Paxta xom ashyosini tayyorlash saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi

Ushbu uslubiy qo'llanma UrGANch Davlat Universiteti «Kimyoviy Texnologiyalar» fakulteti talabalari uchun "Paxta xom ashyosini tayyorlash saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi" fanidan kurs ishini bajarishda yordam beradi. Qo'llanma paxta va boshqa tolali mahsulotlarni dastlabki qayta ishlashga oid texnologik hisoblashlarni, jumladan material balanslar xisobi, asosiy texnologik qurilmalar xisobi, yordamchi uskunalarni xisoblash uslublarini hamda mahsulot saqlash omborlarining xisoblash uslublarini o'z ichiga oladi. Qo'llanma paxta tozalash korxonalarida ishlatiladigan texnologik uskunalardan foydalanishda tajribasi borligini, umumiy nazariy va muxandislik savollariga javob berishda katta yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 12 sentyabr kuni 9 oy va yil yakuni boʻyicha belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish, paxta-toʻqimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Joriy yilda 20 ta tumanda 164 ming gektar maydonda klaster usulida paxta yetishtirish yoʻlga qoʻyilib, bu tajriba dastlabki natijalarini bera boshlaganini taʼkidlab oʻtdi. Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish natijasida, 2019 yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi Oʻzbekistonda qayta ishlanadi. Bu koʻrsatkichni 2020 yilga borib, paxta tolasini toʻliq qayta ishlashga oʻtiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkazilishi takidlab oʻtildi. Ushbu fikirlardan kelib chiqqan xolda "Paxta xom ashyosini tayyorlash saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi" fanidan nazariy va amaliy bilimlarni kuchaytirish, ushbu fandan kurs ishini bajarish davrida talaba oʻzining shu fan boʻyicha olgan bilimi asosida, paxta tozalash korxonasi ishlab chiqarish boʻlimlarining texnologik jarayonini tashkil qilishni, rejalashtirishni va paxta tozalash sanoati korxonalarining texnologik jarayonlarini loyixalash qonun-qoidalarini mukammal oʻzlashtirishi.
  • Kurs ishini bajarishdan maqsad va vazifalar: Kurs ishini bajarishdan asosiy maqsad, talabalar sanoat korxonalari bo'limlari texnologik jarayonini loyixalashda yoki qayta tiklashda o'zlarining mutaxassisligi bo'yicha o'rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda to'g'ri foydalanishga va ishlab chiqarishda uchraydigan masalalarni mustaqil yechishga o'rgatish va amaliy ko'nikmalar xosil qilishdan iborat. Kurs ishini bajarishdan asosiy vazifa: - ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyoning xajmi va sifatini xisobga olgan xolda kerakli texnologik jarayon va uskunalar tanlash. Texnologik jarayon asasida uskunalarning turlarini, ish unumdorligini, sonini, belgilarini aniqlash; - tanlangan texnologik jarayon asosida, paxta tozalash korxonalari chiqargan tayyor maxsulotlarning sifatini, xajmini aniqlash bo'yicha xisob yozuv ishlarini, ishlab chiqarish bo'limlarida o'rnatiladigan texnologik uskunalarning texnologik jarayon tizimi variantlarini mustaqil tanlay oladigan bo'lish kerak.
  • Kurs ishining xajmi va tarkibi: "Paxta va konop ekinlari maxsulotlarini tayyorlash va saqlash texnologiyasi" fanining o'qish davomida "Kimyoviy texnologiyalar" kafedrasining professor o'qituvchilari, talabalarga kurs loyixasini bajarish uchun variant bo'yicha «Vazifa» va «Topshiri?>> berishadi. Arrali yoki valikli jinlar o'rnatilgan paxta tozalash korxonalari tola ajiratish bo'limlarida (jinlash bo'limlarida) xar bir qatorda 2-4 donagacha, valikli jinli zavodlarda bo'lsa 10-12 donagacha valikli jin mashinalari o'rnatiladi. Paxta tozalash korxonalari, ularning paxtani ishlab chiqarish quvvatiga qarab, texnologik jarayon bo'yicha kerakli quritish-tozolash va tozalash bo'limlari xam xar xil, ularning ichida o'rnatiladigan texnologik uskunalar majmuasidagi mashinalar soni, turi, belgilari xam xar xil bo'ladi. Shuning uchun, xar bir talaba o'zlariga berilgan kurs loyixasi variantlari bo'yicha bajariladigan xisob-yozuv va chizma ishlarining xajmini to'liq ma'nosiga tushungan xolda bajarishlari kerak.
  • Kurs ishi uchun topshiriq: Paxta sanoati korxonalari texnologik jarayonini loyihalash uchun asosiy xujjat loyihalash boʻyicha beriladigan topshiriq boʻlib hisoblanadi. Loyiha topshirig'iga kiradiganlar: Korxonaning (zavodning) quriladigan regioni va joyi; Ishlab chiqarish quvvati va korxonaning ixtisosligi boʻyicha yo'nalishi; Xom ashyo va ishlab chiqariladigan mahsulotlarning assortimenti (turlari); Ishlash rejimi; Xom ayosh miqdori; Sarflanadigan elektroenergiya; Suv, Yoqilg'i va ishchi kuchi bilan ta'minlash mumkinliklari; Tayyor mahsulotlarni saqlash joylari va hakazo. Talabalar kurs ishini bajarish uchun kafedra tomonidan kurs ishi uchun ko'p variantli "Vazifa" va asosiy kerakli ma'lumotlar ko'rsatilgan "Topshiriqlar" tayorlangan.
