Madaniyatshunoslik

MADANIYATSHUNOSLIK FANIDAN O'QUV - USLUBIY MAJMUA

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu: “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti va vazifalari: Madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari. Madaniyatshunoslikning asosiy qonuniyatlari. Madaniyatning turlari-moddiy va ma'naviy madaniyat, ularning o'zaro bog'liqligi. Insoniyat taraqqiyotida moddiy hayot bilan ma'naviy hayot uyg'unligi. Ma'naviy faoliyat moddiy madaniyat mahsuli sifatida. Ma'lum bir davrga xos axloqiy mezonlar – din, san'at, huquq, siyosatning ma'naviy madaniyat shakllanishidagi roli. Moddiy madaniyat takomilida "buyuk industrial inqilob"ning roli. Axborot jamiyati madaniyati va uning turli ko'rinishlari: internet, kabel telеvidеniеsi, vidеodisk, ularning insoniyat madaniy hayoti darajasiga ijobiy ta'siri. Moddiy madaniyatning ko'rinishlari. Moddiy madaniyat tarixiy jarayon sifatida. Ma'naviy madaniyatning turli shakllari. Madaniyatning asosiy vazifalari: olamni o'zlashtirish va qayta o'zgartirish vazifasi. Himoya-moslashuv vazifasi. Signifikativ vazifa. Axborotlarni yaratish va yig'ish vazifasi. Kommunikativ vazifa. Shaxs kamolotida madaniy omillarning ahamiyati.
  • 2-mavzu: Madaniy taraqqiyot va ma'naviy meros. Milliy madaniyatlar rivojlanishining nazariy masalalari: Meros – dunyo xalqlari uchun umumiy insoniy mulk. Merosning tarixan o'zgarib borishi. "Buyuk ipak yo'li" madaniyati- O'rta Osiyo madaniyatining uzviy bir qismi. Bu madaniyat Eron, Hindiston, O'rta Osiyo va Xitoy madaniyatini keskin ravishda o'zgartirishga sabab bo'lgani. Me'morchilikka oid o'tmishdagi va bugungi inshootlar, ularning tarixi, farqlari, o'z davri uchun noyob hodisa ekani – madaniy taraqqiyotning muhim belgisi. Madaniy meros – insoniyatning o'tmish bilan chambarchas bog'liqligi natijasi. Madaniy merosning mexanizmi. Ma'naviy merosning uzviyligi. O'tmishdan kelajakka o'tish jarayonida merosning mazmunan o'zgarishi. Milliy o'zlikni anglash va milliy madaniyat munosabatlari. Sovet tuzumi davrida O'zbekistonda xalq an'analariga tazyiqlar va buning salbiy oqibatlari. Jamiyatning moddiy va ma'naviy rivoji – har tomonlama rivojlanish uchun omil. Milliy axloq va yagona millat, yagona Vatan tuyg'usi. Mustaqil O'zbekiston sharoitida milliy madaniyat rivojlanishi uchun omillar va milliy madaniyatning bugungi jahon madaniyati qatoridan o'rin olayotgani hamda dunyo hamjamiyati tomonidan e'tirof etilayotgani.
  • 3-mavzu: Jahon madaniyati bosqichlari. Ibtidoiy madaniyat: Madaniy bosqichlar ma'lum darajada regional – mintaqaviy xususiyatni o'z ichiga qamrab olgani. Madaniyat universalligi tushunchasi. Madaniyatning universalligi, geografik o'rnidan qat'iy nazar, hamma madaniyatga mansub qadriyatlar, qoida, an'ana va xususiyatlar, mezonlar, ijtimoiy qurilishiga xos hodisa. Madaniyatning tarixiy bosqichlari. Diniy madaniyatning ilk shakllari va ko'rinishlari: animizm, fetishizm va h.k. Ilk badiiy tafakkur namunalari: shumerlar va ularning mifologiyasi, xalq og'zaki ijodi. Yozuv madaniyati. Yozuv bosqichlari va turlari. Yozuv – insoniyatning beqiyos tafakkuri mahsuli sifatida. Yozuv ashyolari. Kitob va kitobatchilik – madaniyatning oliy ko'rinishlaridan biri. Sharqda kitob namunalari: loy taxtachalar, mum surtilgan taxtachalar, papirus, teri, qog'oz. Ossuriya shohi Ashshurbannipalning kutubxonasi. Bobilliklarning kitobat san'ati. Xetllarning sopol taxtachalari.
