Шаҳар ҳудудини инженерлик тайёрлаш
Ushbu o'quv qo'llanmasi "Shahar hududini muhandislik tayyorgarligi" fanidan bo'lib, unda shahar joylashuvining o'rni, relyefi, atmosferasi va chiqindi suvlarning salbiy ta'siri, sel ofatlari va ularga qarshi kurash yo'llari, shahar hududida yer osti suvlari paydo bo'lishi, yer osti suvlari ko'tarilishi, zilzila, tuproq namligining ta'siri natijasida cho'kish va ko'tarilish, hamda karstga qarshi kurash choralari batafsil yoritilgan. Qo'llanma bakalavr talabalariga mo'ljallangan, ammo bu soha mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
Asosiy mavzular
- KIRISH: XXI asrda insoniyatning tabiat bilan munosabati, shaharsozlikning muhimligini va ekologik xavfsizlikni ta'minlashning dolzarb masalalarini ko'rib chiqadi. Qo'llanmada nazariy va amaliy ma'lumotlar, talabalar uchun mustaqil ta'limni rivojlantirishga yordam beradigan savollar va topshiriqlar keltirilgan.
- I BOB. HUDUDLARNI MUHANDISLIK TAYYORGARLIGI: Hududlarning muhandislik tayyorgarligining asosiy bosqichlari, tabiiy sharoitlari, relyefi va uning shakllari, tik rejalshtirish usullari, tuproq ishlari hajmi, ko'cha va maydonlarni tik rejalshtirish, binolar atroflarini tik rejalshtirishni o'rganadi.
- II BOB. TIKKA REJALASHTIRISH: Relyef turlari, makrorelyef, mezo- va mikrorelyefni o'rganadi. Tikka rejalshtirishning vazifalari, usullari (qizil profil, loyiha gorizntalari, grafo-analitik) va tuproq ishlari hajmini hisoblash usullari batafsil ko'rib chiqiladi.
- III BOB. SHAHAR HUDUDINI YOMG'IR VA ARIQ SUVLARIDAN MUHOFAZA QILISH: Qor va yomg'ir suvlarining paydo bo'lish sabablari, ularni shahardan tashqariga chiqarish usullari (ochiq va yopiq tizimlar), suv oqimini hisoblash, kollektorlarning gidrologik hisobi va ularning ekologik ta'sirini o'rganadi.
- IV BOB. HUDUDLARNI SUV TOSHQINIDAN MUHOFAZA QILISH: Suv toshqini va uning sabablari, sel va zilzilaning ta'siri, suv toshqinidan himoya qilishning muhandislik choralarini va suv bosishdan himoya qilishning ekologik masalalarini o'rganadi.
- V BOB. SEL VA UNING OQIBATLARI: Sel hodisasining sabablari, turlari, shuningdek, selga qarshi muhandislik tadbir choralarini va ekologik ta'sirini o'rganadi.
- VI BOB. KO'CHKI: Ko'chki hodisasining sabablari, turlari, muhandislik tadbir choralarini, ko'chkilarga qarshi kurashda ekologik masalalarni o'rganadi.
- VII BOB. ALOHIDA SHART-SHAROITLARDA MUHANDISLIK TAYYORGARLIKLARI: Jarlik hududlarini baholash, karst (o'pirilish) va uning paydo bo'lishi, zilzila va uning oqibatlari kabi alohida shart-sharoitlarning muhandislik tayyorgarligini o'rganadi.