Pedagogika, psixologiya

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Pedagogika, psixologiya" fanidan tayyorlangan bo'lib, unda pedagogika va psixologiya fanlarining asosiy muammolari, predmeti, maqsadlari, vazifalari, tadqiqot metodlari, kasbiy psixologiya tarixi, Sharq allomalari asarlarida kasb-hunar va kasb tanlash masalasi, o'zbek psixologlarining tadqiqotlari, kasb ta'limi, kasblarni psixologik tasniflash, kasbiy professiogramma, pedagogika nazariyasi, pedagogik qarashlar, ta'lim texnologiyalari, pedagogik muloqot, tarbiya nazariyasi, innovatsion texnologiyalar hamda usullari kabi ma'lumotlar keltirilgan. Majmua har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar, tayanch tushunchalar, nazorat savollari va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati bilan boyitilgan. Shuningdek, materiallar test va mashqlar shaklida berilib, o'quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga va amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu: Pedagogika fan sifatida. Tibbiyot xodimlarini tayyorlashda pedagogik bilimlarning o’rni.: Ushbu mavzuda pedagogika fani, uning predmeti, maqsad, vazifalari va asosiy kategoriyalari, tadqiqot metodlari, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning maqsad va vazifalari, tarbiya nazariyasi, ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari, kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati, shaxsni shakllantirishda tarbiya nazariyasining roli kabi masalalar chuqur yoritib berilgan.
  • 2-mavzu: Pedagogikani o’rganish zaruriyati: Ushbu mavzuda insoniyat jamiyati tarixida bilishning taraqqiyoti, bilimlar umumiy ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi sifatida, dunyoqarashning tarkibiy qismlari, shakllari va turlari, pedagogik layoqat – mutaxassisni shaxsiy va kasbiy yuksaltirish sharti ekanligi kabi masalalar chuqur yoritilgan.
  • 3-mavzu:Ma'rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi: Mavzuda Sharq mutafakkirlarining pedagogika nazariyasiga qo'shgan hissasi va jadidchilik harakati namoyondalarining pedagogik qarashlari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
  • 4-mavzu.Ta’lim (pedagogik) texnologiyalari va pedagogik mahorat asoslari.: Mavzuda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalarining o’rni, innovatsion texnologiyalar tushunchasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasi, pedagogik mahorat asoslari, hamkorlik pedagogikasi, ta'lim jarayonini loyihalash va boshqarish, uning asosiy qismlari va qonuniyatlari, ilg'or texnologiyalar va usullar kabi masalalar chuqur yoritilgan.
  • 5-mavzu: Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. Jamoa va gurux psixologiyasi: Mavzuda muloqot - pedagogik hamkorlik vositasi sifatida, muloqotning mohiyati va tuzilishi, pedagogik o’zaro munosabatlar mohiyati, pedagogik muloqot uslubi va uning tuzilishi, jamoa va guruh psixologiyasi kabi masalalar atroflicha yoritilgan.
  • 6-mavzu: O’quv tarbiya jarayonida shaxsning ijodiy faoliyatini tashkil qilish shakllari: Mavzuda ta'lim jarayoni yaxlitligi, mazmuni, tuzilishi, qismlari, pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari, pedagogik jarayon va uning qismlari hamda zamonaviy shakllari hamda tarbiya usullari haqida ma'lumot berilgan.
  • 7-mavzu:O’quv faoliyatini tashkil qilish shakllari: Mavzuda ta'lim turlari va shakllari, ularning didaktikada rivojlanishi, ta'lim jarayonini tashkil qilish shakllari hamda darsning o’ziga xos xususiyatlari va turlari haqida ma'lumot berilgan.
  • 8-mavzu:Ta’lim - tarbiya usullari to’g’risida umumiy tushuncha . Ta’lim usullari va vositalari: Mavzuda ta'lim usullari va vositalari, pedagogik jarayonning yagona pedagogik tizim sifatida, ta'lim tamoyillari, tarbiya metodlari va ularning turlari haqida ma'lumot berilgan.