Металл буюмлар сиртини хром билан қоплашдаги асосий нуқсонларини бартараф этиш усулларини яратиш
Ushbu bitiruv malakaviy ishining tushuntirish xati qismida metall buyumlar sirtini xromlash jarayonida ishlatiladigan elektrolitlar, sirt aktiv moddalar va turli xil qo'shimchalar; xromli qoplamalarning turlari, turli xil xromlash jarayonlarining turlari, xromlash jarayonlarining ish rejimları, xromlashda hosil bo'lgan nuqsonlarni aniqlash, ularni bartaraf etish, qoplamalarni ajratish usullari, turli xil elektrolitlarning qoplama sifatiga ta'siridan kelib chiqadigan nuqsonlarni aniqlashning laboratoriya usullari keltirilgan. Qoplash jarayoniga bog'liq bo'lgan, ya'ni hozirgi kunda qoplashda ishlatiladigan reaktiv, reagentlar, ulardan foydalanish uchun GOST va TUlar keltirilgan, ushbu ma'lumotlar keyingi yillarda nashr etilgan manbalar va internet materiallari asosida to'plangan bo'lib, metall buyumlar sirtida xromli qoplamalar hosil qilish bilan bog'liq bo'lgan texnologik jarayonlar mexanizmini va mehnatni muhofaza qilish tizimi belgilangan qonunlar bilan batafsil bayon etgan. Texnologik qismda esa hosil qilingan xromli qoplamalarning qalinligi, g'ovakligi, korroziyabardoshligi, emirilishga, issiqqa chidamliligi, elektr o'tkazuvchanlik, mustahkamlik, abrazivlik xususiyatlari o'rganilgan va laboratoriya sharoitida sinovdan o'tkazilgan hamda ayrim nuqsonlarni bartaraf etish usullari bayon qilingan. Metall buyumlar sirtidagi xromli qoplamalarning fizik kimyoviy va mexanik xususiyatlarini turli xil jadvallar, grafiglar asosida keltirib o'tilgan. Bunday sinashlar elektrokimyoviy qoplamalardan tayyorlangan qoplamalar buyumlarga nafaqat mexanik mustahkamligini, dekorativ ko'rinishi, issiqqa bardoshliligi va xaridorgirligini oshirishga mahsulot sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa bozor iqtisodiyoti davrida undan tayyorlangan buyumlarga bo'lgan talab va ehtiyojni yanada ortishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari xromli qoplamalar hosil qilishdagi elektrolit va suspenziyalar tayyorlash vannalarining sxemalari, texnologik tizimlari va nuqsonlarni laboratoriya sharoitida aniqlashning sxematik ko'rinishlari hamda mehnat muhofazasi choralari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Xromlash jarayonlari va elektrolitlar: Ushbu mavzu xromlash jarayonining turli usullarini, ularda ishlatiladigan elektrolitlarning tarkibi va ish rejimlarini, elektrolitlarning xususiyatlarini batafsil yoritib beradi. Turli xil xromlash usullari, masalan, sulfatli xromlash, tetraxromatli xromlash, qora xromlash kabi usullar, ularning afzalliklari va kamchiliklari, qo'llaniladigan qo'shimchalar va ularning ta'siri haqida ma'lumot beriladi.
- Qoplama sifatini aniqlash va nazorat qilish: Bu mavzu xromli qoplamalarning turli xil sifat ko'rsatkichlarini aniqlash usullariga bag'ishlangan. Qoplama yaltiroqligini o'lchash, qalinligini aniqlash, g'ovakligini aniqlash, kimyoviy analiz usullari, mikrosxemalar yordamida sifatni baholash kabi usullar tushuntiriladi.
- Nuqsonlarni bartaraf etish va xromlash jarayonida yuzaga keladigan muammolar: Ushbu mavzu xromlash jarayonida yuzaga keladigan nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullarini o'z ichiga oladi. Nuqsonlarning sabablari va ularni tuzatish bo'yicha tavsiyalar beriladi. Bunday nuqsonlarga qoplama bir me'yorda bo'lmasligi, yaltiroqlikning pastligi, qalinlikning notekisligi va boshqalar kiradi.
- Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik choralari: Xromlash jarayonida ishlatiladigan kimyoviy moddalar va elektrolitlarning inson salomatligiga va atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish bo'yicha xavfsizlik choralari, shaxsiy himoya vositalari va ish joyini to'g'ri tashkil etish bo'yicha tavsiyalar beriladi.