Жек Лондон ва Абдулла Қаҳҳор ижодида бадиий психологизм

Ushbu dissertatsiya mavzusi Jack London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm muammolarini qiyosiy-tipologik tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda har ikki yozuvchi ijodidagi badiiy psixologizmning o'ziga xos jihatlari, jahon adabiyoti va o'zbek adabiyoti namoyondalari ijodining qiyosiy-tipologik tadqiqotlari asosida muallif va qahramon psixologiyasi, ijtimoiy va milliy psixologiyaning badiiy talqini, ijodkorning ruhiy dunyosini ochib berishda psixologik usullarning qo'llanilishi tahlil qilingan. Zamonaviy adabiyotshunoslikdagi psixologizm muammolarini o'rganish va bu borada yangi nazariy-amaliy xulosalar ishlab chiqish, tadqiqotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tadqiqotda ikki buyuk adib ijodiga oid ilmiy-nazariy manbalar, monografiyalar, maqolalar, dissertatsiyalar atroflicha tahlil etilgan.

Asosiy mavzular

  • Badiiy psixologizm va ijod psixologiyasi: Mazkur bobda "badiiy psixologizm" tushunchasi, uning adabiy asarda tutgan o'rni, Jack London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizmdan foydalanish mahorati, ijodkor va ijod psixologiyasi tahlil qilingan.
  • Roman janrida badiiy psixologizm: Uchinchi bobda "Martinin Iden" va "Sarob" romanlaridagi badiiy psixologizm va uning janr xususiyatlari, ijtimoiy va milliy psixologiyaning badiiy talqini, muallif psixologiyasi, qahramon portreti, o'lim kategoriyasining ochilishi psixologik jihatdan yoritilgan.
  • Psixonalitik hodisalar va ularning adabiy asarlarda aks etishi: Bobda "Martin Iden" va "Sarob" romanlaridagi psixonalitik hodisalar, ularning muallif psixologiyasi, o'lim kategoriyasi va psixonalizmtadqiqotlari ko'rib chiqilgan. Jumladan, "o'ngdagi tush", "sublimatsiya" kabi hodisalar tahlil qilingan.