Paxta sanoati mashinasozligi texnologiyasi

Ushbu darslik paxta sanoati mashinasozligi texnologiyasi, jumladan paxta tozalash, jinlash, tolani yirik va mayda iflosliklardan tozalash mashinalari va ularning ishchi qismlarini tayyorlash texnologiyasini, shuningdek ularga qo'yiladigan texnik va texnologik talablarni, issiqlik ishlov berish usullarini, yig'ish jarayonlarini, mexanik ishlov berishni, yuzalar sifatini hamda dastgoh, moslama, kesuvchi va o'lchov asboblarini tanlashni o'z ichiga oladi. Kitobda shuningdek, dizaynerlik va konstruktorlik jihatlari, nazorat savollari hamda dasturlar misollari ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Paxta sanoati mashinasozligini rivojlanishining asosiy yo'nalishlari: Paxta sanoatining rivojlanish yo'nalishlari, texnologik mashinalar va ularning turlari, ularga qo'yiladigan texnik talablar.
  • Mashinasozlikda aniqlik: Mashinasozlikda aniqlikning ahamiyati, aniqlikka erishish usullari, ishlov berish aniqligiga ta'sir etuvchi omillar, DMAD texnologik tizimi, dastgohlarni sozlashda paydo bo'ladigan xatoliklar.
  • Mexanik ishlov berilgan yuza sifati: Yuza sifatining me'yorlanishi va belgilash tizimi, g'adir-budurlik ko'rsatkichlari va ularning sonli qiymatlarini tanlash, yuza qatlamini fizik-mexanik xossalari, g'adir-budurlikka ta'sir etuvchi omillar, yuza sifatining mashina detallariga ta'siri.
  • Mexanik ishlov berish uchun quyum: Quyum turlari, mexanik ishlov berish jarayonida quyimning hisoblanishi, mexanik ishlov berishni texnologik jarayonlarini loyihalash.
  • Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash: Texnologik jarayonni loyihalash uchun dastlabki ma'lumotlar va loyihalash ketma-ketligi, dastgohli operatsiyalarni tuzish, mexanik ishlov berish ketma-ketligi va texnologik vositalarni tanlash, texnik me'yorlash, iqtisodiy samaraga erishish usullari.
  • Mashinalarni yig'ish texnologiyasi: Yig'ish jarayonlarini tasnifi, yig'ma o'lchamli zanjirlar hisobi, yig'ish texnologik jarayonlarini loyihalash, yig'ish ishlarini avtomatizatsiyalash.
  • Paxtani tozalash mashinalari ishchi qismlarini tayyorlash texnologiyasi: Paxta tozalash mashinalari ishchi qismlarini tayyorlashning o'ziga xos xususiyatlari, chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining ishchi qismlariga qo'yiladigan asosiy texnik va texnologik talablar, qoziqli baraban va to'rli yuzalarni tayyorlash texnologik jarayonlari.
  • Jin va linter arralarini tayyorlash texnologiyasi: Jin va linter arralarini tuzilishi, ularga qo'yiladigan asosiy texnik va texnologik talablar, jin va linter arralarini tayyorlash texnologik jarayonini o'ziga xos xususiyatlari, qo'llaniladigan texnologik vositalar-dastgoh, moslama, kesuvchi va o'lchov asboblari.
  • Paxtani qayta ishlash detallariga termik ishlov berish: Paxtani qayta ishlovchi texnologik mashinalari ishchi qismlariga termik ishlov berish usullari, texnologik jarayonlar, qo'llaniladigan asbob-uskunalar, jin va linter arralariga termik ishlov berishni o'ziga xos xususiyatlari.
  • Arrali silindrlar uchun tiqinlar tayyorlash texnologik jarayoni: Arrali silindrlar uchun tiqinlarni tayyorlash texnologik jarayonini o'ziga xos xususiyatlari, qo'llaniladigan texnologik vositalar-dastgoh, moslama, kesuvchi va o'lchov asboblari.