Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Murod Juraev” QFYga qarashli “Chajovul” qishlog‘ini rejalashtirish vamuhandisona obodonlashtirish

Mazmun loyihasi

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Qishloqlarda takomillashtirilgan zamonaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar qurish va qishloq aholi punktlarini kompleks ravishda rivojlantirish bu, avvalo, odamlarimizning turmush tarzi va mentalitetini tubdan oʻzgartirish boʻyicha ezgu maqsadlarni koʻzlaydigan qishloq aholisi hayotini sifatli tashkil etish va yaxshilashga doir uzoq muddatli davlat dasturining asosiy maʼno mazmunini tashkil etadi. Zamonaviy muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmaga ega boʻlgan yangi va koʻrkam uy-joy massivlarini barpo etish mamlakatimiz qiyofasini har tomonlama obod qilishga qaratilgan, istiqbolga moʻljallangan muhim vazifamizdir. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylar qurish dasturiga asosan- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturi to'g'risida”gi PQ-2639 sonli qaroriga muvofiq joriy qilingan qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga qo'shimcha ravishda arzon uy-joylar qurish dasturi. Ushbu dasturiga muvofiq quyidagi uy-joylar taklif etiladi. -xo'jalik imoratlari va obod hovlilari bo'lgan ikki, uch qavatli ko'p kvartirali (2, 3 xonali) uylar; aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bo'lgan er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 honali uylar; hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,04 gektar bo'lgan er uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar; Bu borada shuni e'tiborga olish kerakki, mazkur maqsadlar uchun tuzilayotgan pudratchi qurilish montaj tashkilotlari barcha hududlarda shakllantirilayotganularning kuchli moddiy ishlab chiqarish bazasi nafaqat uy-joylar, balki sanoat va xizmat koʻrsatish ob'ektlarini qurishga ham jalb etiladi. Yangi uy-joylar eng zamonaviy loyihalar asosida barpo etilmoqda. Bizning maqsadimiz, talabimiz shundaki, agar uy-joy quradigan boʻlsak, eski zamondagi paxsadan emas, balki etti pushtimizga etadigan qilib, har tomonlama puxta oʻylab, 80-100 yilga mo'ljallab qurishimiz kerak.
  • I-BOB. Rejalashtirilayotgan Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Murod Juraev" QFYga qarashli “Chajovul” qishlogʻini shart-sharoitlari qismi.: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan xususiy mulkning daxlsizligi haqidagi prinsipga asoslangan holda qabul qilingan Uy-joy va Qishloqsozlik kodekslari qonun va me'yoriy hujjatlarda mulkdorlarning uy-joy hamda u barpo etilgan er uchastkasiga muddatsiz egalik qilish va uni meros qilib olish huquqi mustahkamlab qo'yilgan. Qishloq aholisiga yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari bir oilaga 6 sotix hisobida umrbod meros qilib olish huquqi bilan bepul ajratilayotganligi katta ahamiyatga ega. Tasdiqlangan me'yoriy hujjatlarga muvofiq, qishloq joylarida uy-joy massivlarini qurish ishlari yakka tartibda uy-joy quruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan va ma'qullangan namunaviy loyihalar asosida, muhandislik kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob'ektlari bilan birgalikda barpo etilmoqda. Respublika va mahalliy byudjetlar hisobidan avtomobil yo'llari, ichki kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, suv, gaz va energiya ta'minotini yoʻlga qoʻyish albatta amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim shartlardandir. Yangi uy-joy massivlarida yashaydigan aholi soni inobatga olinib, maktablar, bolalar bog'chalari, qishloq vrachlik punktlari, savdo shaxobchalari va sport inshootlari ham namunaviy loyihalar asosida barpo etilmoqda. Qishloqlarda uy-joy komplekslarini qurishda muhandislik kommuni- katsiya infratuzilmasi bilan bir qatorda yangi turdagi servis va elektron xizmatlar koʻrsatish ob'ektlarini barpo etish hamda ishga tushirish ham alohida e'tiborga loyiq masalalardandir. Joriy yilda ham qishloq joylarida uy-joylarni keng ko'lamda qurish ishlari ko'zda tutilgan. 353 ta qishloq massivi hududida boshlangan qurilish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Ularda namunaviy loyihalar asosida umumiy maydoni 1,4 million kvadrat metr boʻlgan 10 mingta barcha qulay shart sharoitlarga ega uy-joy
