Avtomobil, traktorlar konctruksiyasi va ulardan foydalanish

Ushbu uslubiy koʻrsatma 5640100 - Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta'lim yoʻnalishi talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, u shu yoʻnalishni Davlat ta'lim standarti, oʻquv rejasi va fan dasturi asosida tayyorlandi. Mazkur uslubiy koʻrsatma talabalarni «Avtomobil, traktorlar konctruksiyasi va ulardan foydalanish» fani boʻyicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini amalda mustahkamlash, koʻrish va tushunish hamda talabalarni adabiyotlardan foydalanish koʻnikmasini rivojlantiradi.

Asosiy mavzular

  • AMALIY MASHG'ULOT: Avtomobilning umumiy tuzilishi va texnik koʻrsatkichlari: Avtomobillarning yaratilishi, ularning rivojlanish bosqichlari, umumiy tuzilishi va texnik koʻrsatkichlari bilan tanishish. Transport vositalari ichki yonuv dvigatellarini umumiy tuzilishini oʻrganish. Dvigatellarning ish faoliyatini koʻrsatadigan koʻrsatkichlar bilan tanishish.
  • AMALIY MASHG'ULOT: Krivoship-shatun mexanizmi. Gaz taqsimlash mexanizmi.: Dvigatelning krivoship-shatunli va gaz taqsimlash mexanizmlarining umumiy tuzilishini oʻrganish. KShM va GTM turlari bilan tanishish; Ish jarayonlari bilan tanishish.
  • AMALIY MASHGULOT: Dvigatelning moylash tizimlarini tuzilishi va ishlashi: Moylash tizimining umumiy tuzilishini oʻrganish. Moylash tizimining vazifasi va ish jarayoni bilan tanishish.
  • AMALIY MASHGULOT: Dvigatelning sovutish tizimlarini tuzilishi va ishlashi: Avtomobillar sovutish tizimining umumiy tuzilishi va ishlashini oʻrganish. Sovutish tizimining vazifasi va ish jarayoni bilan tanishish.
  • AMALIY MASHGULOT: Karbyuratorli IYOD taʼminlash tizimi. Karbyurator va benzonasos tuzilishi.: Ta'minlash tizimlarining kismlarini dvigatelda joylashuvini va ularning tuzilishi va ishlashini urganish.
  • AMALIY MASHG'ULOT: Dizel va gaz balonli IYOD ta'minlash tizimi. Yuqori bocimli yonilg'i nasosi va forsunkalar.: Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ta'minlash tizimini vazifasi, tuzilishi, ishlashi va avtomobilda oʻrnatilishi bilan tanishish.
  • AMALIY MASHGULOT: Akkumulyatorlar batareyasi va generator. Elektrostartyor vazifasi, tuzilishi va ishlashi.: Akkumulyatorlar batareyasi va generator bilan tanishish. Elektrostartyorni tuzilishini oʻrganish.
  • AMALIY MASHGULOT: Nazorat-o'lchov va signal qurilmalari. Yoritish acbob-qurilmalari tuzilishi.: Nazorat-oʻlchov va signal qurilmalari bilan tanishish. Yoritish acbob-qurilmalarini tuzilishini oʻrganish.
  • AMALIY MASHGULOT: Avtomobillarning ilashish muftalari. Ilashish muftalari yuritmalari.: Avtomobil kuch uzatmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Ilashish muftasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish.
  • AMALIY MASHGULOT: Uzatmalar qutisi, tarqatish qutilari. Uzatmalar qutisining boshqarish mexanizmlari.: Uzatmalar qutisining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Taqsimlash qutisining vazifasi, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish.
  • AMALIY MASHGULOT: Harakatlanish tezligi. Quvib oʻtish. Transport vocitalarning toʻxtashi va to'xtab turishi.: Har qanday yoʻllarda harakatlanishda transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishi kerak.
  • AMALIY MASHGULOT: Transport vositalarining harakatlanishini ta'qiqlovchi shartlar: Avtomobillardan foydalanish jarayonida turli nosozliklar sababli ulardan foydalanish ta'qiqlangan xolatlar bo'yicha bilimini shakllantirish.