bo‘lib, 6-7 semestrlarda o‘qitiladi. Ushbu fan xor sinfi, dirijyorlik, dirijyorlik amaliyoti, vokal ansambli, xor solfedjiosi kabi fanlar bilan bevosita bog‘liq holda o‘rganilib, chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.
- Faning ilm - fan va san’at sohasidagi o‘rni: Xor partiturasini o‘qish fani musiqa san’atining xor janri nazariyasi va amaliyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu fan musiqa ta’limida zamonaviy ko‘p ovozli musiqani idrok va ijro eta oladigan, yosh barkamol avlodni ma’naviy madaniy tarbiyasiga hissa qo‘sha oladigan bo‘lajak dirijyor-xormeysterlar tayyorgarligiga xizmat qiladi.
- Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: “Xor partiturasini o‘qish” fanini o‘rganish jarayonida o‘qitishning quyidagi yangi texnologiyalaridan foydalanish ustoz va shogirdga birday samaralidir: kompyuter, audio-video vositalarini qo‘llash, yangi chet el va o‘zbek kompozitorlarining xor asarlarini doimiy tinglash, asarlarni mazmunan va musiqiy tahlil etish, hisobot konsertlari o‘tkazish.
- ASOSIY QISM: Fanga kirish: Asosiy qismda fanning mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. “Xor partiturasini o‘qish” fanining mavzuiy mazmun-mohiyati, asosiy tushunchalari va ish mazmuni ochib berilgan. Bunda talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan fan bо‘yicha malaka va ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan.
- Xor partituralari va ularning xususiyati: Partitura yozovining vujudga kelishi. Xor partiturasini o‘qish fani tushunchalari. Xor asari partiturasida ovoz partiyalarining joylashuvi. Xor asari partiturasida kalitlar (skripka, alt, tenor va bas kalitlari).
- Xor asari partiturasi yozuvining turlari: Bir turdagi xor asarlari. Aralash turdagi xor asarlari. Xor asari partiturasida matnning o‘rni. Bir qatorli partiturada yoziladigan matnlar. Ikki qatorli partiturada yoziladigan matnlar. Uch qatorli partiturada yoziladigan matnlar. To‘rt qatorli partiturada yoziladigan matnlar.
- Xor partiturasini fortepianoda chalish xususiyatlari: Ko‘z yugurtirib o‘qish. Xor kuylashi bilan birga ko‘z yugurtirib o‘qish. Fortepiano oldida partitura o‘qish. Partiturani “ichida” o‘qish. Bir ovozli partitura. Ikki ovozli partitura. Uch ovozli partitura. To‘rt ovozli partitura.
- Xor partiturasini o‘rganish usullari: Xor partituralarida adabiy matnning yozilishi. Xor partiturasidagi belgilanishlar. Bir ovozli partitura. Ikki ovozli partitura. Uch ovozli partitura. To‘rt ovozli partitura. Cho‘lg‘u jo‘rligida xor partituralarini ijro etish. Xor partiyalari orasidagi tessituraviy va dinamik munosabatlar tahlili.
- Transpozitsiyalash. Pedallashtirish: Transpozitsiya qilish usullari. Xor bilan ishlash jarayonida transpozitsiyadan foydalanish shakllari. Pedalizatsiya qo‘llashning zarurligini ko‘rsatuvchi holatlar. Transpozitsiyadagi cheklanishlar.
- Xor asari partiturasini chalish jarayonida ishlatilishi: O‘ng qo‘lning xor asari partiturasini chalish jarayonida ishlatilishi. Chap qo‘lning xor asari partiturasini chalish jarayonida ishlatilishi. Xor asari partiturasini chalish va ijro etishda dinamik belgilarning ahamiyati. Xor asari partiturasini chalish jarayonida pedalning ishlatilishi.
- Vokal-xor partituralarining tahlili: Ijrochilar tarkibini, xorning turi va ko‘rinishini aniqlash. Xor partiyalari orasidagi tessitura, dinamik va tembr munosabatlarini aniqlash. Intonatsion qiyinchiliklarni, musiqiy jumlalar va she’riy matnlarni aniqlash.
