Web-sahifalar yaratishda Joomla

Ushbu kitob veb-sayt yaratishda Joomla! CMSdan foydalanish, uning afzalliklari, xavfsizlik vositalarini nazorat qilish, veb-sayt, veb-sahifa, xosting va domen bilan bog'liq tushunchalar, veb-sahifalarda ranglar mutanosibligini ta'minlash, veb-serverni tashkil etish, ommaviy veb-serverlarni o'rnatish va foydalanish usullari, ma'lumotlarni boshqarish tizimlari yordamida interfaol veb-saytlar qurishni avtomatlashtirish, Joomla MBT dan foydalanish, skript tillari, PHP va MySQL yordamida veb-sayt qurish hamda Internetda uchraydigan qiziqarli ma'lumotlar bayon etilgan. Kitob veb-sayt yaratishga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Internet haqida boshlang'ich ma'lumotlar, PHP, MySQL MBBT, Mazmunni boshqarish tizimlari (MBT) tushunchalari.
  • Interfaol web-sahifalarni yaratish texnologiyalari: Veb-serverlar va mijoz/server tizimlarini qurish prinsiplari.
  • Mazmunni boshqarish tizimlari yordamida web-sahifalar yaratish: Joomla! MBT ni o'rnatish, sozlash, Qarshi DU rasmiy veb-sayti misolida axborot strukturasini yaratish, xizmat ko'rsatish, himoyalash metodlari va qiyosiy tahlili.