XX asr o‘zbekiston tasviriy san’atida portret janri rivojlanishini tahliliy o‘rganish
Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi XX asr o'zbekiston tasviriy san'atida portret janrining rivojlanishini tadqiq etish, ya'ni o'zbekiston san'atida portret janriga hissa qo'shgan rassomlarni aniqlash va ularning ijodiy faoliyatini ilmiy jihatdan tahlil qilishdan iborat. Ishda XIX asr oxiridan boshlab XX asrning oxirigacha bo'lgan davrni qamrab olib, jumladan, chetdan kirib kelgan rassomlar va ularning ta'siri ostida shakllangan mahalliy rassomlar, shuningdek, mustaqillik yillarida ijod qilgan rassomlar ijodiy faoliyati o'rganildi. Urushdan keyingi davr va mustaqillik yillarida yaratilgan asarlar, jumladan, portret janrining milliy va zamonaviy jihatlari ham tahlil qilindi.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mustaqillik O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi. Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy sohalarda rivojlanishini belgilab berdi. Mamlakat xalqaro huquqiy subʼektga aylandi. Buyuk vatandoshlarimizning nomlari qayta tiklandi. Oʻtmishning buyuk mutaffakkirlari, shoirlari va musavvirlarining nomlari gʻurur bilan tilga olindi. Yoshlarning ish oʻrganishi, kasb-hunarga egaliklari uchun alohida eʼtibor berilmoqda. Maktablarda tasviriy sanʼat faniga oʻquvchilarni qiziqtirish lozim. Inson ijodiy faolligi uning kamolotini ta'minlaydi. Tasviriy san'at asarlari inson uchun bitmas-tuganmas maʼnaviy boylikdir.
- I-BOB. XX ASR OʻZBEKISTON SAN'ATINING TARIXIY NAZARIY MASALALARI: XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi, sanʼatda ham oʻz ifodasini topdi. Dekorativ amaliy sanʼat asarlaridagi kompozitsiyalar, ularning syujet va motivlari, real hayotning tasvirlanishi, voqeʼlikni ustalar tomonidan real tasvirlashga intilishlari koʻrish mumkin. Realistik dastgoh sanʼati maydonga keldi. 1918-20 yillarda Toshkent, Samarqand shaharlarida badiiy maktablar ochildi. Ularga koʻplab mahalliy yoshlar jalb etildi. 1928 yili Oʻzbekistonga kelgan Pavel Benkov Oʻzbekistonda rassomlik ilmini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida koʻp polotnolar ishladi. 1930-yildan Iskandar Ikromov tomonidan rasm chizishni oʻqitish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Mustaqillikdan soʻng Oʻzbekiston tasviriy sanʼati oʻziga xos yoʻnalishlarni rivojlantirdi.
- II-BOB. XX ASR OXIRI OʻZBEKISTON TASVIRIY SAN'ATIDA PORTRET JANRI: XX asrning oxirlariga kelib xalqimizning azaliy orzulari amalga oshdi, Oʻzbekiston mustaqillikka erishdi. Mustaqillik Xalqimiz tarixida yangi sahifa ochdi. Oʻzbekiston xalqaro huquqiy obʼektga aylandi. Buyuk vatandoshlarimizning nomlari qayta tiklandi. Oʻtmishning buyuk mutaffakirlari, shoir va musavvirlari hamda jadidchilik harakati vakillarining nomlari gʻurur bilan tilga olindi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq Prezident I.A. Karimov ajdodlarimiz tomonidan koʻp asrlar mobaynida yaratib kelingan gʻoyat ulkan, bebaho maʼnaviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
- 2.1. Mustaqillik yillari Oʻzbekiston tasviriy san'ati: XX asrning oxirlariga kelib xalqimizning azaliy orzulari amalga oshdi, Oʻzbekiston mustaqillikka erishdi. Mustaqillik Xalqimiz tarixida yangi sahifa ochdi. Oʻzbekiston xalqaro huquqiy obʼektga aylanib, 1992 yil BMTga, 1993 yili YUNESKOga a'zo boʻldi. Buyuk vatandoshlarimiz Imom Buxoriy, Xakim Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshbondiy, Imom Motrudiy, Burxoniddin Margʻinoniy kabilarning nomlari qayta tiklandi. Oʻtmishning buyuk mutaffakirlari, shoir va musavvirlari Abu Rayhon Buruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Axmad Fargʻoniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Muhammad Murod Samarqandiy hamda jadidchilik harakati vakillarining nomi g'urur bilan tilga olindi. Ulug' Soxibqiron Amir Temurning tariximizda tutgan oʻrni va ahamiyatm ham nihoyat haqqoniy talqiniga erishdi. "Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq, - deb yozadi Prezidentimiz I. A. Karimov ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihoyatda muhim vazifa boʻlib qoldi. Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni, milliy oʻzlikni anglashni oʻsishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz."10 Oʻzbekistonda yangi ma'naviy – gʻoyaviy yoʻnalishlarning shakllanishi oʻz navbatida, zamonaviy san'atning barcha sohalariga samarali ta'sir etib. ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi.
- 2.2. Mustaqillik yillari Oʻzbekiston rangtasvirida portert janri: XX asr oxirlariga kelib dastgohli rangtasirda bidiiy jarayon birmuncha shiddatli va serqirra kechdi. CHunki, bu paytga kelib Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan, rasssomlarning ham erki oʻz qoʻllarida edi, bu esa ularning ijodida oʻz aksini topdi. SHuning uchun ham biz ilmiy tadqiqot ishimizda XX asrning so'nggi o'n yilligini alohida oʻrganishni lozim topdik. 1991-2000 yillar davomida bo'lib o'tgan ko'p sonli koʻrgazmalar shuni tasdiqlaydiki, mazkur davrning dastgohli rangtasviri uslublarning ko'pligi va kompozitsion echimning turli-tumanligi bilan alohida ajralib turadi. Bu esa oʻz navbatida rassomlarga yaratilgan ijodiy erkinlik hamda badiiy tasvirni aks ettirishda shakl va ifoda vositalarini mustaqil tanlash imkoniyatini bergan yangi davrga har tamonlama bogʻliq boʻldi. Bu davrga kelib mamlakatimizda Mustaqillik kuniga, milliy udum va bayramlarimizga bag'ishlab muntazam ravishda shaxsiy hamda guruhiy koʻrgazmalar tashkil qilish an'anaga aylandi. Koʻrgazmalarda etuk va namunali rangtasvir asarlarni namoyish etish esa o'z navbatida o'sib kelayotgan yosh avlodni badiiy didi va saviyasining oʻsishiga, kamol topishiga xizmat qildi. Mustaqillik yillarida badiiy ta'lim markazlarini kengaytirish dolzarb masala deb qaraldi. 1997 yilga kelib, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil qilish bilan bir qatorda boshlang'ichdan to oliy ta'limgacha boʻlgan badiiy ta'lim tizimi paydo boʻldi. Milliy rassomlik va dizayn instituti, Respublika san'at va madaniyat, hunarmandchilik kollejlari va rassomchilikka ixtisoslashgan litsey-internatlar, shuningdek, Oʻzbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda tasviriy va amaliy san'at oʻquv yurtlaridan iborat tarmoq vujudga keldi. Bu davrda dastgohli rangtasvirning Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Namangan, Nukus kabi koʻzga koʻringan markazlarining faoliyati alohida diqqatga sazovvor boʻldi. Toshkentda an'anaviy tarzda viloyatlarning san'at va madaniyat kunlarini tashkil qilish yo'lga qo'yildi. Jumladan, bizning Namangan viloyati rassomlari 1997 yilning aprel oyida birinchilar qatori bu tadbirda faol ishtirok etdilar. Koʻrgazmaga viloyat rassomlari bilan bir qatorda Namangan davlat universiteti professor-o'qituvchilari va iqtidorli talabalari ham oʻzlarining munosib ulushlarini qoʻshdilar. Bu haqda marxum ustoz, san'atshunos olim Abdulxay Rashidovich Umarov koʻrgazmani ochilish marosimida “Mustaqillik yillarida Namangan san'ati, jumladan, dastgohli rangtasvir misli koʻrilmagan darajada o'sdi. Bunga Namangan davlat universitetida faoliyat koʻrsatayotgan rassom-pedagoglarimizning ham qoʻshgan katta xissalarini ham alohida ta'kidlashimiz kerak"-deb soʻzlagan edi. Portret janri Oʻzbekiston rassomlarining kuchi jihatlaridan biri hisoblanadi. YUrtimizda kuchli realistik maktab tarkib topishi juda ham kuchli, ajoyib portretchi-rassomlar sulolasini vujudga keltirdi. Ular orasida A. Abdullaev, R. Axmedov, R. CHoriev, T. Ogonesov, V. Burmakin kabi portret ustalari jahonda tan olinganligi keng e'tirof etiladi. Mustaqillikning ijobiy ta'siri bois san'atning barcha yo'nalish va uslublarida erkin ijod yo'li ochilganligi portret janrida ham o'z aksini topdi va zamonaviy badiiy jarayonda portret janri etakchi boʻlib qoldi. Respublikamizning etakchi badiiy oliygohi K. Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida, aynan realistik maktab asosida mashg'ulotlar olib boriladi. Bu esa rangtasvirning realistik uslubida moʻyqalam tebratgan ijodkorlarimizning boy merosini tan olinganligi hamda jahon san'atining ilg'or tajribalarini chuqur oʻrganishdan dalolat beradi. Butun dunyodagt kabi avangard yo'nalish bilan bir qatorda relistik yo'nalish rivojiga ham alohida e'tibor bilan qaralganligini har tomonlama namoyon qiladi. 