Тижорат фаолияти
“Tijorat faoliyati” fanidan uslubiy qo‘llanma jahon iqtisodiyoti va servis instituti talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, tijorat faoliyatining mohiyati, mazmuni, uslubi, turlari, qo‘llanilish sohalari, huquqiy asoslari, rivojlanish bosqichlari, xususiyatlari, nazariy va amaliy jihatlari hamda jahon tajribasi asosida o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada tijorat tushunchasi, uning rivojlanish tarixi, shuningdek, bozorda raqobat, tavakkalchilik, tovar assortimenti, narx, sifat, xizmat va reklama kabi muhim tushunchalar keng yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda tijorat faoliyati va uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda tijorat sirini himoya qilish masalalari yoritib berilgan. Bundan tashqari, qabul qilingan qonunlar, xalqaro tajribalar asosida tijorat faoliyatini takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Asosiy mavzular
- 1-modul. Tijorat faoliyati fanining mazmuni, uslubi va vazifalari: O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi, modernizatsiya qilinishi va iqtisodiyotni liberal-lashtirilishi, tijorat faoliyati fanining kelib chiqishi, uslubi, maqsadi va vazifalari. Tijorat faoliyati fanining asosiy tushunchalari, mohiyati, klassifikatsiyasi, bozor strategiyalari, talab va taklif tahlili, tovar assortimenti, narx, sifat, xizmat, reklama va axborotlarning o‘rni, tijorat faoliyatini rivojlantirish usullari va samaradorligini oshirish yo‘llari.
- 2-modul. Tijorat faoliyati tushunchasi va vazifalari: Tijorat tushunchasi, mohiyati, vazifalari, qanday paydo bo‘lishi va qo‘llanilish sohalari. Tijoratning tarkibiy qismlari va kategoriyalari, ulgurji va chakana savdoda tijorat faoliyati. Tijorat risklari va ularning turlari, tijorat sharoitlari, tijorat qarorlari va ularning shakllanishi. Tijorat sirini himoya qilish masalalari, tijorat faoliyatini takomillashtirish yo‘llari.
- 3-modul. Tijorat faoliyatining tarkibiy qismlari: Tijorat tamoyillari, kategoriyalari, tijorat sirini himoya qilish, tijorat tavakkalchiligi, raqobat, tijorat sharoitlari va qarorlari. Tijoratning asosiy vazifalari va funksiyalari, tijorat sub'ektlari va ob'ektlari, savdo-sotiq jarayonlari, tijorat faoliyatining mazmuni va shakllanishi.
- 4-modul. Tijorat faoliyatida assortiment, narx va sifat siyosati: Tovar assortimenti, uning turlari va mohiyati. Narx tushunchasi, turlari va narx siyosati.Tovar sifati va uni oshirish yo‘llari. Milliy va xorijiy tajribalar asosida tovar assortimenti, narx va sifat tahlili. Raqobatbardoshlikni aniqlash.
- 5-modul. Xo‘jalik aloqalarini tashkil etish: Savdo-sotiq va xo‘jalik aloqalari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. O‘zbekistonda xo‘jalik aloqalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va huquqiy asoslari. Xo‘jalik aloqalarining turlari va ularning tahlili. Davlat buyurtmasi va litsenziyalash kabi masalalar.
- 6-modul. Ulgurji savdoda tijorat faoliyati: Ulgurji savdoning mohiyati, turlari va vazifalari. Ulgurji savdani tashkil etish va boshqarish. Pul bilan hisob-kitob qilish va tovarlarni etkazib berish shartlari. Tran zit va ombor usullari.
- 7-modul. Chakana savdoda tijorat faoliyati: Chakana savdo tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Chakana savdo korxonalari va do‘konlarning turlari, vazifalari, tuzilishi, rivojlanishi. Chakana savdo korxonalarining marketing faoliyati va uslublari. Chakana savdoni tashkil etish usullari va marketing texnologiyalari.
- 8-modul. Vosita korxonalarning tijorat faoliyati: Vosita korxonalarning o‘rni va roli. Vosita korxonalarining turlari: broker, agent, diler, distributer va boshqalar. Ularning tijorat faoliyati va vazifalari. Xalqaro tajribalar.
- 9-modul. Tijorat faoliyatida lizing munosabatlari: Lizing tushunchasi, mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Lizing operatsiyalarining sub'ektlari va ob'ektlari. Lizing turli shakllari va shartlari. Franchayzing tushunchasi, mohiyati va rivojlanishi.
- 10-modul. Servis sohasi, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining tijorat faoliyati: Servis sohasi, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining tijorat faoliyati. Mehmonxona, turizm, transport kompaniyalarining tijorat faoliyati. Xizmat ko‘rsatish, uning mohiyati va ahamiyati. Qo‘shimcha xizmat turlari va ularning mohiyati.
- 11-modul. Tashqi iqtisodiy faoliyatda tijorat operatsiyalari: Tashqi iqtisodiy faoliyatda tijorat operatsiyalari. Xalqaro savdo va uni tashkil etish usullari. Eksport-import operatsiyalari, marketing va savdo siyosati.
- 12-modul. Tijorat faoliyatida reklama va axborotlar: Reklama tushunchasi, mohiyati, vazifalari va turlari. Reklamaning rivojlanish tarixi. Reklama vositalari. Reklamaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
- 13-modul. Tijorat faoliyatining samaradorligi va uni oshirish yo‘llari: Tijorat faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlari va uni oshirish yo‘llari. Tijoratni rejalashtirish va hisob-kitob qilish. Narx va sifat siyosati.