Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimlari
Ushbu oʻquv qoʻllanmada soliq tizimini oʻrganish uchun asosiy tamoyillar, soliq siyosati, soliq tizimining asosiy tamoyillari, soliq munosabatlari, davlat va mahalliy soliqlar, yigʻimlar, davlat bojlari, bojxona bojlarini hisoblash va toʻlash tartiblari oʻrganiladi. Qoʻllanmada xorijiy mamlakatlarning soliq tizimlari va ulardan foydalanish usullari, taʼlim texnologiyalari asosida oʻqitish usulini ishlab chiqish mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi mavjud boʻlib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublardan foydalanishga oid tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Soliq nazariyasi: Soliq nazariyasi, uning mohiyati va ahamiyati, soliq siyosati, strategiyasi va taktikasi, soliq tizimi tuzilishi, tarkibi, soliqlarning tasnifi, soliq funksiyalari, soliq mexanizmi tushunchasi, xorijiy mamlakatlarning soliq tizimlari, ularning umumiy tomonlari va xususiyatlari, foydaga solinadigan soliq, daromad solig'i va uning hisoblash tartiblari yoritilgan.
- Soliqqa tortish: Yuridik shaxslarni soliqqa tortish, ularning turlari, foydaga solinadigan soliq, daromadga solinadigan soliq, mol-mulkka solinadigan soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq, er qa'ridan foydalanganlik uchun soliq, erga solinadigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, davlat boji, bojxona boji, qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i va mahalliy soliqlar va yig'imlar haqida ma'lumot beradi.
- Ta'lim texnologiyalari asosida o'qitish usullari: O'quv jarayonini tashkil etishda ma'lumotlarni koʻrgazmali taqdim etish usullari va vositalaridan foydalanish, "T-jadval", "Venn diagrammasi", "SWOT-tahlil jadvali", "Nima uchun?" sxemasi, "Baliq skeleti" sxemasi, "Qanday?" ierarxik diagrammasi, "Kaskad" tarkibiy-mantiqiy sxema, "ARRA” OʻZARO OʻQISH TEXNIKASI kabi usullardan foydalanish va ularning tavsiyalari keltirilgan.