Юқори аниқликдаги геодезик ишлар

Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining 5A311502 — “Geodeziya va kartografiya” (amaliy geodeziya) mutaxassisligi bo'yicha magistratura talabalariga mo'ljallangan. Qo'llanma 7 bobdan iborat bo'lib, unda "Yuqori aniqlikdagi geodezik ishlar" fani va uning ilmiy-texnikaviy vazifalari, noyob inshootlar qurilishida bajariladigan geodezik ishlar, yuqori aniqlikdagi muhandislik-geodezik o'lchashlarda qo'llaniladigan usullar va asboblar, yuqori aniqlikda nivelirlash, yuqori aniqlikdagi stvor o'lchashlar, optikali-kvant generatorlardan foydalanib yuqori aniqlikda stvor o'lchash masalalarining muammolari va ularni yechish yo'llari atroflicha bayon qilingan. Qo'llanma namunaviy fan dasturlariga mos holda, nizom talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan.

Asosiy mavzular

  • Noyob inshootlar qurilishi va ulardan foydalanishda bajariladigan yuqori aniqlikdagi geodezik ishlar: Noyob inshootlar haqida qisqacha ma'lumotlar, zaryadlangan zarralarni tezlatgichlar, minora-simon inshootlar, yuqori haroratli gelioqurilmalar.
  • Quyosh pechlarining injenerlik texnikaviy ko'rsatkichlari: Yuqori haroratli quyosh pechlarini qurishda bajariladigan geodezik ishlar, quyosh pechi elementlarining yig'ishdagi nuqsonlarni oldini olish, quyosh elektr stansiyalarini loyihalash va qurishda bajariladigan geodezik ishlar, noyob inshootlar qurilishidagi geodezik ishlarning o'ziga xosligi.
  • Yuqori aniqlikdagi injener-geodezik o'lchashlarda qo'llaniladigan usullar va asboblar: Yuqori aniqlikdagi masofa o'lchashlar, optikali-elektron asboblar, elektron takheometrlar va ularning texnikaviy tavsifnomalari, raqamli nivellirlar va ularning texnikaviy tavsifnomalari, nisbiy balandlikni hisoblash.
  • Yuqori aniqlikda nivellirlash: Gidrostatik nivellirlash usulining mohiyati, gidrostatik nivellirlashdagi xatoliklarning asosiy manbalari, yuqori aniqlikda geometrik nivellirlashning xususiyatlari.
  • Yuqori aniqlikda stvor o'lchashlar: Optikali stvorlash usullari va asboblar, stvor o'lchashning difraktsiya usuli, difraktsiyali stvor qayd qiluvchi asboblar, yuqori aniqlikda burchaklarni o'lchashdagi xatolarning turlari, vizirlashni sistematik xatolari, qarashtiruvchi moslamaning turlari va ularning tuzilishi.
  • Optikali kvant generatorlardan foydalanib yuqori aniqlikda stvor o'lchashlar: Lazerdan stvor o'lchashda foydalanish, nurla nuvchi lazerli stvor qayd qiluvchi qurilmalar, lazerli interferentsiyali stvor qayd qiluvchi qurilmalar.