  • 4-mavzu: Qadimgi davr madaniyati. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati: Misr sivilizatsiyasi – Sharqdagi ilk sivilizatsiyaning vatani sifatida. Misrda ilk hayot izlari. Misrliklar-ilk kalendar ijodkorlari. Misrning "qizil" va "qora" mamlakatga bo'linishi va buning sabablari. Misr piramidalari – dunyoning yetti mo'jizasidan biri. Qadimgi Misrda falsafiy maktablarning shakllanishi. Misr sivilizatsiyasi – eng uzoq davom etgan sivilizatsiyadir. Qadimgi Yunoniston madaniyati. Qadimgi Yunoniston madaniyatining besh davri: Egey yoki Krita-mikean davri. Gomer davri madaniyati. Arxaik davr madaniyati. Klassik davr. Ellinistik davr. Qadimgi Rim madaniyati. Qadimgi Rim madaniyatining uch davri: shohlik davri, respublika davri, imperiya davri. Rimda fan va maorif. Rim she'riyati. Rim teatr san'ati, haykaltaroshlik. Imperiya davrida Rim shaharlari. Imperiya davrida shaharlarda kommunikatsiya vositalari –tosh ko'prik, vodoprovodlar, kanalizatsiya. Rimda fan va maorif. Xitoy — sivilizatsiya ilk bor paydo bo'lgan to'rt mamlakatning biri. Xitoyliklar qog'oz, choy, chinni, porox, soyabon, muzqaymoq, ipak va gugurtning ixtirochilari. Xitoyda g'or ibodatxonalari. Xitoy arxitekturasi. Xitoyda falsafiy va diniy oqimlar. Xitoy madaniyatidan qolgan eng noyob yodgorlik — alifbo. VII–XIII asrlarda Xitoyda rassomchilik. Samo ibodatxonasi. Xitoy arxitekturasining Yaponiya, Koreya, Janubi–Sharqiy Osiyo mamlakatlari arxitekturasiga kuchli ta'sir etgani. Hindiston – qadimgi sivilizatsiya o'lkalaridan biri. Hindiston olamga bergan eposlar va ijodkorlar. Vedalar va ularning Sharq madaniyati tarixidagi o'rni. Qadimgi Hindistonning matematika, astronomiya, tibbiyot sohasida erishgan katta muvaffaqiyatlari. Hindiston madaniyati tarixi bosqichlari: Xoropp madaniyati. Veda davri. Guptalar imperiyasi. Boburiylar sulolasi madaniyati. Hind madaniyatidagi buddaviylikning dunyo diniy madaniyatiga ta'siri. Vizantiya madaniyati. Vizantiya davlati hududida chorvachilik, qishloq xo'jaligi. Vizantiya davlati - so'nggi antik davrning barham topishi va o'rta asr jamiyatining tug'ilishi chegarasida. Masihiylik aqidalarining Vizantiya madaniyati tarixida paydo bo'lishi. Vizantiyada madaniy hayot. Shoirlar Grigoriy Nazianzin, shoir Roman Sladkopеvеts, Feofilakt Simokatta. Kandak janri va Vizantiya adabiyotida bu janrning o'rni. Vizantiya madaniyatining turli bosqichlarida sharqona va g'arbona elementlar. Oltoy, Janubiy Sibir, Mo'g'uliston, O'rta Osiyo hududlarida ibtidoiy hayot tarzi. Farg'onaning tosh davriga oid madaniy yodgorliklari. Qovunchi madaniyati. O'zbekistonning azaliy o'troq aholisi ijodi –me'morchilik, amaliy va tasviriy san'at. O'zbekistonning janubiy hududlarida qadimgi davr me'morchiligi va san'ati. Termizdagi me'morchilik yodgorliklari, tasviriy va amaliy san'at namunalari. Madaniy jarayonning bu ko'rinishlariga ijtimoiy – siyosiy jarayonlar asosiy sabab bo'lgani. Kushonlar davrida Termiz (Termed), Chingiztepa, Qoratеpadagi budda ibodatxonalari. Dalvarzintepadagi Chag'oniyon shahri me'morchiligi. Xorazm, Baqtriyadagi inshootlarda foydalangan kvadrat shakldagi g'ishtning qurilish matеriallari takomillashuviga xizmat qilgani va me'morchilikning yangi bosqichga ko'tarilgani. Harbiy me'morchilik. Qo'yqirilgan qal'adagi inshoot (mil. av. III asr). Qo'yqirilgan qal'adagi dafn odatlari. Qadimiy yozma manbalarda O'rta Osiyoning turli hududlaridagi me'morchilik yodgorliklari to'g'risidagi ma'lumotlar. Milodiy I asrga oid Xan yilnomasida "Avеsto" davri madaniyati. Zardushtiylik ta'limoti. Xitoy sayyohining hozirgi O'zbеkiston to'g'risidagi ma'lumotlari. Buddaviylik madaniyati. Buddaviylikning Baqtriya davlatiga kirib kelishi.
