ISO/TS 16949 Стандарти спецификация пунктларининг ўзаро боғлиқлиги

Ushbu kitob ISO/TS 16949 standartining spetsifikatsiya punktlari o'zaro bog'liqligiga bag'ishlangan. Unda standart talablariga mos sifat menejmenti tizimini yaratish jarayonida korxonalarga maslahatlar berishda e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan jihatlar ko'rsatilgan. Punktlarning o'zaro bog'liqligi, talablarni bosqichma-bosqich bajarish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular

  • Jarayonlar samaradorligi: Yuqori rahbariyat mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari va yordamchi jarayonlar sermahsulligi hamda samaradorligini baholashi kerak. Samaradorlikni baholash uchun sifatsiz mahsulotlar tufayli sarflangan xarajatlarni hisoblash lozim.
  • Kuzda tutilmagan holatlar uchun reja: Kuzda tutilmagan holatlar roy berganda, iste'molchilar talablarini bajarish buyicha harakatlar rejasi tuzilishi talab etiladi. Rejalar yo'qotishlar ehtimoli tahlili natijalariga asoslanishi kerak.
  • Mahsulotni tayyorlash va xizmat kursatish jarayonlari validatsiyasi: Ishlab chiqarish jarayonlarining validatsiyasi uchun jarayonlar sermahsulligi mezonlaridan qaysi birini kullash maqsadga muvofiqligini belgilab beradi.
  • Tayyorlash jarayonining auditi: Jarayonlarning sermahsulligiga ishonch hosil qilish talab etiladi. Shu bilan birga, mahsulot auditini o'tkazish tavsiya etiladi.
  • Nomuvofiq mahsulotni boshqarish: Shubhali maqomga ega mahsulot nomuvofiq mahsulot sifatida tasniflanishi (va mos ravishda boshqarilishi) kerak. Iste'molchilarni nomuvofiq mahsulot haqida xabardor qilish kerak.
  • Meyoriy talablarga muvofiqlik: Xarid qilinadigan materiallar va butlovchi qismlar qullanilaetgan meyoriy talablarga mos kelishi zarurligini belgilab beradi. Agar nomuvofiqliklar aniqlansa, iste'molchidan ruxsat olish kerak.
  • Boshqaruv rejasi: Boshqaruv rejasida vaziyatga kura ish tutish rejasining bulishi nazarda tutiladi. Barqaror bulmagan tavsifnomalar uchun vaziyatga kura ish tutish rejasi mahsulotni ajratib kuyish va yuz foizlik nazoratga utishini nazarda tutadi.