Эстетика асослари

Ushbu uslubiy qo'llanma akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda estetika fanining umumiy tamoyillari, milliy estetikaning o'ziga xos xususiyatlari, estetik tafakkur taraqqiyoti, estetik ong va estetik faoliyat, dizaynning estetik faoliyatdagi o'rni, hamda estetik madaniyatning buyuk namoyandalari va donishmandlarning estetikaga oid qarashlari yoritilgan. Qo'llanma INTRO, ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari, ushbu fan mavzularini o'qitishning pedagogik texnologiyalari va "Estetika asoslari" fanidan noan'anaviy dars ishlanmasidan tarkib topgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O'zbekistonning kelajagi buyukligi, avvalo, yosh avlodning ma'naviy-axloqiy, siyosiy, estetik jihatdan kamol topishi bilan chambarchas bog'liqdir. Yoshlarni bilimli, mas'uliyatli, siyosiy jihatdan idrokli, axloqan pok va ma'naviy barkamol bo'lib o'sishlarida estetik tafakkur, estetik madaniyat ravnaqining ahamiyati katta. Bu uslubiy qo'llanma kirish, ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari hamda ushbu fan mavzularini o'qitishning pedagogik texnologiyalari, "Estetika asoslari" fanidan noan'anaviy dars ishlanmasidan tarkib topgan.
  • Estetika fanining maqsadi va vazifalari: O'quvchilarga estetika fani haqida bilim va ko'nikmalar berish; Nafosat va go'zallik haqida bilim va ko'nikma hosil qilish; Kelajakda yoshlarni estetik jihatdan barkamol shaxs sifatida tarbiyalash. Estetika fanining asosiy vazifalari: jamiyat a'zolarini har jihatdan kamol topgan, nafis did egasi etib tarbiyalash; Yoshlarda san'at, badiiy adabiyot va ijod jarayonini to`laqonli xis etish ko`nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash; San'atda, san'atkor shaxsida, dizayn va ishlab chiqarish sohalarida yuksak g'oyalarning estetik in’ikosini yoritib berish; Texnikaviy taraqqiyotni go`zallashtirish, dizayn va texnika estetikasi zamonaviy ko`rinishlarini ilmiy asoslash; San'at va madaniyatdagi “Ommaviychilikning salbiy ko`rinishlarini ijtimoiy hayotga ta'sirini ochib berish; Insonlararo muloqotda estetik munosabatni to`g`ri yo`naltirish, sog`lom turmush tarzi bilan bog`liq jarayonlarning estetik xususiyatlarini to'laqonli aks ettirish va ilmiy asoslash; Yoshlarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularning estetik madaniyatini va ijodiy fikrlashlarini shakllantirish.
  • Estetika asoslari fanlari o'qituvchilarining kasbiy sifatlari: O'qituvchi: Eskini o'zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo'la oladi. E'tiqod odob, fuqarolik burchini anglash o'quvchining asosiy sifatlaridan biridir. Bolalarga mehr-muhabbat uning eng muhim fazilatidir. Uning muhim fazilati ko'pchilik bilan muomala qila olishdir. O'qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo'lsagina odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo'la oladi, uni hamma hurmat qiladi. U pedagogik etikaning normalarini o'zlashtirib olishi, tajribada qo'llashi, o'zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. Bu axloqiy e'tiqod o'qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o'quvchilar va boshqalar bilan munosabatlarda, muomalasida, kundalik turmushda o'zining shaxsiy na'munasi bilan axloqiy (barcha tarkiblar bo'yicha) ta'sir o'tkazish ko'zga tashlanadi.
  • Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari: Ushbu dars ishlanmasi "Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari" mavzusini INSERT metodi orqali ochib beradi. Bu metod o'quvchilarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni o'zlashtirishlarini yengillashtirish maqsadida qo'llaniladi. Mavzu qadimiy davrlardan boshlab, o'rta asrlar, Temuriylar davri, Yangi davr va O'zbekiston estetik tafakkuri rivojlanishini qamrab oladi.
  • Aqliy hujum metodi orqali Sharq va Yevropa mamlakatlarida estetik qarashlar tarixi: Aqliy hujum - g'oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. <<<Aqliy xujum» metodi biror muammoni yechishda o'quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy xujum metodining yozma va og'zaki shakllari mavjud. Sharq va Yevropa mamlakatlarida estetik qarashlar tarixi bilan tanishish shu metodga asoslanadi.