  • 5-mavzu: XVI – XIX asr birinchi yarmida mintaqa xalqlari madaniyati: Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Buxoro xonligidagi madaniy hayot. Jo'ybor xonlari va ularning mamlakat ma'naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi roli. Bu davrdagi ijtimoiy-falsafiy tafakkur. Tabiiy fanlar. Matematika, astronomiya, geografiyaning rivojlanishi. Tibbiyot. XVI asrda Movarounnahrdagi adabiy hayot. Tarixiy asarlar. She'riyat. Shayboniy hukumdorlarining she'riyatga munosabati. Xiva xonligida adabiy hayot. Abdulg'ozi Bahodirxon. Uning "Shajarayi tarokima" va "Shajarayi turk" asarlari, bu asarlarning taxlili va madaniyat tarixidagi o'rni. Dostonchilik. Munis va Ogohiyning tarixiy asarlari. Qo'qon xonligidagi adabiy hayot. Mashrab, Xuvaydo, Abdulkarim Fazliy Namangoniylar ijodi. Amir Umarxon va uning Qo'qon adabiy muhiti shakllanishidagi roli. XVII-XIX asr o'rtalarida Buxorodagi adabiy hayot. Sayid Nasafiy, Mutribiy, Turdi Firog'iy, Mulla Mastiy Oxundiy, Mujrim Obidlar ijodiy faoliyati. Badiiy madaniyat. Uning har bir xonlikda o'ziga xos xususiyati. Badiiy madaniyat markazlari. Me'morchilik. Amaliy bezak san'ati. Uning taraqqiyotidagi o'ziga xosliklar. Minatyura san'atining rivojlanishi. Tarixiy asarlarga ishlangan minatyuralar. Kitobat san'ati. Musiqa. O'tmish an'analariga sadoqat, vorisiylik. Darvesh Ali Changiy ijodi. Teatr. Masxarabozlar teatri, qiziqchilar teatri, qo'g'irchoq teatri va uning namoyandalari. Raqs san'ati va uning hududiy xususiyatlari. Buxoro shashmaqomi.
  • 6-mavzu: Dunyoviy va diniy madaniyat: O'rta asrlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi keskin o'zgarishlar. Iudaizm va Tavrot. Bibliyaning tarkibiga kiruvchi kitoblar. Eski Ahdda olamning ibtidosi to'g'risidagi mushohadalar, odamlar o'rtasidagi munosabatlar, axloqiy mezonlar, ma'naviy qadriyatlar va boshqa ko'plab falsafiy g'oyalar, axloqiy o'gitlar. Iudaizm - mustaqil diniy tizim. Masihiylik ta'limoti Sharqning falsafiy tafakkuri mahsuli sifatida. Katolik jamoati va pravoslavlar jamoati. Islomiy madaniyat. Islomda ilm o'rganish tashviqi va targ'iboti. Turkiy qavmlar yashaydigan o'lkalarda islomning yakdilikka chorlovchi g'oyalari. Islom va ilmiy bilimlar rivoji. Al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiyning ilmiy merosi. Tasavvuf va madaniyat. Tavhid e'tiqodi. Muruvvat va Futuvvat muvofiqligi. Futuvvatning zohiriy va botiniy ruknlari.
  • 7-mavzu: Markaziy Osiyo xalqlarining V-XIII asrlardagi ijtimoiy, madaniy hayoti. Amir Temur va temuriylar davri madaniyati (XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asr): Qadimgi O'rta Osiyoning ijtimoiy va madaniy tarixini o'rganishda asosiy manbalar: O'rxun – Enasoy yodgorliklari, yunon muarrixlarining asarlari, qadimgi Xitoy yilnomalari. O'rta Osiyoda Uyg'onishning uch davri. Har bir bosqichda Uyg'onishning asosiy belgilari. Alisher Navoiy va Uyg'onish davri. "Xamsa" dostoni – Uyg'onishning eng yorqin mahsuli sifatida. Uyg'onish davrining ideali. Uyg'onish davri dostonlari qahramonlarining romantik qiyofada tasvirlanishi. Amir Temur va temuriylar davri madaniyati. Obodonchilik ishlari. Hunarmandchilik va uning turlari, taraqqiyoti. Savdo-sotiqning rivojlanishi, karvon yo'llarining ahamiyati. Me'morchilik. Shaharsozlik. Ulug'bek rasadxonasi. Saroy va bog'lar qurilishi. Samarqand registoni. Temuriylar davrida tasviriy san'at va uning turlari rivoji. Naqqoshlik, xattotlik san'ati. Samarqand miniatyura maktabi va uning xususiyatlari. Badiiy hunarmandchilik va uning turli shakllari. Kulolchilik sohasidagi yangiliklar. Samarqand - ilm-fan markazi. Mirzo Ulug'bek davrida Samarqandda ilm-fan rivoji.
