Avtomobillarning texnik ekspluatastiyasi fanidan laboratoriya ishlari bo’yicha
Ushbu kitob avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi va servis xizmati ko'rsatish texnologiyasini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, u avtomobilning turli tizimlarini tekshirish, diagnostika qilish va ta'mirlash usullarini o'z ichiga oladi. Kitobda neksiya, VAZ, ZiL, KamAZ kabi turli avtomobillar misolida texnik xizmat ko'rsatish jarayonlari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Neksiya avtomobiliga servis xizmat ko'rsatish texnologiyasi: Neksiya avtomobiliga davriy servis xizmat ko'rsatish (SXK)da bajariladigan ishlar va ularning tarkibi bilan tanishish va SXK o'tkazish ko'nikmasini hosil qilish.
- Avtomobillarga servis xizmat ko'rsatishda moylash ishlari texnologiyasi: Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, yangi turdagi avtomobillarda qo'llaniladigan moy mahsulotlari bilan tanishish, moylash jihozlarining tuzilishini va ishlash tomoyillarini o'rganish, ko'nikma hosil qilish.
- Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning yonilg'i ta'minlash tizimiga servis xizmat ko'rsatish texnologiyasi: Yonilg'i bilan ta'minlanish tizimidagi asboblarni diagnostikalash va ularni sozlash usullarini o'zlashtirish.
- Elektr jihozlariga texnik xizmat ko'rsatish texnologiyasi: Avtomobil elektr jihozlari tizimi bilan hamda uni diagnostikalash va sozlash ishlari texnoligiyasi bilan tanishishdan iborat.
- Tormoz tizimiga texnik xizmat ko'rsatish texnologiyasi: Gidravlik va pnevmatik tormoz tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish texnologiyasi bilan tanishishdan iborat.
- Avtomobillarning ilashish muftasiga TXK texnologiyasi: Avtomobillar ilashish muftalarining nosozliklarini aniqlash, ularga TXK va T ni o'rganish.
- Rul boshqarmasiga texnik xizmat ko'rsatish texnologiyasi: Rul boshqarmasining nosozliklarini aniqlash va unga texnik xizmat ko'rsatish ishlari bilan tanishishdan iborat.
- Avtomobilning oldingi g'ildiraklarini o'rnatish burchaklarini aniqlash va sozlash texnologiyasi: Shkvoren birikmasini yoki oldingi osma kronshteynining radial va o'q bo'ylab og'ish burchaklarini o'lchash, boshqarish g'ildiraklarining yaqinlashuv va og'ish burchaklarini jihozlar yordamida aniqlashni o'rganish.
- Sovuq iqlim sharoitida dvigatelni o't olishini osonlashtirish vositalari va avtomobillarni qishda saqlash usullarini tanlash: Avtomobil dvigatellarini past xaroratda o't oldirish va avtomobillarni qishda saqlash usullari, hamda bu usullarni tanlashni o'rgatishdan iborat.
- Benzinda ishlovchi dvigatellardan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli birikmalar miqdorini aniqlash: Avtomobil dvigateli ishlaganda atrof-muhitga chiquvchi chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini aniqlash texnologiyasini o'rganish.
- Avtomobillarga kundalik xizmat ko'rsatish texnologiyasi: ATK da KXK ishlari, ularni tashkil etish, ishlatiladigan jihozlar bilan tanishish.
- Avtomobil shinalariga TXK va JT texnologiyasi: ATK sharoitida avtomobil shinalariga TXK va ularni ta'mirlash ishlari bilan tanishish.
- Gaz ballonli avtomobillarni gaz taminot tizimiga texnik xizmat ko'rsatish texnologiyasi: Gaz ballonli avtomobillarni gaz taminot tizimidagi (GTT) priborlarni diagnostikalash va ularga texnik xizmat ko'rsatish ishlarini bajarish bo'yicha ko'nikmalarini hosil qilish.