Oliy toifali hamshiralar uchun oila tibbiyotida hamsHiralik isHioliy toifali hamsHiralar uchun oila tibbiyotida hamshiralik ishi
Ushbu o‘quv uslubiy majmua Oila tibbiyotida hamshiralik ishi fanining asosiy bo‘limlarini o‘z ichiga oladi va talabalarga bolalarning rivojlanishi, turli sharoitda kasalliklarni kelib chiqishi, ularni tashxislash, birinchi yordam ko‘rsatish va davolash, bemorlarni parvarishlash va profilaktika ishlarini olib borishni, bolalar kasalliklarining kelib chiqishi, davolash va ularni oldini olishni qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun zarur bilimlarni egallash imkonini beradi. Oila tibbiyotida hamshiralik ishi fani respublikadagi sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkazilayotgan islohatlar kesimida muhim axamiyatiga ega. Sog‘likni saqlash birlamchi bo‘g‘iniga aloxida e‘tibor berilishi va umumiy amaliyot tizimini rivojlanirish nuqtai nazaridan bu fanning ahamiyati oshib bormoqda. Oilaviy hamshira kasalxona bilan ambulatoriya o‘rtasidagi bog‘lovchi halqa bo‘lib, bemorni kasalxonadan javob berilgandan keyin tegishli yordamini davom ettirishni, hamda ahvoliga qarab tegishli poliklinikada zaruriy tibbiy xizmatni olishni davom ettirishni kuzatib turadi va sog‘liqni mustaxkamlashda katta rol o‘ynaydi.
Asosiy mavzular
- Fanga kirish.Oilaviy tibbiyotda xamshiralik ishi: Fanning qisqacha tarixi, vazifalari, nazariy va amaliy tibbiyotda tutgan o‘rni. Fanning boshqa tibbiy fanlar taraqqiyotidagi roli. Oila tibbiyoti falsafasi va asosiy tamoillari. Alma-Ata deklarastiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash tizimida birlamchi tibbiy yordam xizmati va unda o‘rta tibbiy xodimlarning o‘rni. QVP va oilaviy polikliniklarni ishini tashkil qilish mezonlari.
- Jamoat salomatligini saqlash: Sog‘likni saqlash tizimida sanitar oqartuv ishlarini tashkil qilish va olib borish. Profilaktika, uning turlari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, vakstinoprofilaktika. Skrining va axoli o‘rtasida keng tarqalgan kasalliklar skriningi.
- Sog‘lom turmush tarzi: Salomatlikni mustaxkamlashda tibbiyot xodimlarinni o‘rni. Sog‘lom turmush tarzining asosiy yo‘nalishlari, xavf omillari va ularga qarshi kurashish. Rastional oqatlanishni yo‘lga qo‘yish. Tamaki chekishni, alkogolizm suistemol qilishni cheklash. Jismoniy faollikni oshirish.
- Bemor axvolini baholash: Bemor konsultastiyasida umumiy ko‘ruvni o‘tkazish, anamnezni yig‘ish. Fizikal tekshiruv. Ambulator kartalarni yuritish. Tibbiy xujjatlarni QVP va oilaviy poliklinikada yuritishni yo‘lga qo‘yish. Bemor haqida olingan ob‘ektiv va sub‘ektiv ma‘lumotlarni taxlil qilish. Hamshiralik tashxisini qo‘yish.
- Oila tibbiyoti hamshirasining oilada ayollar bilan ishlash tartibi: O‘zbekiston Respublikasida onalik va bolalikni himoya qilish. Oilani rejalashtirish haqida tushuncha. Reproduktiv yoshidagi ayollar bilan ishlash tartibi. Kontrastepstiya usullari, ularni qo‘llash tartiblari. Xomilador ayollarni nazorat qilish.
- Oila tibbiyoti hamshirasining oilada go‘daklar bilan ishlash tartibi: Birlamchi tibbiyot tizimida patronaj xizmati. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish. Ona ko‘krak suti bilan boqishning axamiyati. Bolalarni ovqatlantirishda qo‘shimcha ovqatlarni kiritish. Ona ko‘krak suti bilan boqishda kuzatiladigan qiyinchiliklar, ularni bartaraf qilishda qo‘llaniladigan usullar. Bolalarni ovqatlantirish.
- Oila tibbiyoti xamshirasi oilada o‘smirlar bilan ishlash taritibi: O‘smir yoshdagi bolalar muammolari va ularni erta aniqlash. Bolalarga e‘tiborsiz va qo‘pol munosabatda bo‘lish.
- Mikronutrientlar etishmovchiligi va rastional ovqatlanish: Yod, temir, vitamin A tanqislik belgilari. Ularning profilaktikasida Respublikada olib boriladigan tadbirlar (saplementastiya va fortifikastiya). Rastional ovqatlanish prinstiplari.
- Xamshira ko‟nikmalari: Bemorlar konsultastiyasida shaxslararo muloqot. Etika va deontologiya. Dori darmonlarni qabul qilishda oila tibbiyoti xamshirasini o‘rni. Dori-darmonlarni qabul qilish usullari va ularning qabul qilinishini nazorati.