Жахон этнологияси
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi DTSda keltirilgan «Arxeologiya va etnologiya» fanining «Jahon etnologiyasi» qismi boʻyicha namunaviy dasturiga muvofiq tarzda ishlab chiqildi. O'quv-uslubiy qoʻllanma ishchi daftar tarzida yaratilgan boʻlib, u yangi pedogogik texnologiyalarga asoslangan. Ushbu o'quv-uslubiy qoʻllanmada qiyinligi jihatdan turli xil darajadagi boʻlgan vazifalar berilgan. Ularni bajarish davomida talaba masalalarni tahlil qilishni, qiyoslashni, ma'lumotlarni tizimlashtirishni, xarita bilan ishlashni va test savollarini yechishni o'rganadi, takomillashtiradi. O'quv uslubiy qo'llanma tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha) mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Etnologiyaning asosiy maktablari va yoʻnalishlari: Quyidagi savolga javob berish orqali keltirilgan jadvallarni to'ldiring va etnoologiya tarixi haqidagi dastlabki bilimlarni namoyon qiling. Etnologiya qanday sabablarga ko'ra fan sifatida shakllangan?
- Etnologiyaga oid atamalar. Etnologiya fanining tadqiqot uslublari: O'zagidan 'etnos' so'zidan olingan atamalarni quyidagi shaklga yozing.quyidagi atamalarning ma'nosini yozing. ushbu atamalar ichidan tub aholi ma'nosini beruvchi atamalarni ajrating va ular qaysi hudud aholisiga nisbatan ishlatilishini ayting. quyidagi shaklni jahon aholisining diniy e'tiqodiga oid atamalar bilan to'ldiring. siz o'zingizni mashhur rus etnografi Yu.V.Bromley deb tasavvur qiling va fang etnolologik terminlar kiritishning qoidalarini yozib bering.
- Dunyodagi xalqlarining klassifikatsiyasi: Xaritaga qarab er yuzida odamzodning paydo bo'lishi va tarqalish hududlari haqida yozing. Iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy ehtiyojlarga qarab tushuntirishlar berish.
- Okeaniya, Avstraliya va Tanzaniya xalqlari: Orol "deb nimaga aytiladi? "Arxipelag" deb nimaga aytiladi? Orollarning kelib chiqishi jihatidan farqlanishi, ularning nomlari, geografik joylashuvi va tabiiy xususiyatlari haqida yozing.
- N.N. Mikluxo-Makalay va uning etnologiya faniga qo'shgan hissasi: Nikolay Nikolaevich Mikluxo-Maklayning tarjimai holini yozing va uning eng muhim ekspeditsiyalari haqidagi ma'lumotlarni jadvalga to'ldiring. Maklay - rus imperatori - papuaslar nomi ostida diagramma chizing va uning maqsad va vazifalarini ifodalang.
- Osiyo xalqlari etnologiyasi: Osiyo qit'asining to'liq xaritasini chizing va uning iqlim mintaqalari, geografik jihatdan bo'linishi va Osiyo iqtisodiyotidagi o'rni haqida ma'lumot bering. Osiyo xalqlarining madaniy tiplari va ularning diniy e'tiqodlari haqida ma'lumot berish.
- G'arbiy va Janubiy Osiyo xalqlari: Osiyo qit'asini tarixiy-etnografik jihatdan hududlarga bo'ling va har bir hududga kiruvchi mamlakatlar nomlarini yozing.
- O'rta Osiyo va Qozog'iston xalqlarining etnogenezi, moddiy va ma'naviy madaniyati: O'rta Osiyo va Qozog'iston xalqlarining etnogenezi, moddiy va ma'naviy madaniyati haqida ma'lumot berish.
- O'zbek xalqi etnografiyasi tarixi. Abu Rayhon Beruniyning etnologiyaga qo'shgan hissasi: O'zbek xalqi etnografiyasi tarixi va Abu Rayhon Beruniyning etnologiyaga qo'shgan hissasi haqida ma'lumot berish.
- Afrika xalqlariga umumiy tavsif. Shimoliy va G'arbiy Afrika xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyati: Afrika xalqlariga umumiy tavsif va Shimoliy va G'arbiy Afrika xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyati haqida ma'lumot berish.
- Amerika xalqlari: Amerika xalqlari haqida ma'lumot berish.
- Yevropa xalqlari. Kavkaz xalqlari: Yevropa va Kavkaz xalqlarining etnik jihatdan tarkibi, milliy kiyimlari, an'anaviy bayramlari va boshqa ma'lumotlar haqida so'zlash.
- Etnologiyaning zamonaviy muammolari. Yer yuzida etnotransformatsion jarayonlar: Dunyo aholisi sonining o'sishi va etnik jarayonlarning muammolari haqida ma'lumot berish. Zamonaviy madaniyat va etnik madaniyatning elementlari va muammolarini aniqlash.