  • II-BOB. Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Murod Juraev" QFYga qarashli "Chajovul” qishlogʻini me'moriy-rejaviy echimi: Aholi turar joy hududini shunchaki oddiy faoliyat doiralariga taqsimlash Qishloqsozlikning asosiy g'oyasi emas, balki ishlab chiqarish bilan aholi yashash joylarini bir biri bilan bir joyga, ishlab chiqarish inshootlarni bir joyga tashlab aholining yashashi, ishlashi va dam olishi uchun yaxshi sharoit yaratish maqsadida faoliyat doiralariga taqsimlanadi. Aholi yashaydigan hududda aholining tarmoqlari, uylari va xoʻjalik binolari, madaniy maishiy, kommunal korxonalari, ko'chalar, maydonlar, bog'lar, istirohat bog'lari, xiyobonlar, sport inshootlari va boshqalar joylashadi. Qishloq hududini faoliyat doirasiga taqsimlashning maqsadi qishloq hududini juda yaxshi turda foydalanish uchun uylarni, maktabgacha boʻlgan bolalar binosini, maktabni, qishloq markazini va boshqa binolarni toʻgʻri xizmat qilish radiusiga qarab joylashtiradi. SHuning uchun zonalarga taqsimlashning bir nechta turlari chiziladi. Bu chizilgan chizmalarni bir biri bilan taqqoslab, ya'ni mikrorayonda joylashgan bog'cha, maktab, qishloq jamoa markazining xizmat qilish radiusi, qishloqning ixchamligi va boshqa koʻrsatkichlari ham eʼtiborga olingandan keyin eng yaxshi turi aniqlanadi va shu tur qishloqni rejalashtirishning oʻzagi boʻlib qoladi. Bu masshtab ajratilgan joyning chegarasini, o'lchamlarini va xizmat qilish radiusini hamda zonalarning bir biriga bog'liqligini koʻrsatish talabiga toʻliq javob beradi. Bundan tashqari shuni e'tiborga olish kerakki, qishloq hududida ma'muriy binolar, mehmonxonalar va boshqa faoliyat doiralarni tashkil qila olmaydigan binolar joylashishi ham mumkin. Turar joy zonasi chegaralari qizil chiziqlar bilan chegaralangan boʻlib bu qishloqni qoʻshni qishloqdan, Qishloq markazidan va boshqa joylardan ajratib turadi. Qizil chiziq bilan qurilish chizig'i oralig'i, magistral yo'lining yon tomoni koʻkalamzorlashtiriladi, chunki bu mashinalardan chiqqan gazlarning va shovqinni kamaytirish uchun moʻljallanadi.
  • III-BOB Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Murod Juraev" QFYga qarashli "Chajovul” qishlogʻini tikka rejalashtirish.: Hududni qishloqsozlik nuqtai nazaridan baholash, avvalombor, joyning tabiiy jarayonlar ta'sirida shakllangan tabiiy relef xususiyatlari va shakliga bog'likdir. Rel'efni oʻrganish geomorfologiya fanining vazifasi boʻlib, bu fan rel'efning shakllanishi, vaqt va fazoda rivojlanishi (genezis)ni oʻrganadi. Qishloqsozlik tajribasida tabiiy va oʻzlashtirilgan rel'efning 2 xil turi qabul qilingan: makrorelef, katta xududlardagi sezilarli darajadagi past-balandliklarga ega boʻlgan sirtlar; mikrorelef- ma'lum bir xududdagi, juda sezilarli boʻlmagan nishabliklarga ega boʻlgan sirtlar. Tabiiy rel'ef erni litosfera deb ataluvchi qattiq qobig'i sirtining turli ko'rinishdagi oddiy va murakkab elementar shakllaridan iboratdir. Rele'efning bunday shakllariga vodiylar, qir va adirliklar, jarliklar, chuqurliklar, tepaliklar va h.k.lar misol boʻladi. Rel'efning asosiy shakllari tekisliklar va togʻliklardan iborat. Oʻz navbatida tekisliklar Qishloqsozlik amaliyotida quyidagi kategoriyalarga boʻlinadi: 1) Nishabligi 0-0,4% juda tekis boʻlgan rel'ef; 2) Nishabligi 0,4-3% chegarasidagi tekis boʻlgan rl'ef; 3) Nishabligi 3-6% chegarasidagi sezilarsiz qiyalikdagi rel'ef; 4) Nishabligi 6-10% chegarasidagi sezilarli qiyalikdagi rel'ef; 5) Nishabligi 10-20% chegarasida boʻlgan qiyalik; 6) Nishabligi 20% katta boʻlgan qiyalik. Tog'li relef turli balandliklardagi togʻlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi.
  • IV-BOB Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Murod Juraev" QFYga qarashli "Chajovul” qishlog'ini ko'kalamzorlashtirish: Erdagi hayotni oʻsimliklarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Insonni oʻrab turgan muhitning shakllanishida ularning ahamiyati juda yuqori va xilma-xildir, chunki oʻsimliklar sanitariya- gigienik vaziyatni yaxshilash xossalariga egadirlar. Oʻtkazilgan daraxtlar gamol kuchini, shovqinni pasaytiradi, issiqlik rejimini tartibga soladi, havoni changdan va zararli sanoat chiqindilaridan, patogen mikroorganizmlardan tozalaydi va uni namlantiradi, bu esa juda koʻp sog'lomlashtiruvchi ahamiyatga ega. Oʻtkazilgan daraxtlar shahar qishloqlar aholisining dam olishi, ommaviy madaniy -oqartuv tadbirlarini, jismoniy tarbiya hamda sog'lomlashtirish ishlarini tashkil etishning eng yaxshi muhitdir. Oʻtkazilgan daraxtlar bu faqat ayrim aholi turar joylarida yashashning sanitariya- gigienik sharoitlarini tubdan oʻzgartirashining asosiy usullaridan biridir. Oʻsimliklar aholi turar joylari muhandislik obodonlashtirishda muhim o'rin egallaydi. Ular yordamida avtomagistrallarda transport harakati tartibga solinadi, jarliklarga qarshi kurash olib boriladi, yon bag'irlar, qiyaliklar mustahkamlanadi, memoratsiya ishlari amalga oshiriladi. Ko'k oʻsimliklar shahar me'morchiligida muhim ahamiyatga ega. Ular shahar landshaftining boyitish ko'pincha esa shakllantirishning ajoyib vositasi boʻlib xizmat qiladi va parklar hamda bogʻlar me'morchiligi masalalarini hal etishda etakchi oʻrinni egalaydi. Katta me'moriy- rejalashtirish va sanitariya-gigienik ahamiyati tufayli daraxtlar shahar yoki qishloq majmuini tashkil etuvsi asosiy qoʻshiluvchilardir.
  • V-BOB. Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Murod Juraev” QFYga qarashli "Chajovul” qishlogʻini muhandislik tarmoqlari bilan ta'minlash: Suv istemolchilarini suv bilan ta'minlash uchun loyixa asosida 1 ta kuduk kazish kuzda tutilgan. Bittasi ishchi, bittasi extiyot chorasi uchun. Bu kuduklar qishloqning shimoliy-garbida joylashgan. Kuduklar chukurligi - 70 m Statik - 60 m Suvning suzib chikishi – 1,5 Kuruk koldik - 0,64 Umumiy kattiklik - 6,45 Nasos turi - EPV 10-63-65 Suv bilan ta'minlash inshootining ish sxemasi kuyidagicha loyixalangan: Suv kudukdan nasos orkali filtrlanib, tozalangandan keyin bosim xosil kiluvchi sigimga bashnyaga kuyiladi. Bashnyadan suv qishloq xududiga kuvur tarmoklari orkali istemolchilarga utkazib beriladi. Suv bilan ta'minlash uchun muljallangan kurilmaning tevarak atrofi loyixa asosida sanitar oraligini kuriklash kuzda tutilgan. Qishloqning ichimlik suvi bilan ta'minlash rejasi aylanma xolda loyixalanadi. Qishloqni sugorish tarmogi Taksimlovchi regulyator orkali suv kucha ariklariga va ular orkali xovlilarga beriladi. Xovlilar xisobidan sugorish tarmogi kuyidagi maydonlarni sugorish uchun ishlatiladi: 1. YAshil maydonlarni sugorish 2. Turar joy va jamoat binolari xovlilarini sugorish 3. Kucha atrofidagi maydonlarni sugorish 4. Xujalik uchun 1. Suv xavzalarini tuldirish uchun Elektr tarmoklari manbai va elektr tarmoklari sxemasi qishloq elektr tarmoklari 35/10-kvt kuchlanishiga muljallangan. Loyixalangan elekr iste'molchilari elektr ta'minoti buyicha III-kategoriyali, madaniy maishiy binolar uchun 2 kategoriyalidir. 