Aziziddin nasafiyning komil inson haqidagi ta’limoti va uning ilmiy amaliy ahamiyati
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qarshi davlat universiteti, Magistratura boʻlimi, Pedagogika kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, unda Qilicheva Nuriya Nishon qizi
Asosiy mavzular
- Kirish: Mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari
- I BOB. Qadimgi Nasafda madaniyatning rivojlanishi. Nasafiylarning ma‟rifatparvarlik qarashlari: 1.1 XII-XIV asrlarda Nasafda madaniyatning rivojlanishi. 1.2 Nasafiylar merosining o‘rganilishi.
- II BOB. Aziziddin Nasafiyning ta‟lim-tarbiya haqidagi qarashlari.: 2.1 Aziziddin Nasafiy shaxs shakllanishida irsiyatning o‘rni haqida. 2.2 Aziziddin Nasafiy shaxs shakllanishida mikromuhitning(olami sug‘ro) tutgan o‘rni haqida. 2.3 Aziziddin Nasafiy makromuhitning(olami kubro) tutgan o‘rni haqida.
- III BOB. Aziziddin Nasafiyning komil inson haqidagi ta‟limotining ilmiy-amaliy ahamiyati.: 3.1 Aziziddin Nasafiy komil inson ta‘limotining tasavvufda tutgan o‘rni. 3.2 Aziziddin Nasafiyning komil inson ta‘limotining ta‘lim-tarbiya nazariyasida tutgan o‘rni. 3.3 Aziziddin Nasafiy komil inson ta‘limotining pedagogik ta‘limda qo‘llanilishi.
- Xulosa: Qashqadaryo vohasi qadimdan iste‘dodlarga boy. Ming yillar davomida shakllangan og‗zaki va yozma adabiyot an‘analari hamon barhayot. Zero, Najmiddin Nasafiyning birgina "Samarqandiya" asarida 60 dan ziyod Nasafiy, Kosoniy, Kasbaviy va Bazdaviylarning, 10 ga yaqin Keshiylarning faoliyatiga oid ma‘lumotlar bor. Hali tarixning chang bosgan qatlamlarida o‘nlab allomalar merosi o‘z tadqiqotchilarini kutib turibdi. Ularni sinchkovlik bilan o‘rganish mamlakatimiz tarixi va madaniyatining yangi sahifalarini kashf etish imkonini beradi. Mana shunday ishlarni davom etirib biz ham bir qancha izlanishlar olib bordik va quydagi xulosalarga keldik: 1. Qadimgi Nasafda ilm-fan, madaniyat rivojlangan, Qashqadaryo vohasida hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik taraqqiy qilgan. Qadimgi Nasafda madrasalar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ta‘lim-tarbiya ilmiga didaktik qoidalar asosida ta‘lim va tahsil tashkil etilgan. Qadimgi Nasafiylar bir-biriga bog‘liq ta‘lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti, qonuniyatlari borasida ijod qilganlar. Madrasalarda mudarrislar faoliyati yuksak baholangan va ular bilimiga qo‘yilgan talablar ham yuqori bo‘lgan. Ta‘lim-tarbiya jarayoni asosan nimani, kimga, qanday o‘qitish kerak? tamoyili asosida tashkil etilgan. 2. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng qadimgi Nasafiy allomalar merosini o‘rganish uchun yo‘l ochildi. O‘sha davrda asosiy masala Nasafiylar haqida yoritilgan manbalarni izlab topish, asarlari haqida ma‘lumot yig‘ishdan iborat edi, chunki Nasafiy allomalar o‘z asarlarida, hayot yo‘li davomida ta‘lim-tarbiya jarayoniga oid ko‘plab ma‘lumotlar qoldirgan bo‘lib, ularning pedagogik qarashlarini yig‘ib, bugungi kun pedagogik jarayoniga samarali usullarini olib kirishdan iborat. Nasafiylarning pedagogik qarashlarini o‘rganish va uni bugungi kun ta‘lim jaroyoniga moslashtirish ta‘lim jarayoni samaradoriligi oshishiga xizmat qiladi. 3. Tasavvuf ilmida o‘z ijodi va faoliyati bilan yuksak nom qoldirgan buyuk mutafakkir Aziziddin Nasafiy o‘z asarlarida komil insonni tarbiyalash, uning kamol topish bosqichlarini yetarlicha asoslab bergan. Alloma insonni bir tomonlama emas, balki kompleks yondashuv asosida o‘rgangan. Alloma o‘zining ―Zubdat-ul haqoyiq ‖ asarida katta olam va uning kichiraytirilgan nusxasi kichik olam haqida ma‘lumotlar bergan bo‘lib, asarda asosan insonning kamolotga erishish uchun qilishi lozim bo‘lgan ishlar bayon etilgan. Inson kamoloti uchun faqatgina diniy bilimlar va ibodat emas, balki dunyoviy bilimlar, borliqni anglash lozimligi yoritilgan. Nasafiy asarlarining bosh mavzusi ―o‘zlikni anglash‖ masalasi hisoblanadi. Inson qachonki, o‘zini tanisa, o‘zligini anglasa, u dunyoni taniydi, borliqni anglaydi. 