Falsafa
Ushbu kitob falsafa fanining predmeti, asosiy qonunlari, tushuncha tafakkur shakli sifatida, mulohaza, xulosa chiqarish, argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari hamda etika, estetika, axloq, tabiat, jamiyat falsafasi, globallashuv va global muammolar kabi falsafaning keng qamrovli masalalarini o‗z ichiga olgan holda, zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalanib, talabalarda dunyoqarashni shakllantirish va ularning dunyo haqidagi tasavvurlarini boyitishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: SHarq va G„arb falsafasi: Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. Mifologik va diniy dunyoqarashning o‗zaro aloqasi va farqi. Diniy dunyoqarashning shakllanishi va mohiyati. Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o‗ziga xos roli. Fan ilmiy dunyoqarash shakli. Fanning funksiyalari va taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa va fanning o‗zaro mutanosibligi va farqi. Falsafa fanining predmeti, funksiyalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati. Qadimgi SHarqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‗lishi. Misr va Bobil falsafiy maktablari. Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar. Markaziy Osiyoda „Avesto‖ ta‘limotidagi falsafiy fikrlar. Konfutsiy va Lao Szi ta‘limoti. Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta‘limoti. Ilk o‗rta asr SHarq falsafasi va uyg‗onish davri. SHarq panteizmi va peripatetizmi SHarq mutafakkirlari (Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)ning ijtimoiy-siѐsiy, ma‘naviy-ahloqiy ta‘limotlari. Ilk o‗rta asrda tasavvuf va islom ilohiyotshunoslik ta‘limotlari. Ularning dunyoqarash mazmuni. Temuriylar sulolasi davri. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm g‗oyalari. XIXasr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‗or falsafiy, ijtimoiy–siyosiy fikrlar. SHarq istilosi bilan bog‗liq uyg‗onish harakatlari: osiyosentrizm, panturkizm, panislomizm, ma‘rifatparvarlik va jadidchilik ta‘limotlari. XX-XXI asr o‗zbek falsafasi.
- Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi: Borliq tushunchasining tahlili. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq va yo‗qlik dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‗i va ma‘naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‗i. Olamning paydo bo‗lishi va evolyusiyasi. Harakat - materiyaning yashash sharti.
- Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari: Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Rivojlanish konsepsiyalari. SHakllanish, o zgarish va rivojlanish tushunchalari. Barqarorlikning o zgaruvchanligi. Barqarorlik va beqarorlik nisbati. Rivojlanishning tiplari. Ochiq tizimlarning evolyusiyasi. Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari. Bazis va lokal qonunlar. Falsafaning asosiy qonunlari. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni. Miqdor va sifat o zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalar.
- Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‗nalishlari: Bilish nazariyasining predmeti va o‗ziga xos xususiyatlari. Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati. Bilishning asosiy turlari va shakllari. Noilmiy bilish shakllari. Bilishda sub‘ekt va ob‘ektning o‗zaro aloqasi. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o‗ziga xosligi va aloqadorligi. Ong-tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur uslubining asosiy jihatlari. Tafakkur uslubi inersiyasi tafakkurning xossasi sifatida. Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‗unligi. Haqiqatning asosiy shakllari va konsepsiyalari. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Metodlarning tasnifi. Falsafa metodlari. Fan metodlari: umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo tadqiqot metodlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlarining o‗ziga xos xususiyati. Hozirgi zamon metodologiyasi.
- Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma„naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi: Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida. Jamiyat va tarixning o‗zgaruvchanligining falsafiy jihatlari. Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari. Tarixga formatsion va sivilizatsion yondashuvlar. Tarixda shaxsning roli. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida. Ijtimoiy hayot sferalari. Jamiyatning siyosiy hayotida davlatning o‗rni va roli. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarining tutgan o‗rni. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi. Sivilizatsiya rivojining asosiy bosqichlari. ―Madaniyat‖ tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari SHarq va G‗arb madaniyatlarining o‗zaro bir-biriga ta‘siri. Jahon sivilizatsiyasi tarixida SHarq madaniyatining o‗rni va uni o‗rganishning ahamiyati. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati. Moddiy va ma‘naviy qadriyatlarning o‗zaro aloqador. Ehtiyojlar va qadriyatlar mutanosibligi. Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri.
- Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi). Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari: Inson borlig‗ining o‗ziga xos xususiyatlari. Ongning tabiati, strukturasi va funksiyalari. Falsafiy antropologiyaning paydo bo‗lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. 10-Mavzu: Globallashuvning falsafiy muammolari. Global jarayonlarning shakllanish tarixi. 2017-2021 yillardagi O‗zbekistonni yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi. Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqotning ijobiy va salbiy jihatlari.
- Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar: Mantiq ilmining asosiy masalalari va ularni tadqiq etish yo‗nalishlari. Tushunchalarning shakllanishi va qo‗llanishi. Tushunchalar o‗rtasidagi munosabatlar. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar: tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish; tushunchani ta‘riflash (definitsiya); tushunchalarni bo‗lish va tasniflash.
- Mulohaza va xulosa chiqarish: Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari. Fikrning xarakat yo‗nalishiga ko‗ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya va analogiya; ularning o‗zaro aloqadorligi.
- Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi, rad etishning turlari. Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar. Paralogizm. Sofizm. Paradoks. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya. Mantiq ilmining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Estetik tarbiyaning turlari va yo‗nalishlari: SHaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta‘lim va madaniyatning o‗zaro bog‗liqligi. Insonning tabiiy, ahoqiy va estetik didining mutanosibligi. ―Ommaviy madaniyat‖ning yoshlar estetik didiga ta‘siri. Voqe‘likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati.
- Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi: Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. Tabiatning estetik jihatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. Tabiatni estetik idrok etishning an‘anaviy va noan‘anaviy usuli. Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta‘siri. Maishiy turmush estetikasi.
- ―Etika‖ fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati: ―Etika‖ fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm ta‘limotining axloqiy ahamiyati. Axloqning paydo bo‗lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me‘yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‗lishi. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.
- Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o„rni: Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma‘naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta‘siri. Oila nomusi va sha‘nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas‘uliyati. Milliy ma‘naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar.
- Axloqiy tarbiya va madaniyat uyg„unligi: Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‗unligi. Sog‗lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati. Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari.