Nооrganik mоddalar fizik-kimyosi
Ushbu «Noorganik moddalar fizik kimyosi» fani bo'yicha ma'ruzalar to'plami qismlardan iborat bo'lib, dotsent Saparbaeva N.K. tomonidan tuzilgan. Ushbu ma'ruza matni O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Kimyoviy texnologiyalar» yo'nalishi bo'yicha o'quv rejasi asosida tayyorlanadi. Unda umumta'lim va umumkasbiy miqyosidagi ilmiy masalalar o'z ichiga olib, ularni o'rganishdan asosiy maqsad – bo'lajak mutaxassislarga keramika, o'tga chidamli materiallar, chinni-fayans, shisha va sitall texnologiyasi hamda boshqa masalalar haqida bayon etilgan. Silikatlar ishtirokidagi tizimlardagi fazalar muvozanati qonunlari, silikatlarning oddiy va yuqori temperatura sharoitidagi tuzilishi va xususiyatlari, kristall, shishasimon va suyuk xolati, silikatlarning termokimyosi va termodinamikasi, silikat suspenziyalarining struktura va mexanik xususiyatlari, silikatlar va oksidlarda qattiq xolat sharoitida boradigan reaksiyalar, silikatlarni pishish jarayoni va boshqa muhim jarayonlar hamda ular bilan birga kechadigan qonuniyatlar bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Noorganik moddalarning tarkibi va tuzilishi: Ushbu mavzuda noorganik moddalarning kimyosi, ularning olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, shu jumladan kremniy va uning birikmalari, silikatlar, silitsidlar, karbidlar, kremniy vodorodlar, kremniy galogenlar va kremniy organik birikmalar haqida ma'lumot berilgan.
- Moddalarning kristall holati: Kristall holat, elementar yacheyka va kristall panjara, ionli kristall panjaralarning tuzilishi, silikatlarning struktura turlari, kristall panjaraning nuqsonlari, nuqsonlarning hosil bo'lish sharoitlari va ularning kristall tizimi va xossalariga ta'siri, dislokatsiyalar haqida ma'lumot berilgan.
- Silikatlarning izomorf almashinishlar: Silikatlardagi izomorf almashinishlarning xossalari, tabiiy va texnikaviy silikatlar (plagioklazlar, melelitlar, piroksenlar va sh.k.), moddalarning suyuq holati, silikat shishalarining tuzilish xususiyatlari, shisha hosil qiluvchilar va modifikatorlar, zonalar nazariyasi va uning silikat va qiyin eriydigan nometall materiallarida qo'llanishi haqida ma'lumot berilgan.
- Noorganik moddalarning qattiq moddalarining issiqlik fizik va magnit xususiyatlari: Tartibli va tartibsiz strukturalarda atomlarning tebranishi, issiqlik sig'imining kvant nazariyasi, issiqlik o'tkazuvchanlik nazariyasi, elektron va panjaraviy issiqlik o'tkazuvchanlik, issiqlikdan kengayish koeffitsienti, shaffof silikat va keramik materiallar, shishasimon va kristallik silikatlarda rang berish markazlarining tabiati, to'la ichki nur qaytarilishi, fononlar, silikatlarning issiqlik sig'imi, issiqlik o'tkazuvchanlik, termik kengayish va silikat moddalarning magnit xossalari haqida ma'lumot berilgan.
- Noorganik moddalarning elektrofiizik xossalari: O'tkazgichlar, yarimo'tkazgichlar, dielektriklar, ularning zonalar nazariyasiga ko'ra guruxlanishi, qutblanish, dielektrik yo'qotishlar, P'ezo va signetoelektriklar, yuqori temperaturali o'ta o'tkazuvchanlik haqida ma'lumot berilgan.
- Noorganik moddalarning mexanik xususiyatlari: Nazariy mustaxkamlik, materiallarning real mustaxkamligi, qattiq moddalardagi kuchlanganlikni yig'uvchi kontsentratlar, qattiq moddalarni buzilish mexanizmi va uning bosqichlari, mikrokuchlanganliklarni va yoriqlarning xosil bo'lishi sabablari, materiallarni mustaxkamlashning asosiy printsiplari, deformatsiya turlari, mustaxkamlik va Griffits nazariyasi haqida ma'lumot berilgan.
- Fazalar muvozanati va silikat sistemalarining xolat diagrammalari: Fazalar muvozanati va silikat sistemalarining xolat diagrammalari, fazalar muvozanati va xolat diagrammalari haqida tushunchalar, holat diagrammalarini tuzish usullari, bir komponentli sistemalar va ularning holat diagrammalari, ikki va uch komponentli sistemalarning xolat diagrammalari haqida ma'lumot berilgan.
- Qattiq moddalardagi kimyoviy bog'lar: Qattiq moddalardagi kimyoviy bog'larning turi, bog'lanishlarning gibridlanishi, bog'larning turi, xarakteri va geometriyasi, silikat va qiyin eriydigan nometal materiallarning yuqori disperslik holatdagi tuzilishi, kolloid xoldagi kremnezem va kremniy kislotasi gellarining tuzilishi haqida ma'lumot berilgan.