4. Aziziddin Nasafiyning komil inson ta‘limotining ta‘lim-tarbiya jaroyinida qo‘llanilishidan asosiy maqsad, bugungi kun globallashuv sharoitida yoshlarimizni ―tarix bilan tarbiyalash‖dir. Nasafiy asarlarining bosh mavzusi komil inson va uning komillikka erishish bosqichlari hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash dasturining bosh maqsadi ham komil insonni tarbiyalash hisoblanadi. Alloma shaxs kamolotida faoliyatning o‘rnini beqiyos sanab, insonning hayvondan farqli jihatilaridan biri faoliyat ekanligini asoslab beradi. Nasafiy komil insonda ―yaxshi so‘z, yaxshi fe‘l, yaxshi axloq va maorif‖ kamolotga yetishi lozimligini aytadi. Boshqa tasavvuf allomalaridan farqli ravishta alloma insonni real shaxs sifatida tariflaydi, qachonki u yuqoridagi to‘rt sifatga ega bo‘lar ekan u komildir. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, biz yosh avlodni tarbiyalashda bugungi axborot texnalogiyalari zamonida yoshlarimizni yaxshi xulqli ma‘naviyatli qilib tarbiyalash Aziziddin Nasafiy kabi allomalarimiz merosini o‘rganib bugungi ta‘lim-tarbiya jarayoniga mos tomonlarini pedagogik jarayonga qo‘llashdan iboratdir. 5. Aziziddin Nasafiyning komil inson ta‘limotining pedagogik ta‘limda qo‘llanilishidan asosiy maqsad yoshlarga ta‘lim-tarbiya jaroyining tarixiy ildizlarini ko‘rsatib berish, komil insonning bugungi kundagi ahamiyatini yoshlarga o‘rgatish, inson shaxs sifatida shakllanishida irsiyatning o‘rnini yosh avlodga yetkazishdan iboratdir. Alloma ta‘lim-tarbiya jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘rni o‘sha vaqtdayoq atroflicha bayon qilgan. Bu esa bugungi kun ta‘lim-tarbiya jarayonida bosh masala sifatida qolib kelmoqda.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 24-maydagi ,,Qadimgi yozma manbalarni saqlash tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‘‘gi qarori. 2. Sh.Mirziyoyev. ―Tanqidiy tahlil qatiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak‖ – T – ―Ozbekiston‖ – 2017-yil. 23-bet 3. Sh.Mirziyoyev. ―Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ‖ – T – ―O‘zbekiston‖ – 2017 – yil 6-bet 4. Sh.Mirziyoyev. ―Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz‖ – T- ―O‘zbekisron‖ – 2017-yil. 17-19-betlar 5. I.A.Karimov. ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ –T – ―Ma‘naviyat‖ – 2008-yil. 12-bet 6. I.A.Karimov. ―Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti‖ –T –– 2012-yil. 8-bet 7. Aziziddin Nasafiy ―Zubdat ul-haqoyiq‖ N. Komilov tarjimasi. – Toshkent –―Kamalak‖. 1995-yil 3-28 betlar 8. Nosir Muhammad ―Nasaf va Kesh allomalari‖ – T – ―G‘.G‘ulom Nashriyoti‖ – 2001. 5-18 betlar. 9. ―O‘rta Osiyo olimlari qomusi ‖ – mualliflar jamoasi- 1995-yil. 50-53 betlar 10. N. Komilov ―Tafakkur karvonlari‖ – T – ―Ma‘naviyat‖ – 1999-yil. 28-33 betlar. 11. N.Komilov ―Tasavvuf‖ – T – ―Yozuvchi‖ – 1996-yil. 78-85-betlar 12. U.Uvatov va b. ―O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti‖ - T ―Ma‘naviyat‖, ―Movaraunnahr‖ – 2010. 23-45-betlar 13. U.Uvatov ―Buyuk yurt allomalari‖ – T – ―Ma‘naviyat‖ – 2016-yil. 34-67-betlar. 14. P.Ravshanov. ―Qarshi tarixi‖ - T – ―Yangi asr avlodi‖ – 2006-yil. 12-87-betlar. 15. P.Ravshanov. ―Adabiy sahifalar‖ – T – 1985-yil. 19-bet 16. Sh. Kamaliddinov. ―Kitab al-ansab‖ - T- 1997-yil. 22-bet 17. M. Tursunova. ―Madrasalarda ta‘lim tizimi‖ – T – ―Movaraunnahr‖ 2016-yil. 35-57 betlar 18. A.Choriyev, I.Choriyev. ―Pedagogikaning metadologik asosi va ilmiy tadqiqot metodlari‖ – T- ―Nishon noshir‖ – 2016-yil. 67-69-betlar 19. A.Choriyev, I.Choriyev. ―Pedagogika tarixi metadologiyasi‖ – T- ―Fan‖ – 2010-yil. 43-56 betlar. 20. B. Axmedov. ―O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari‖- T -1995-yil. 41-42-betlar. 21. B. Valixo‘jayev. ―Samarqandda oliy ta‘lim – madrasai oliya – unversitet tarixidan lavhalar‖ – Samarqand- Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001-yil. 22. M . Quronov. ―Milliy tarbiya‖ –T.:Ma‘naviyat, 2007-yil 9-bet. 23. X. Hamidiy. ―Ko‘hna sharq darg‘alari‖ –T.: Sharq. 1999-yil. 51-bet.