Klinik allergologiya
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti, Xalq Tabobati va Kasb Kasalliklari Kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Allergologiya Fani" o‘quv-uslubiy majmuasi, stomatologiya fakulteti 3-kurs talabalari uchun. Ushbu majmua allergologiya fanining asosiy bo'limlarini o‘z ichiga oladi va talabalarga allergik kasalliklarning turli sharoitda kelib chiqishi, ularni tashxislash, birinchi yordam ko‘rsatish va davolash, bemorlarni parvarishlash va profilaktika ishlarini olib borishni, ushbu kasalliklarining davolash va ularni oldini olishni qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun zarur bilimlarni egallash imkonini beradi. Allergologiya fani respublikadagi sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar kesimida muhim axamiyatiga ega. Ushbu kasalliklarni oldini olishda sog‘likni saqlash birlamchi bo‘g‘iniga alohida e‘tibor berilishi va umumiy amaliyot tizimini rivojlanirish nuqtai nazaridan bu fanning ahamiyati oshib bormoqda.
Asosiy mavzular
- Allergiya fani va uning vazifalari. O‘tkir va surunkali bronxitlar.: Mazkur mavzu allergologiya fani, uning vazifalari, o'tkir va surunkali bronxitlar, ularning etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, davolash usullari va profilaktikasini o'rganishga bag'ishlangan.
- Bronxial astma.: Ushbu mavzu bronxial astma, uning turlari, etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, davolash usullari va profilaktikasini o'rganishga bag'ishlangan.
- Ichki kasalliklarning shoshilinch holatlarida stomatolog taktikasi.: Ushbu mavzu stomatologiya amaliyotida uchraydigan shoshilinch holatlarda tezkor yordam (hushni yo'qotish, kollaps, koma) ko'rsatishni o'rganadi.
- Anafilaktik shok.: Ushbu mavzu anafilaktik shokning klinik ko'rinishi, klinik variantlari, kechishi, tashxislash, davolash usullari va profilaktikasini o'rganishga bag'ishlangan.