- Yakka mashg‘ulotlar uchun ko‘rsatmalar: 3- kurs talabalari “Xor partiturasini o‘qish” fani mazmunida quyidagilarni o‘rganadilar: Partitura yozuvining vujudga kelishini; Xor partiturasida ovoz partiyalarining joylashuvini;. Xor partiturasida kalitlar” Xor partiturasi yozuvining turlarini bilib oladilar. bir turdagi jo‘rsiz xor uchun partitura ijrosini o‘zlashtiradilar; bir qatorli bir turdagi uch ovozli asar partiturasi ijrosini o‘zlashtiradilar; ikki qatorli bir turdagi ikki ovozli asar partiturasi ijrosini o‘zlashtiradilar; ikki qatorli bir turdagi uch ovozli asar partiturasi ijrosini o‘zlashtiradilar; badiiy mazmunidan kelib chiqib vokal-xor asarlarini og‘zaki tahlil qilish, shuningdek xor ovozlari munosabatlarini o‘rganadilar. 4- kurs talabalari “Xor partiturasini o‘qish” fani mazmunida quyidagilarni o‘rganadilar: Partitura yozuvining vujudga kelishini; Xor partiturasida ovoz partiyalarining joylashuvini;. Xor partiturasida kalitlar” Xor partiturasi yozuvining turlarini bilib oladilar. bir turdagi jo‘rsiz xor uchun partitura ijrosini o‘zlashtiradilar; bir qatorli bir turdagi uch ovozli asar partiturasi ijrosini o‘zlashtiradilar; ikki qatorli bir turdagi ikki ovozli asar partiturasi ijrosini o‘zlashtiradilar; ikki qatorli bir turdagi uch ovozli asar partiturasi ijrosini o‘zlashtiradilar; badiiy mazmunidan kelib chiqib vokal-xor asarlarini og‘zaki tahlil qilish, shuningdek xor ovozlari munosabatlarini o‘rganadilar.
- Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni: Mustaqil ta’lim mazmuni shundan iboratki, talabalar o‘zlari tanlagan kasblari bo‘yicha chop etilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, mutaxassis va mashhur xonandalarning ilmiy maqolalarini o‘qishlari va u yerdagi ilg‘or fikr-mulohazalarni va tajribalarni amalga oshirishlari maqsadga muvofiq. Talaba o‘rgana boshlagan qo‘shig‘ining muallifi, ijodiy faoliyati uning o‘ziga xos jihatlari va o‘zbek milliy musiqa madaniyatida tutgan o‘rni haqida o‘qib, bilib olishi zarur. Xor partiturasi bilan tanishib borish, badiiy jamoalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, nota yozuvi ustida ishlash.
- Dasturning axborot-uslubiy ta’minoti: Fanni o‘qitishda quyidagi yangi zamonaviy ta’lim metodlari va texnologiyalarining qo‘llanilishi nazarda tutiladi: Mavjud kompyuter dasturlaridan foydalanish. Internetdan olingan ma’lumotlardan foydalanish. Talabalar bilimlarini baxolashda, nazoratlarni o‘tkazishda akademik konsert, ko‘rik tanlov va yoshlar festivalidan foydalanish. Nazorat ishlari bazasini tashkil etish. Fan o‘zlashtirilishini tayanch iboralari bilan ta’minlash: kompyuterli, informatsion va boshqa zamonaviy o‘qitish texnalogiyalari, yangi o‘quv qo‘llanmalar, yangi zamonaviy o‘zbek va xorijiy kompozitorlarining asarlaridan, o‘qitish ko‘rgazmalari – ko‘rik tanlovlari, mashhur bastakorlarning ijodi va hayoti bilan tanishish, o‘zbek teleradiokompaniyasi oltin fondidan foydalaniladi.
- “Xor partiturasini o‘qish” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni: “Xor partiturasini o‘qish” fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi: joriy nazorat (JN) - talabaning fan mazmuni bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin; yakuniy nazorat (YAN) - semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan kafedra professor-o‘qituvchilari tinglanadi va baxolanadi.
- Talabalar ON dan to‘playdigan ballarning namunaviy mezonlari: “Xor partiturasini o‘qish” fanida reytinglar 4 JN va YAN shaklida o‘tkazilinadi.
