Шаҳар ҳудудини инженерлик тайёрлаш
Ushbu uslubiy qoʻllanma Urganch davlat universiteti talabalari uchun "Shahar hududini injenerlik tayyorlash" fanidan kurs loyihasi topshirigʻi sifatida tayyorlangan. Unda shahar hududini injenerlik tayyorlash jarayonida mavjud er yuzasining tabiiy tuzilishini har taraflama saqlab qolish, tuproq ishlari hajmini kamaytirish, hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish usullari yoritilgan. Kitobda vertikal rejalashtirishning turli usullari, jumladan, nuqta belgisi usuli, gorizontallar usuli, aralash usul hamda tuproq ishlari hajmini hisoblash usullari batafsil bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Uslubiy koʻrsatma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim standartlari talablari doirasida "SHahar qurilishi va xoʻjaligi” ta'lim yoʻnalishi talabalari uchun tuzilgan. Tikka(vertikal) rejalashtirish- bu joyning mavjud rel`efini qurilish talablariga javob beradigan darajada qayta tashkil etish va sun'iy oʻzgartirish boʻyicha muhandislik chora-tadbirlari majmuidir. Hududni tikka(vertikal) rejalashtirishni loyihalash- mavjud rel`efni qurilish shartlariga koʻra oʻzgartirish masalasini hal etish imkonini beruvchi muhim bosqich hisoblanadi.
- Kurs loyihasi topshirigʻi: Kurs loyihasi mavzusi: Aholi turarjoy hududini vertikal rejalashtirish. Topshiriq: 1.Chorrahalar oralig'ini loyihaviy(qizil) gorizontallar usulida vrrtikal rejalashtirish. 2.Mikrorayon(kvartal) qizil chiziqlaridagi A nuqtaning loyihaviy belgisini aniqlash.
- Loyihaning bosqichlari: Loyihaviy(qizil) belgilar usuli; Profillar usuli; Loyihaviy gorizontallar (qizil gorizontallar) usuli; Aralash usul. Loyihaviy(qizil) belgilar usuli vertikal rejalshtirishning ilk bosqichida qoʻllaniladi shahar yoki alohida hududning rejaviy yechimlarini qabul qilishda birinchi bosqich hisoblanadi.
- SHahar hududining injenerlik tayyorgarligi: SHahar hududlarini injenerlik tayyorlash - bu shahar qurilishi va uning obodonlashtirishga tayyorlash ishlarini oʻz ichiga oladi. Bu ishlar yer tuzilishini, tabiiy sharoitlarni va boshqa omillarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
- Relefning shakllari: Relefning shakllari - bu yer yuzasining tabiiy yoki sun'iy o'zgarishlari. Shahar hududlarida relefning tekis, tepalik, yoki chuqur joylari bo'lishi mumkin.
- SHahar hududlarini injenerlik tayyorgarlik ishlarining umumiy tadbirlari. Vertikal rejalashtirish: Vertikal rejalashtirish - bu shahar hududining relefini uning injenerlik talablariga moslashtirish jarayoni. Ushbu usulda koʻcha, yoʻlak, maydoncha kabi elementlarning balandliklari aniqlanadi.
- Vertikal rejalashtirishning maqsadi va asosiy vazifalari: Vertikal rejalashtirishning asosiy maqsadi – transport vositalari hamda piyodalarning qulay va xavfsiz harakatini ta`minlagan holda shahar hududlarini injenerlik obodonlashtirish va qurilish talablariga javob beradigan rel`efni yaratish hisoblanadi.
- Vertikal rejalashtirish usullari: Loyihalashning bosqichlariga bogʻliq ravishda vertical rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: Loyihaviy(qizil) belgilar usuli; Profillar usuli; Loyihaviy gorizontallar (qizil gorizontallar) usuli; Aralash usul.
- Nuqta belgisi usuli yoki vertikal rejalashtirish chizmasi: Bu usulda loyihalanayotgan inshoot joylashgan hudud rejasida loyihalanayotgan inshoot yoki loyihaviy rel`ef ni ifodalovchi qizil rangli gorizontallar chiziladi.
- Qizil gorizontallar loyiha usuli: Mikrorayon, mahalla, shahar maydonlari hiyobonlarini, skverlarini va boshqa kichik maydonlarini qizil gorizontallar loyiha usulida vertikal rejalashtiriladi.
- Loyiha (qizil) gorizontallar usulida loyihalash: Misol uchun biz ikkita chorraha oralig'idagi katta koʻchani vertikal rejalashtirish usulini ko'rib chiqamiz va qolgan ko'chalar, yoʻlaklar, maydonchalar ham xuddi shu usulda va shu tarkibda bajariladi. Loyiha gorizontallarining balandligini esa (gorizontallar qadami) 20 smdan qabul qilamiz.
- Tuproq ishlarining hajmi: Profillar usulida echilgan vertikal reja loyihada tuproq ishlari hajmi quyidagicha hisoblanadi. Biror bir yoʻnalishdagi profil uchun uning koʻmiladigan va qaziladigan (suriladigan) maydonlarining yuzasi alohida-alohida aniqlanadi.
- Foydalanilgan adabiyotlar: Kitobda foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro'yxati keltirilgan, jumladan O'zbekiston Respublikasining SHaharsozlik Kodeksi, SHNK 2.07.01-03* SHaharsozlik va xorijiy adabiyotlar.