  • Texnologik jarayon boʻyicha hisob ishlari: Paxta tozalash korxonasining ishlab chiqarish dasturini hisoblash Hom ashyo bazasining holati va ishlab chiqarishdan ratsional foydalanish chiqariladigan mahsulot hajmiga, sifatiga va barcha texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarga katta ta'siri ko'rsatadi. Shu sababli paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish dasturini hisoblashda uning iqtisodiy tomonidan foydaliligini aniqlash, ya'niy texnologik uskunalarining, ishlab chiqarish bo'limlarining ishlash rejasini tuzish eng asosiy vazifalardan biri boʻlib xisoblanadi. Paxta tozalash korxonasining ishlab chiqarish dasturini hisoblash uchun quyidagi dastlabki ma'lumotlar oldindan ma'lum bo'lishi zarur: ■ Hom ashyo bazasining hajmi (Qp); Asosiy mahsulot chiqaradigan uskunalar soni (Km) markasi yoki o'rtacha ish unumdorligi (Pr); ■ Hom ashyodan olinadigan asosiy va qo'shimcha mahsulotlarning reja lashtirilgan o'rtacha chiqishi (Vt. St, Vul, Vt.ch, Vif); ■ Korxonaning ishlash tartibi (nc) va ishlash vaqti (tc); Ishlatiladigan uskunalarning umumiy foydali ish vaqti koeffissenti (η) va hokazo. Kurs ishining hisoblash tartibi: 1. Paxta tozalash korxonasining yil davomida ishlash vaqti fondi aniqlanadi: T = [N - (Na + Nb + Nk.t.)]ts. Ns. η, soat Bu erda: N - Bir yildagi kunlar soni, kun Na - Yil davomidagi dam olish kunlar soni, kun Nb - Yil davomidagi bayram kunlar soni, kun k.t.-Paxta tozalash zavodidagi uskunalarni kapital ta'mirlash uchun ajratilgan kunlar soni, kun ts - Smenadagi ish vaqti, soat Ns - Korxonaning ishlash tartibi, smena η - uskunalarning foydali ishlash vaqt koeffitsenti
  • Paxta tozalash korxonasi uskunalarining umumiy tozalash samaradorligini hisoblash: Paxta tozalash korxonalarida bajariladigan hamma texnologik jarayonlar sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va paxta tolasi, lint hamda chigitining tabiiy hususiyatlarini saqlab qolishiga qaratgan xolda amalga oshiriladi. Paxta tozalash korxonasining umumiy tozalash samaradorligini hisoblash usuli quyidagi tenglama asosida olib boriladi: K = [1-(1-K1) (1-K2) (1-K3)] ... (1-Kn)] * 100% Bu yerda: K - Umumiy tozalash samaradorligi K1, K2, ... Kn - texnologik jarayon bo'yicha tozalash jarayonida ishtirok etuvchi mashinalarning tozalash samaradorligi, % Bitta texnologik mashinalarning tozalash samaradorligi quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi: K = C₂/C₁ * 100% Bu yerda: C1, C2 - hom ashyoning (paxtaning) dastlabki va keyingi ifloslik darajasi, % Cn - hom ashyoni (paxtani) tozalashda ajratilgan ifloslik miqdori,%
  • Paxta tozalash korxonasi ishlab chiqarish bo'limlarining muvofiqlashtirilgan texnologik jarayon sxemalari: Paxta tozalash korxonasining umumiy texnologik jarayoni quyidagi ishlab chiqarish boʻlimlarini oʻz ichiga oladi: quritish tozalash bolimi (QTS); tozalash bolimi (TS); jinlash va tola tozalash bo'limi (JTTS); linterlash bo'limi (LS); presslash bo'limi (PS); tola chiqindilarini qayta ishlash bo'limi (TCHQIB). Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati avvalo xom ashyo asortimenti, sifatiga bog'liq boʻlsa va shuning bilan bir qatorda hom ashyoni qanday texnologik jarayon asosida qayta ishlashning ta'siri ham katta. Shu sababli paxta tozalash korxonasi umumiy tozalash samaradorligini oldindan hisoblash uchun, ishlab chiqarishda, paxta tolasining tabiiy hususiyatini maksimal saqlangan holda, sifatli mahsulotlar olishimizni ta'minlovchi eng qulay texnologik jarayonni tanlashimizda imkoniyatlar yaratadi. Hisoblash usuli quyidagi tenglama asosida olib boriladi: K = [1-(1-K1) (1-K2) (1-K3)] ... (1-Kn)] * 100% Bu yerda: K - Umumiy tozalash samaradorligi K1, K2, ... Kn - texnologik jarayon bo'yicha tozalash jarayonida ishtirok etuvchi mashinalarning tozalash samaradorligi, % Bitta texnologik mashinalarning tozalash samaradorligi quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi: K = C₂/C₁ * 100% Bu yerda: C1, C2 - hom ashyoning (paxtaning) dastlabki va keyingi ifloslik darajasi, % Cn - hom ashyoni (paxtani) tozalashda ajratilgan ifloslik miqdori,%