- Asarlar ro‘yxati II kurs uchun: 1. N.Norho‘jayev “Daraxtlar suhbati” (bolalar a kapella xori uchun), . “Qo‘shiq – bizning do‘stimiz” to‘plami(tuzuv.Abramova S.,Alimov F.),T.,1988y.62 bet 2. Yormatov“ Maysa”, “Qo‘shiq – bizning do‘stimiz” to‘plami(tuzuv.Abramova S.,Alimov F.),T.,1988y. 64 bet 3. A.Varelas “Ruchey” “Qo‘shiq – bizning do‘stimiz” to‘plami(tuzuv.Abramova S.,Alimov F.),T.,1988y 67 bet. 4. Boboyev S. “Vals” “Ikki bilaguzuk” musiqali dramasidan xor, “Polifonicheskoye solfedjio”( na materiale proizvedeniy kompozitorov Uzbekistane) 1 qism,T., 1986y.: 13 bet. 5. O‘zb. xalq.qo‘shig‘i «Shamol eshik ochadi», Umidjonov B.qayta ishlagan, Ruziyev SH.Xavaskorlik xori bilan ishlash metodikasi , T.,1993y, 124-125 bet 6. O‘zb. xalq. qo‘shig‘i “Yallama yorim” “Dirijerlik” Shukurov J., t.,2006y. 119-120 bet 7. O‘zb. xalq. qo‘shig‘i «Kizlarxon», Umidjonov B. qayta ishlagan,.Ruziyev SH “Xavaskorlik xori bilan ishlash metodikasi” , T.,1993y, 125-126 bet 8. O‘zb. xalq. qo‘shig‘i «Xay, yor-yor», Umidjonov B qayta ishlagan, “Dirijerlik”, J. Shukurov, T., 2006y. 121-123 9. O‘zb. xalq. qo‘shig‘i «Bug‘macha bilagim», Umidjonov B qayta ishlagan. “Dirijerlik” Shukurov J., T.,2006y. 123-124 10. O‘zb. xalq. qo‘shig‘i, «Yoshligim» B. Umidjonov qayta ishlagan, Kaziyev N.I. “Xrestomatiya po dirijirovaniyu xorom”, ch.2, T.,“1976 11. O‘zb. xalq. qo‘shig‘i, «Mungli kiz»- B.Umidjonov qayta ishlagan,Kaziyev N.I. “Xrestomatiya po dirijirovaniyu xorom”, ch.2, T., 1976 12. Raximov H “Tolimajon,” Kaziyev N.I. “Xrestomatiya po dirijirovaniyu xorom”, ch.2, 1976 13. Otajonov M., “O‘zbekiston –onajon ” «O‘zbekiston -Vatanim manim», ikkinchi kitob, T.,1997, 45- 48 bet 14. Mujdabayeva L., «Moy Uzbekistan», «O‘zbekiston -Vatanim manim», ikkinchi kitob, T.,1997, 37- 40 bet 15. Omonullayeva D., «O‘zbekiston - vatanim manim», to‘plami «O‘zbekiston - Vatanim manim», ikkinchi kitob, T., 1997, 4-6 bet 16. Raximov H “Mustaqillik alyori” «O‘zbekiston -Vatanim manim», to‘rtinchi kitob, T.,2000, 14- 17bet . 17. Norxo‘jayev N., «Toshkent shahrim» muz. «O‘zbekiston -Vatanim manim». birinchi kitob, T., 1996, 15-17 bet 18. O‘zb. xalq. qo‘shig‘i“Buxoro” Umidjonov B. qayta ishlagan, "Dirijerlik", Shukurov J., T., 2006y. 31-32 bet 19. Umidjonov B., “Ruboi”, “Dirijerlik” Shukurov J. , T., 2006y. 32- 34 bet 20. Leviyev M., “Ayting gullar”, “Dirijerlik” Shukurov J., T.,2006y. 40-43 bet 21. Mansurov A., “Oxanglarda -ertaklar”, “Bolalar va yoshlar uchun qo‘shiqlar to‘plami”, T., 1999, 5-11 bet
- Asarlar ro‘yxati III kurs uchun: 1. Leviyev M., «Yali - yali», Kaziyev N.I. Xrestomatiya po dirijirovaniyu xorom, ch.2, T., 1976 2. Muxamedov A., “Alla”, Kaziyev N.I. Xrestomatiya po dirijirovaniyu xorom, ch.2., T., 1976 g 3. Rahimov H., «Diyorim ulkam», SH. Yormatov xor kayta ishlagan 4. Boboyev S., «Baxor yallasi», Kaziyev N.I. Xrestomatiya po Dirijirovaniyu xorom, ch.3, T., 1977 g 5. Omonullayeva D., «Tugilgan kunning muborak bo‘lsin», «O‘zbekiston -Vatanim manim», birinchi kitob, T., 1996, 5-9 bet 6. Xorazm xalq kushig‘i «Go‘zal qizga», Burxonov M. kayta ishlagan, O‘zbek xor adabiyoti xrestomatiyasi, T., 1982 7. Omonullayeva D.,«Zarralari zar Vatan», «O‘zbekiston -Vatanim manim», birinchi kitob, T., 1996, 9-12 bet 8. Yormatov SH. «Qatralabon bir tomadur» 9. Toj xalq qushigi «Gar namedoni bidon», Umidjonov B. qayta ishlagan, Kaziyev N.I. “Xrestomatiya po dirijirovaniyu xorom”, ch.3., T., 1977 g 10. Akbarov I., «Xoral», Kaziyev N.I.. Xrestomatiya po Dirijirovaniyu xorom, ch.3, T., 1977 g 11. Qorak xalq qo‘shig‘i “Ayralik» Burhonov M. qayta ishlagan, O‘zbek xor adabiyoti xrestomatiyasi, T., 1982 13. Afgan xalq qo‘shig‘i «Chashmi siyox» Burhonov M. qayta ishlagan, Kaziyev N.I. Xrestomatiya po dirijirovaniyu xorom, ch.4, T., 1978 g 14. Narxodjayev N. «Dilda bahor» sbornik pesen Toshkent 1988. 18.Burhonov. M. karak xalq qushiqlari qayta ishlagan «Ayralik», O‘zbek xor adabiyoti xrestomatiya, T., 1982 19.Sharafiyeva N. o‘zb.xalq qushiqlari qayta ishlagan «Deydi –yo» 20.Umidjonov.B. tojik xalq qushiqlari qayta ishlagan «Diliman», Koziyev N.I., Xrestomatiya po Dirijirovaniyu xorom, ch.3, T., 1977 21. Umidjonov B. kirg.xalq qushiqlari qayta ishlagan «Komuzchu», Koziyev N.I. Xrestomatiya po Dirijirovaniyu xorom, ch.2.,T., 1976 22. Umidjonov B. o‘zb.xalq qushiqlari qayta ishlagan «Lapar», Koziyev N.I. Xrestomatiya po Dirijirovaniyu xorom, ch.2, T., 1976 23. Umidjonov B. qozox.xalq qushiqlari qayta ishlagan «Yapuray», Koziyev N.I.,Xrestomatiya po Dirijirovaniyu xorom, ch.,T.,1976 24. Umidjonov B. o‘zb.xalq qushiqlari qayta ishlagan «Qora soch», Koziyev N.I.,Xrestomatiya po Dirijirovaniyu xorom, ch.2, T., 1976
- Asarlar ro‘yxati IV kurs uchun: 1. H.Rahimov “Ustozlarim” “O‘zbekiston – Vatanim manim” to‘plami(4 kitob),T.2000., 40 b. 2. N.Norho‘jayev “Kapalak va kamalak” “O‘zbekiston – Vatanim manim” to‘plami(4 kitob),T.2000., 36 b. 3. N.Norho‘jayev” Ona-yer taronasi” “O‘zbekiston – Vatanim manim” to‘plami(4 kitob),T.2000., 8 b. 4. N.Norho‘jayev “Archa bayram” “O‘zbekiston – Vatanim manim” to‘plami(4 kitob),T.2000., 55 b. 5. A.Mansurov “Quvnoq yomg‘ir” “O‘zbekiston – Vatanim manim” to‘plami(4 kitob),T.2000., 58 b. 6. Tursunov R., “Novbaxor” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006, 38-39 bet . 7. Leviyev M., “ Ayting gullar” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 40-43 bet. 8. Alimov F.“ Nido” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 55-58 bet 9. Chaykovskiy P. “Buron allasi” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 58-63 bet 10. Alimov F., “Mehrjon” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 85-89 bet. 11.Alimov F.. “Sumalak” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 93-97 bet. 12. Muhamedov A., “Yetti qiz” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 97-99 bet. 13. Alimov F., “Ozod Vatan- obod Vatan” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 , 100-103 bet. 14. Mansurov A., “Xur Respublikam” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006,104-107 bet. 15. Xalq musiqasi Boboyev S., kayta ishlagan “Yomgir yog‘aloq” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 , 129-130 bet. 16. Mamirov Q., “Boshqolar” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 131-132 bet 17. Mamirov Q., “Quyon” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006y. .132-133 bet. 18. Yormatov SH., “G‘ildiragim” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006y.,136-138 bet. 19.Yormatov SH., “Qizg‘aldoq” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006y.,138-141 bet. 20. Alimov F. “Oppoq qandim” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006y.,142-144 bet. 21.Kalonov S., “Xormang qizlar” Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006y., 144-146 bet.
- Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati: Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar: 2. Sq.Ro‘ziyev “Xorshunoslik” G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,T..1993.y. 3.Q.T.Mirzayev “Kichik bolalar xori bilan ishlash metodikasi”,RNMTS.,T,,1990 y. 4. M.Azimov, “Proizvedeniya narodov Sredney Azii i Kazaxstana” v obrabotke B.Umidjanova.1 i2 chasti.T., 1982y. Qo‘shimcha adabiyotlar I.Poltavtsev. «Kurs chteniya xorovix partitur», ch.1., M.,1963y. 1. N.Sharafiyeva. “Xor sinfi”, Musiqa T.2005y.
- III. 1. Ta’lim texnologiyasi: O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabada xor partiturasini o‘qishning amaliy ahamiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari, usullari haqida tushuncha hosil qilish. Xor partituralari, unda ovozlarning joylashuvi haqida tushuncha berish. Pedagogik vazifalar: o‘quv kursining maqsadi va vazifalari, o‘tiladigan mavzularga tushuncha berish; “Xor partiturasini o‘qish”fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi haqida tushuncha berish; fanining asosiy tushunchalari- “partitura”,”faktura”,”xor yozuvi” va ularninig o‘zaro bog‘liqligi bilan tanishtirish. Xor partiturasida ovoz partiyalarining joylashuvi xususiyatlarini ko‘rsatib berish; akkolada va ularning turlari haqida ma’lumot berish; O‘quv faoliyati natijalari: o‘quv kursining maqsadi va vazifalarini, o‘tiladigan mavzularni sharhlab beradi; “Xor partiturasini o‘qish”fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligini yoritib beradilar; fanining asosiy tushunchalari- “partitura”,”faktura”,”xor yozuvi” va va ularninig o‘zaro bog‘liqligini aytib beradilar; Xor partiturasida ovoz partiyalarining joylashuvi xususiyatlarini,akkolada va ularning turlarini aytib beradilar.
- III. 2. “Xor partiturasini o‘qish” fani mashg‘ulotining texnologik xaritasi: Tayyorgarlik bosqichi: 1. Mavzu bo‘yicha o‘quv mazmunini tayyorlash. 2. Predmetga kirish mashg‘uloti uchun asosiy tushuncha va atamalar, materiallarni tayyorash. 3. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish. 4. O‘quv kursini o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini ishlab chiqish. 1-bosqich (15 daqiqa): 1.1. O‘quv kursi nomini aytadi. Mashg‘ulotlar mazmuni ro‘yxatini beradi va ularga qisqacha ta’rif beradi. 1.2. Birinchi mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va o‘quv faoliyati natijalari bilan tanishtiradi. 1.3. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi (1-ilova). 2-bosqich Asosiy bosqich (55 daqiqa): 2.1. Notalarni, partituralarni izohlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy jihatlarini tushuntirib beradi. 2.2. “Xor partiturasini o‘qish” fani va uning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi haqida tushunchalarni aks ettiruvchi slaydlar namoyishi orqali ma’lumotlar beradi (2-ilova). 2.3. “Xor partiturasini o‘qish” faning tushunchalari- “partitura”,”akkolada” va “xor yozuvi” va ularninig o‘zaro bog‘liqligini o‘quv materiallari orqali tushuntirib beradi (4-ilova). 2.4. Talabani faollashtirish maqsadida asarlar notalarni, partituralarni fortepianoda chalib ko‘rsatish bilan mavzu bo‘yicha asosiy amaliy jihatlarini tushuntirib beradi. 2.5. Turli xor tarkiblari uchun yozilgan partituralari namunalari bilan tanishtiradi,. xor partiturasini o‘qishning o‘ziga xos xususiyatlari, usullarini ijroda ko‘rsatib beradi. Ijro uchun repertuar bilan tanlaydi. Asosiy tushuncha va atmalarga alohida to‘xtaydi. 3. Yakuniy bosqich (10 daqiqa): 3.1. Mavzu bo‘yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi. 3.2. Mustaqil ishlash uchun o‘quv materialini(tanlangan asarni o‘ o‘rganish vazifasini beradi: (7-ilova).