  • Estetik ong va estetik faoliyat: Ushbu dars "Estetik ong va estetik faoliyat" mavzusini "Siz va biz" orqali ochib beradi. "Siz va biz” o'yinini oʻqituvchi boshlab ma'ruzani qisqa bayon qila boshlaydi. Oʻyin qoidalari bilan oʻquvchilarni tanishtiradi va rollarni taqsimlaydi. Mavzu estetik ong, estetik his-tuyg'u, estetik did, estetik baho, estetik ideal va estetik orzu kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi.
  • Dizayn - estetik faoliyatning oʻziga xos turi sifatida: Ushbu "Dizayn - estetik faoliyatning oʻziga xos turi sifatida” mavzusining dars ishlanmasi (“loyiha” metodi orqali). Dars maqsadi: Oʻquvchilarga dizayn – estetik faoliyatning oʻziga xos turi to'g'risida bilim va malaka xosil qilish. Ta'limiy maqsadi: Oʻquvchilarga dizayn – estetik faoliyat haqida ma'naviy bilimlarni shakllantirib borish. Tarbiyaviy maqsadi: Oʻquvchilarga estetik madaniyatni shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Oʻquvchilarga dizayn-estetik faoliyatning kotegoriyalarni yuksaltirish.
  • Estetik madaniyatning buyuk namoyandalari: Ushbu bo'limda jamiyatimizni ma'naviy-axloqiy jihatdan mustahkamlash va taraqqiy ettirishda xalqimizning boy madaniy tarixini chuqur o'zlashtirish, jahon madaniyati tarixida munosib o'rin egallagan allomalarimizning merosini har tomonlama oʻrganish katta ahamiyatga egadir. Madaniyat yutuqlari ma'naviy jarayonda voyaga yetgan va uni oʻz faoliyatida gavdalantirgan, asarlarida moddiylashtirgan donishmandlar, olimlar, adiblar, din va ma'rifat arboblari qoldirgan tarixiy merosning mazmunini tashkil etadi. Shu sababli ular yaratgan qadriyatlar, ulkan asarlar haqida muayyan bilimga ega boʻlish oʻzligimizni anglashda, milliy istiqlol g'oyasining tarixiy asoslarini egallashda muhim ma'naviy omil boʻlib xizmat qiladi. Quyida mavjud adabiyotlardan foydalangan holda Vatanimiz madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk siymolar haqida qisqacha hikoya qilingan.
  • Donishmandlar estetika toʻgʻrisida: Ushbu bo'limda O'zbekistonning buyuk allomalari va jahonga mashhur mutafakkirlarning estetikaga oid fikrlari jamlangan. Jumladan, I.A.Karimov, Amir Temur, Abu Ali ibn Sino, Sa'diy Sheroziy, Alisher Navoiy, T.Marno, E.Surio, Hadisi-sharif, F.M.Dostoyevskiy, L.Tolstoy, I.Gyote, V.Raabe, F.Bekon, M.Servantes, Suqrot, I.Kant, L.Shefer, V.O.Kluchevskiy, G.Lessing, Ya.Korchak, T.Fontane, O.Balzak, F.Kuper, I.A.Goncharov, V.Fontenel, R.Emerson, V.Gyugo, E.L.Bule, V.Shekspir, N.A.Dobrolyubov, P.K.Anoxin kabi ko'plab allomalarning estetikaga oid fikrlari keltirilgan.
  • Izohli atamalar lug'ati: Ushbu bo'limda kitobda ishlatilgan asosiy izohli atamalar berilgan. Jumladan Abstraktsionizm, Avangardizm, Arxitektura, Ansambl, Balet, Badiiy ijod, Garmoniya, Geniy, Gotika, Grafika, Gratsiya, Go`zallik, Daochilik, Dekorativ, Dizayn, Drama, Janr, Komediya, Komik, Kompozitsiya, Kulgulilik, Ulug`vorlik, Lirika, Manera, Melodiya, Metafora, Mimesis, Miniatyura, Moda, Modernizm, Montaj, Monument, Nisbiy goʻzallik, Pantomima, Parodiya, Pafos, Personaj, Proportsiya, Publika, Realizm, Ritm, Regessans, Ritorika, Rok, Satira, Simmeteriya, Sukulptura, Stil, Sujet, Fojia, Fojialilik va kulgulilik, Xoreografiya, Sirk, Shedevr, Shlyager, Shou kabi ko'plab atamalar izohlangan.