  • 8-mavzu: Modеrnizm va postmodеrnizm madaniyati: (XVI – XXI asrlar). Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida madaniyat: Madaniy hodisalar va jarayonlarning an'anaviy xususiyatga ega ekanligi. San'atda supеrmatizm oqimi. Modеrn madaniyati. Modеrn tushunchasining san'atga falsafa va fanga aloqadorligi. Simvolizm estеtikasi. Postmodеrnizm - hozirgi falsafa, san'at va fanning asosiy yo`nalishi sifatida. Postrukturalizm postmodеrnizmning falsafiy asosi. Postmodеrnizmning madaniyatga tadbiq qilinishi. Madaniy taraqqiyotda inson omili. Insonning industrial madaniyatga munosabati. Ommaviy madaniyat. Ommaviy madaniyatning salbiy va xatarli oqibatlari. O`rta Osiyoning Rossiya impеriyasi tomonidan bosib olinishi. Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati. Hunarmandchilik. Tеatr. Xivadagi kutubxona. Kitobat san'ati. Tasviriy san'at. Fan. Musiqa san'ati. An'anaviy qo`shiqchilik san'ati. Mе'morchilik. Xalq mе'morchiligi. Amaliy san'at. Qiziqchilik. Davriy matbuot. Mustabid sovеt davlati davrida O`zbеkiston madaniyati. Sovеt davlatining madaniyatga nisbatan sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondoshuvi. Klublar, kutubxonalar, muzеylar kabi muassasalar faoliyatining siyosatlashtirilishi. Adabiyot. Tеatr san'ati. Mе'morchilik. Amaliy bеzak san'ati. Musiqiy san'at. Kino san'ati. Radio. Tеlеvidеniе.
  • 9-mavzu: Mustaqillik va madaniy taraqqiyot. Mustaqillik arafasida madaniyatimiz ahvoli: O`zbеkistonda madaniyat va san'at sohasidagi muassasalar va jamoat tuzilmalari. Ularning huquqiy-ma'naviy asoslari shakllanishi. Ma'naviy madaniyat va uning muhim jabhasi – musiqa san'ati. Milliy qo`shiqchilik ko`rik-tanlovlari. Muzеylar. Ularning xalqimiz ma'naviy salohiyatini oshirishdagi ahamiyati. Madaniy mеrosga munosabat. Alishеr Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzеyi. Qo`qon adabiyot muzеyi. Muzеy qo`riqxonalar. Buxoro muzеy-shahar. «Baxouddin Naqshband tarixiy muzеyi». O`zbеkiston kino san'ati muzеyi. Muzеylarning bugungi asosiy vazifasi. Xiva «Ichan-qal'a» yodgorliklar majmuasi. «Samarqand -madaniyatlar chorrahasi». Uning YuNЕSKO Umumjahon madaniy va tabiiy mеros ob'еktlari ro`yxatiga kiritilishi. «Boysun bahori» ochiq falklor fеstivali. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa fеstivali. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlarimizga atab o`rnatilgan obidalar. Xunarmandchilik. «Xunarmand» Rеspublika ijodiy uyushmasi. Tarixiy obidalarni tiklash. Toshkеnt –islom madaniyati poytaxti. Milliy-madaniy markazlar va ularning roli. Adabiyot. Mе'morchilik. Monumеntal san'at. Uning taraqqiyotidagi yangi davr. Amaliy bеzak san'ati. Tasviriy san'at. An'anaviy musiqa sa'ati. Nomoddiy madaniyat va san'at durdonalari. Tеatr. Tеatrlashtirilgan maydon tomoshalari. Kino va tеlеvidеniеning bugungi taraqqiyoti. Sport. Madaniyat va san'at sohasidagi xalqaro hamkorliklarning kеngayib borishi.