- IV. Yakka mashg‘ulotlar mazmuni: 1 -mashg‘ulot Mavzu: “Xor partiturasini o‘qish” faning maqsad va vazifasi: Talabalarda xor partiturasini o‘qishning amaliy ahamiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari, usullari haqida tushuncha hosil qilish. Xor partituralarsi, unda ovozlarning joylashuvi, haqida tushuncha berish. O‘quv jarayonining mazmuni: Turli xor tarkiblari uchun yozilgan partituralari namunalari bilan tanishish. xor partiturasini o‘qishning o‘ziga xos xususiyatlari, usullari haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berish. Ijro uchun repertuar bilan tanishtirish..
- O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: Suhbat –dialog,ifodali ijroda ko‘rsatish, badiiy tahlil Sqakli : amaliy Vosita: CD DVD yozuvlar, ko‘rgazmali materiallar Usul: emosional ta’sir etish Nazorat: ijrochilik mala o‘zini eshitish. Baholash: O‘qituvchi: Asarni qisqa vaqt ichida talaba tomonidan o‘zlashtirilishiga erishadi. Ijro mahoratini rivojlantirib. ijro sifatini yaxshilaydi. Mashg‘ulot davomida talabaning faolligini oshiradi va qiziqishini uyg‘otadi. dars yakunida talabani baholaydi va aniq vazifalar beradi. Talaba: Xor partiturasi ijrosiga oid yangi bilim va malakalarga ega bo‘ladi. Fortepianoda partitura ijrosi ifodaviyligi ustida ishlaydi. Ijroda musiqiy uslublar, garmonik soflikka e’tibor qaratadi. Ijro jaryonidagi o‘z xatolarini eshitishni o‘rganadi. Asarni musiqiy badiiy nazariy tahlil qilish malakalarini shakllantirishga harakat qiladi. Kelgusi natijalar O‘qituvchi: Partitura yozuvining vujudga kelishi, xor partiturasi tuzilishi, partiyada ovozlar harakati va bo‘linishii ko‘rgazmalar asosida talabada yangi bilimlarni hosil qilishga erishidi. Unda partitura ustida ishlish malakalarini o‘stiradi.. Talabada xor asariga ijodiy yondoshuvni rivojlantirishni davom ettiradi. Talaba: Amaliy ijro asosida nota matnlari bilan mustaqil ishlashni o‘rganishi, turli ijrochilik malakalarini rivojlanishi, xor yozuvini idrok va ijro asosida tahlil etishga erishishi,o‘zining kasbiy bilimlarini mustahkamlashi lozim.
- V. Tayanch tushunchalar: Xor, partitura, xor partiturasi, xor partiturasi yozuvi tizimi, xor partiturasi turlari, musiqa ifoda vositalari, akkolada, transpozisiya, transpozisiyalash turlari, akkolada turlari, partiturani notalashtirish kalitlari, xor turi va ko‘rinishi, bolalar xori uchun partitura yozuvi, ayollar xori uchun partitura yozuvi, erkaklar xori uchun partitura yozuvi, aralash xor uchun partitura yozuvi, divizi, doimiy divizi, epizodik divizi, sezura, agogik chekinishlar, temp belgilanishlari, bir qatorli xor partitura, ikki qatorli xor partitura, uch qatorli xor partitura, to‘rt qatorli xor partitura, pedallashtirish, partiturani “varaqdan o‘qish tamoyillari”, koloristik usullar va ularning belgilanishi, vokal-xor tahlili.
- VI. Kollokvium uchun savollar: 1.”Xor partiturasi” deb nimaga aytiladi? 2. Xor partiturasi yozuvi birovvozli musiqa yozuvidan qanday farq qiladi? 3.Xor uchun asarlardagi “ovoz partiyasi” deganda nimani tushunqisiz? 4. Bolalar, ayollar va erkaklar ovoz partiyalarining xorda va partituralarda asosiy nomlanishi qanday? 5. Ovoz partiyalari partitura qanday tamoil asosida joylanadi? 6. Partiturada satrlar tizimi deb nimaga aytiladi? 7. Akkola qahv ahmiy qanday? 8. Xor partituralarida ovoz partiyalarini notalashtirishning zamonaviy kalitlarini aytish. 9. Skripka va bas kalitlarida tenor partiyasi qanday o‘qiladi va jahanglaydi? 10. Xor turi va ko'rinishlarini aytish. 11. Bolalar, ayollar va erkaklar xori, aralash va to'liqsiz aralash xor uchun asarlarda ovoz partiyalarining eng kam soni qancha? 12. Partiturada asosiy ovoz partiyalari qanday qo'shimcha bo'linishga ega bo'lishi mumkin va ular qanday nomlanadi? 13. Partituralarning yozuvi xor turi va ko'rinishi bo'yicha qanday farqlanadi? 14. Yakkaxon (solist) qatnashadigan xor asarlari partitura yozuvi qanday amalga oshiriladi? 15. Adabiy matn xor partiturasida qanday ifodalanadi? 16. Xor partiturasida tovush yo'nalishi xarakteri, koloristik usullar, temp belgilanishi va h.k. qanday belgilanadi?