2 kategoriyali elektr iste'molchilari uchun xavo liniyalari ikki marta maxkamlangan utkazgichlar yordamida loyixalanadi. 3 kategoriyali xavo liniyalari 380/220 V kuchlanish uchun ishlatiladi. Qishloqni butunlay ob'ektlari uchun LEP-10 kv yukori kuchlanishli elektr liniyasi orkali beriladi. KTPP-V 630-2 turdagi transformator podstansiyasi kabul kilindi kuvvati 400 KVA. 1 - jadval. Elektr nagruzkalari hisobi 0,4 kv.li kichik stansiyalar uchun va transformator quvvatini tanlash Tashqi yoritish uskunalari Tashqarini yoritish uchun yog'och tayanchlarga osilgan sokol lampalaridan foydalaniladi. Bu lampalar past voltli tayanchlarga oʻrnatiladi. Asosiy koʻchalarni yoritish, park, maktab, bolalar bog'chalarini va ma'muriy binolarni yoritish lyuminessentli lampali yoritgichlar yordamida amalga oshirilgan. Qishloqni ichimlik suvi bilan ta'minlash Samarqand tumanidagi qishloqning ichimlik suvi bilan va chikindi suvlarni tashlash loyixa kuydagilardan iborat. Avvaldan mavjud bo'lgan quduq va ichimlik suvi tarmoqlari loyihalanayotgan qishloq talablarini qondira olmaydi. SHuni xisobga olgan xolda yangi ichimlik suvi tarmoklari loyixa bajarilishi kerak. Qishloq bosh rejasini, uni kelgusida rivojlanishini xisobga olgan xolda, kuyidagi echim kabul kilindi: Qishloqning shimoliy-garbida aloxida kuduklar kozish, suv yigish inshoati urnatish. Sanitar-ximoya doirasini yaratish, suv bilan ta'minlash inshootini kurish va suv tarmoklarini utkazish ishlari kuzda tutilgan. Ut uchirish uchun suv sarfi qishloq uchun tashki ut uchirish avtomobillar yordamida bajariladi. Yonginga karshi gidrontlar suv kuduklariga urnatiladi. Tashkaridan yonginni uchirish uchun 10 l/sek suv sarfi talab kilinadi. YOngin soni 1 marta past bosimli tarmoqqa ulangan. Qishloq hududlarini yorugʻlik Yorug'likka boʻlgan munosabatga koʻra yogʻoch oʻsimliklar yorug'liksevar, salga chidamli va yarimsoyaga chidamli turlarga boʻlinadi. Yorug'liksevar daraxtlar – saksovul, oq akatsiya, albitsiya, qayin, tilog'och, botqoq kiporisi, Virjiniya mojjevilniki, yassi shoxli(biota), oddiy qarag'ay, platon Qrim qarag'aysi, Pensilvaniya yaseni, oddiy yasen, YAponiya safarosi, oq tut, past boʻyli vyaz, klen, Gretsiya yong'og'i, qora terak, oddiy nok, eman, butalar- grebenshik (turli xili), ingichga bargli lox, qum akatsiya, kumushrang chingil, amarfa, laburnum, spireya (turli), chetan (ryabina). YArim soyaga chidamli daraxtlar- kumushrang lipa, lola daraxti, skushpiya, oddiy ryabina, cheremuxa, veymut qarag'ayi, yirik guli mognoliya, qora olxa, oddiy mojjevilnik; butalar- qor mevasi, sariq akatsiya, yapon bexisi, yumaloq bargli boyarishnik, magoniya va boshqalar. Yorug'lik, issiqlik kabi oʻsimliklar hayotida energetik omil hisoblanadi. Toʻla yoritilganda o'stirish jarayonlari bostiriladi va oʻsimlik organizmining rivojlanish jarayonlari tezlashadi. Yorug'da o'suvchi yog'och jinslari gullash davriga va meva tushish davriga oldinroq kiradi, ularning mevalari hosili soyada o'sadiganlarga qaraganda muntazam va koʻproq boʻladi. Suv-oʻsimliklarning hayoti (urug'ning unishi, oʻsish, assimilyasiya jarayonlari) usizmumkin bo'lmagan zarur element. Suv oʻsimlikka tuproqdan tomirlari orqali keladi, shuning uchun tuproqning namligi uning suv Bilan ta'minlanganlik ko'rsatkichi hisoblanadi. Oʻsimliklarning normal rivojlanishi uchun havoning namligi ham katta ahamiyatga ega. Havoning nisbiy namligi kamayishi bilan tuproqdagi suvning bug'lanishi, shuningdek uni oʻsimliklar tomonidan iste'mol qilinishi sezilarlijarajada ortadi. YOg'och jinslarining koʻpchilik turlari uchun eng qulay havo namligi 70-80% hisoblanadi. Bunday sharoitlarda fotosintez yaxshiroq kechadi. Oʻzbekistonning turli rayonlarida vegetatsiya davrida havoning oʻrtacha ko'p yillik nisbiy namligi 10dan 25%gacha oraliqda oʻzgarib turadi, bunda iyul-avgust oylarida u eng past darajada boʻladi. Nam havoda oʻsimliklar namlikni kamroq bugʻlantiradi, o'sish kuchayadi; quruq havoda esa aksincha. Nisbatan issiq quruq qishlarda oʻsimliklarda novdalarning ba'zan qurib qolishi kuzatiladi. YArim sahro va sahrolardagi yog'och oʻsimliklari namlikka talabi nahoyatda kamdir. Sug'oriladigan erlardagi atmosfera yog'inlari assortimentni tanlashda hol qiluvchi omil boʻla olmaydi. Sug'orilmaydigan choʻl xududlarida yog'inlar kengbargli yog'och jinslarining hayotini ta'minlay olmaydi. Bu erda koʻkalamzorlashtirish uchun saksovul, cherkez, qandish, qum akatsiyasi va boshqa shu kabi qurg'oqchilikka chidamli turlarini tanlashga toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonda oʻsimliklar introduksiyasiva akklimatizatsiyasi muvaffaqiyatlari ko'kalamzorlashtiruvchilar uchun jinslar assortimentini kengaytirish imkonini beradi.
  • VI-BOB. HAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASI QISMI: Xavfsizlik talab va qoidalariga rioya qilmaslikka, sanitariya va gigiena me'yorlarining, hamda mehnat intizomining buzilishi, ish joylari, jarohatlanishi, zaharlanish va kasb kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo'ladi. SHikastlanishga baxtsiz holat deyiladi. Baxtsiz hodisalar ishlab chiqarish bilan bog'langan va bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Ishlab chiaqrish bilan bog'langan hodisalarga quruvchining ish joyida yoki shu korxona bilan bog'liq ishlar bajarayotganda olgan shikastlanishlari kiradi. SHikastlanganligi uchun ish haqi faqat ishlab chiqarish bilan bog'langan baxtsiz hodisalargagina korxona hisobidan to'lanadi. Kasb kasalliklari deb, quruvchining mehnat faoliyati bilan bog'liq boʻlgan xastaliklar va zaharlanishlarga aytiladi va ular qoniqarsiz ish sharoitida vujudga keladi. Kasb kasalliklari, shamollash, jismoniy zo'riqish va sanitariya talablariga zid sharoitlarda uzoq mehnat qilinishi natijasida sodir bo'lsa zaharlanish qisqa vaqt ichida teri, nafas olish yo'llari va ba'zan ovqat hazm qilish organlari orqali kirib qolgan zaharli moddalar ta'siridan vujudga keladi. Mehnatni muhofaza qilishning maxsus davlat nazorat organlariga quyidagilar kiradi: 1. Sanoatda xavfsiz ish olib borish va togʻishlari xavfsizligi texnik davlat nazorati 2. Davlat sanitar nazorati 3. Davlat energetika nazorati 4. Davlat yong'in xavfsizligi nazorati 5. Tabiatni muhofaza qilish davlat nazorati 6. Suv va suv manbalarining tozaligini himoyalash davlat nazorati 7. Jamoat nazorati Urilish natijasida lat eyish terining kesilishi, suyak sinishi va chiqishi, inson hayoti faoliyati buzilishiga olib keladigan boshqa cheklanishlar jarohatlanishiga misol boʻladi.