Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari
Ushbu tadqiqot ishi Oʻzbekistonda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining shaxs, individual-psixologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlari va ularning shaxslararo munosabatlardagi oʻrni, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarning psixologik jihatdan oʻrganishning ilmiy-nazariy asoslari, hamda shaxslararo munosabatlarni oʻrganishning empirik natijalari, jumladan, shaxslararo munosabatlarning muvaffaqiyatiga ta'sir etuvchi omillar (tashvish va nevrotiklik holati) hamda muloqotga kirishimlilik darajasi kabi masalalar atroflicha oʻrganilgan.
Asosiy mavzular
- I.BOB. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatlarning psixologik jihatlarini oʻrganishning ilmiy - nazariy asoslari.: Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatlarni o'rganish pedagogik-psixologik muammo sifatida koʻrib chiqilib, uning ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Mavzu boʻyicha tadqiqotlar va ilmiy manbalar tahlil qilingan. Shuningdek, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining umumiy xususiyatlari va ularning shaxslararo munosabatlarga ta'siri tahlil qilingan.
- II. BOB. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlarini empirik oʻrganish natijalari: Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining individual-psixologik xususiyatlarining shaxslararo munosabatlardagi oʻrni, ularning shaxsiy xususiyatlarining shaxslararo munosabatlardagi ta'siri, shaxslararo munosabatlardagi tashvish va nevrotiklik holatining shaxslararo munosabatlarga ta'siri hamda muloqotga kirishimlilik darajasining ifodalanishi oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari statistik tahlil qilingan.
- III.BOB. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining xulq-atvor va axloqiy xususiyatlarining shaxslararo munosabatlarga ta'sirining ijtimoiy-psixologik xususitlari: Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yosh va xulq-atvor xususiyatlarining shaxslararo munosabatlar muvaffaqiyatiga ta'siri, hamda ularning muloqatchanlik xususiyatlarining shakllanganligi oʻrganilgan. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib xulosalar chiqarilgan.