- VII. Glossariy: Rartitura - italyancha “bo‘linish, bo‘lish” ma’nosini bildiradi; Xor partiturasi - xor musiqasi nota yozuvi; Xor partiturasini o‘qish- partiturani fortepianoda o‘qish, xor ovozlarini kuylash, transpozitsiyalash. Partitura ijrosi maxsus bilim va malaka-nota yozuvini bir vaqtning o‘zida ham vertikal, ham gorizontal yo‘nalishda anglab olish qobiliyatini taqozo etadi. xor partiyalari - diapozoni va tembri bo‘yicha bir xil bo‘lgan ijro ovozlari guruhlari; xor partiyalariga yuqori ovozlar partiyasi va pastki ovozlar partiyasi kiradi. akkolada - xor partiturasi nota chiziqlarining chap tarafdan birlashtiruvchi boshlang‘ich chiziq; bir turdagi xor - bir turdagi ovozdan(bolalar, ayollar, yerkaklar ovozi) tashkil topgan xor; bolalar xori - yosh xususiyatlariga ko‘ra farqlanadigan xor. Xor sadosi g‘oyatda yengil, falsetli, diapozoni cheklangan; ayollar xori- ayollar ovozlari: soprano va messo soprano, kontraltodan tarkib topgan xor. A.X. umumiy diapozoni ikki yarim oktavadan iborat; yerkaklar xori- erkaklar ovozi: tenor, bariton va baslardan iborat bo‘lgan xor; Diapozoni 3 oktavadan ortiq: lya kat. – lya 1, do2. aralash xor- turli jinsli (yerkaklar va ayollar yoki bolalar) ovozlarning qo‘shilishidan tarkib topgan xor. Odatda S.,A.,T.,Blardan iborat; Diapazon- hamma ovoz, soz yoinki jamoa, xususan xorning eng pastidan –yeng balandigacha bo‘lgan tovushlari hajmi. Divizi- xor partiyalarini ikki - uch va undan ortiq ovozlarga vaqtinchalik bo‘linishi. Dinamika - tuvushlarning sadolanish kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon majmui. Musiqaning eng muhim ifoda vositalaridan beri. Dinamika tuslar – forte, piano, kreshendo, diminuendo va boshkalar Janr - o‘ziga xos xususiyatlar majmui b-n belgilanadigan musiqa, asarlari turlari. Jo‘r ovoz - ko‘p ovozli qo‘shiqni asosiy ohangining turi, boshka ovozlar bilan polifonik munosabatda bo‘lishi. Inotasiya - musiqa ijrosida tovush balandligini aniq ifoda etish. Interval - ikki musiqa tovushi orasidagi balandlik oralig‘i, o‘zaro bog‘lanishi. Kanon - kuyning barcha ovozlardagi aniq takrorida qat’iy taklid (imitasiya)ga asoslangan polifonik musiqa shakli. Kapella - xor jamoasi. Kuy- melodiya – musiqaning asosiy ifoda vositasi. Tessitura - xonanda ovozining diapozoniga nisbatan kuy tovushlarni balandlik holati. Ton berish dirijer tomonidan ijro etiladigan jo‘rsiz asarining tonaligiga xorni sozlash uchun bir yokiy birnecha tovushlarni past ovozda daslabki ko‘ylanishi. Nafas belgisi – (vergul, yoki “V” belgisi) - barcha vokal asaolar nota yozuvida (xor partitura, partiya)da nafas almashuvi belgisi.
- VIII. Mustaqil ish mazmuni va ko‘rsatmalari.: Talaba yakka mashg‘ulotlarda olingan bilim va malakalarni mustahkamlash uchun o‘z ustida muntazam mustaqil shug‘ullanishi talab etiladi.Buning uchun talaba berilgan xor asarlari partituralarini ish turlariga qarab,masalan,fortepianoda ,ya’ni notaga qarab o‘qishi(nigohi bilan ham), axborot texnologiyalari va DVD yozuvlarda yangi asarlar bilan tanishishlari,tanlangan asarni musiqiy jumlalarga bo‘lib,har birini alohida ,so‘ngra yahlit shakl sifatida o‘rganishi,bir –to‘rt qatorli partituralarni oddiydan mupakkabga qarab ijro etib,ovozlarini o‘rganishi,oddiy partituralarni transpozisiya qilib chalishi,ohangni taktlab kuylashga e’tibor qaratishi,jo‘rli asarlar partituralarini o‘rganib,ijro etishlari talab etiladi.Asarlarning ijroviy tarafidan tashqari musiqiy-nazariy, vokal-xor tahlili ham talabaning ancha keng doirada fikr yuritishini ko‘zda tutadi.Bunda so‘z va jumlalarning ijro etilishi, ovozlar xususiyatlarini, tovush, ritmik va so‘z talaffuzlarini aniqlash; asar shakli, ladotonal rejasi, yozuv uslubi, ritm, sur’at, agogika, kuchlanish, garmonika jihatlarini o‘rganilishi ,kuchli ovoz bilan kuylash joyi va asarning kulminasion nuqtasini, ijro etiladigan asarning uslub va janrini aniqlash,badiiy ijro etish muhim vazifalardandir.
- IX. Referatlar mavzusi: 1.Partituralarning tarixiy vujudga kelish yo‘li. 2.Xor partiturlari tuzilishi xususiyatlari. 3. Xor turi va ko‘rinishi. 4.Partitura yozuvi tizimi. 5. Xordagi ovoz partiyalarini notalashtirish kalitlari. 6. Bir turdagi xorlar uchun partitura yozuvi. 7. Aralash xorlar uchun partitura yozuvi. 8. Yakkaxon(solist) qatnashadigan xor asarlari partitura yozuvi. 9. Cholg‘u jo‘rligidagi xor asarlarining partitura yozuvi. 10. Cholg‘u jo‘rligidagi xor asarlarining partitura yozuvi. 11. Partiturada tovush yo‘nalishi xarakterining belgilanishi. 12. Partiturada koloristik usullarning belgilanishi. 13. Xor partituralarini o‘rganish turlari. 14. Xor partiturasini fortepianoda o‘qish tamoyillari. 15. Xor partiyalari orasidagi tessituraviy va dinamik munosabatlar. 16. Partituraning vokal-xor tahlili. 17. О‘zbekiston kompozitorlarining jо‘rsiz xor uchun asarlari 18. 15-17 asrlar G‘arbiy Yevropa kompozitorlarining polifonik xor asarlarida partitura yozuvlarining turlari. 20. P.I.Chaykovskiyning a kapella asarlarida partitura yozuvi xussiyatlari. 21.О‘zbekiston kompozitori M.Bafoyevning “Naqshlar” poemasida koloristik belgilarshning milliylik xususiyatlari. 22.N. Sharafiyevaning xalq qо‘shiqlari qayta ishlanmalarida partitura yozuvlari tahlili. 23.Zamonaviy о‘zbek kompozitori F. Alimovning yangi xor asarlarida ovoz partiyalarining guruhlanishining о‘ziga xos xususiyatlari.
- X. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Azimov M.,Xublarov R. ” О‘rta Osiyo va Qozog‘iston kompozitorlarining xor patituralarini о‘qish xrestomatiyasi” (T., 1983); 2. Shamaxmudova B “Xor lug‘ati. Xorovoy slovar” (Т.2009) 3. “O‘zbekiston-vatanim manim” (qо‘shiqlar tо‘plami) . Toshkent 1995, 1997. 4. Kaziyev N. “Xrestomatiya po dirijirovaniyu xorom” 3 kism - T. , 1977. 5. Shukurov J. “Dirijyorlik” tuplami, T., 2006 6. “O‘zbekiston – Vatanim manim” to‘plami (4- kitob),T.2000., 36 b. 7. Kaziyev N.I. ” Xrestomatiya po Dirijirovaniyu xorom”, ch.2, T., 1976 8. N.Sharafiyeva. “Xor sinfi”, Musiqa T.2005y.
- XI. Horijiy manbalar: 1. Полтавцев И.,Светазаров М.”Чтение хоровых партитур”(М.,1958,1964); 2. Шелков Н.”Хрестоматия по чтению хоровых партитур”(Л.1963); 3. Тевлин Б.”Хрестоматия по чтению хоровых партитур”( М,,1975-81,1-2ққ); 3. Качалина О. Г. Чтение хоровых партитур(учебно-методический комплекс), Пермь,2009.