1990 yillarda oʻzbek portret janrining asoschisi, akademik Abdulhaq Abdullaev ijodiy faoliyatini davom ettiradi. Ustoz moʻyqalamiga mansub boʻlgan har bir portret kishilarning chuqur ma'naviy dunyosini aks ettiruvchi, rassom bilan portret qahramoni va oʻz oʻrnida portret va tamoshabin oʻrtasidagi haqiqiy va ochiq munosabatni, oʻzaro muloqotni angatuvchi manbaa desak mubolagʻa bo'lmasa kerak. 1999 yilda Abdulhaq Abdullaev 1984 yilda yaratgan mashxur avtorportretini turli davr va xalqlarga mansub buyuk rassomlarning avtoportretlari saqlanayotgan dunyoning yirik to'plami, Italiya davlatining Uffitsi kartina galereyasiga olinishi Oʻzbekiston san'ati uchun olamshumul voqea boʻldi. Boshqacha qilib aytganda, XX asr Oʻzbekiton portret janriga berilgan yuqori va xolis baho desak toʻgʻri boʻladi. Akademik Raxim Axmedov portretlarida epik kenglik va teranlikni ko'ramiz. Uning qahramonlari oddiy insonlar, qishloqning mehnatkash kishilari boʻlib, ular orqali rassom sharqona donishmandlikni, ma'naviy poklikni, oʻzbekona ahloqiy qoidalarni gavdalantiradi. Bunday asarlarga 1992-1993 yillarda ishlangan “Jizzaxlik ayol”, “Nigina” portretlarini misol qilib keltirish mumkin. Zamondoshlar obrazi akademik Roʻzi CHorievni ham oʻziga jalb qiladi. Rassom viloyatlarga qilgan ko'p sonli ijodiy safarlarining maxsuli sifatida butun boshli portretlar galereyasini yaratadi. Ular orasida "Boysunlik qariya" (1996), "Sayroblik goʻzal” (1997) singari o'z xalqining eng yaxshi ma'naviy-axloqiy fazilatlarini tarannum etuvchi murakkab kompozitsion echimga ega boʻlgan portretlari alohida diqqatga sazovvor hisoblanadi. Akmal Ikromjonovning portretlari esa yuksak mahorat va diqqat bilan ishlanganligi, bo'yoqlarning fakturali qo'yilishi, naturani fotosur'at darajasida taxlil qilib aks ettirilganligi, obrazning ruxiy to'laqonligi 1993 yilda yaratilgan "Malika portreti”, “Madina” asrlarida koʻzga yaqqol tashlanadi. Rustam Xudayberganovning portretlari ham kishini befarq qoldirmaydi. Bunga uni 1999 yilda ishlagan “Xojar xola” asarini misol qilib keltirish mumkin. Rassom avvalgi rassomlar uslubini qoʻllagan holda, xech qanday yordamchi vositalarsiz, to'q fonda portretlar yaratadi va bu esa oʻz o'rnida asar qahramoni qiyofasini yanada mukammal ochib berish imkoniyatini oshiradi. Bu davrga kelib Oʻzbekiston dastgohli rangtasvir san'atida oʻzbek ayol-rassomlari ham koʻpchilikni tashkil qiladi, uni ham portret janridagi ijodini alohida ta'kidlash lozim. Bunga birgina misol qilib, “Onalar va bolalar yili” munosabati bilan tashkil etilgan “Qoʻli guldir o'zbek ayolin” mavzusidagi koʻrgazmada bir qator ayol portretchi rassomlarning faol ishtirok etganligini keltirishning oʻzi kifoya qiladi. Ko'rgazmada A.Mamatova “YUlduz Usmonova portreti”, SH.Abdullaevaning
- 2.3. Raxim Axmedovning portret janridagi ijodiy faoliyati: XX asrning ikkinchi yarmida oʻzbek portret san'ati yuksalib rivojlandi. Portret soxasini Lutfulla Abdullaev, Abdulxak Abdullaev, Raxim Axmedov, Malik Nabievlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfulla Abdullaevning «Mulla to'ychi Toshmuxamedov», «Y.Axunboboev» portretlari realistik an'analarda mohirona tasvirlangan. Abdulxak Abdullaev birinchi oʻzbek portretchi rassomlardan biri boʻlib, portret sohasida salmoqli ijod qiladi. U oʻz zamondoshlari, ziyolilarni, olimlarni adabiyot va san'at namoyondalarini portret galleriyasini yaratib katta muvaffaqiyatlarga erishdi. <<Abror Xidoyatov Otello rolida», yozuvchi «Oybek» portreti muallifining shox asarlaridan boʻlib, Otelloni oʻychan boqishi, gavda harakati portretga romantik ko'tarinkilik ruxini baxsh etgan. Unda yuz ifodasi psixologik xolati moxirona tasvirlangan. Oybek portretida shoir siymosi kompozitsiya jihatidan juda chuqur va mukammal ochib berilgan. Rassom bu asarda inson qiyofasini abadiylashtiribgina qolmay, balki hamma yuksak insoniy fazilatlar egasi, otash qalb xayajon va tashvishga to'la buyuk yozuvchining jonli portretini yaratdi. Rahim Axmedov portret janrida hayotga chuqurroq yondoshdi. Inson ichki kechinmalarini, xis-tuyg'ularini, orzularini, insonning go'zallik qalbini oʻz asarida ochib beradi. Uning «Ona oʻylari», «Surxandaryolik ayol», «Dehqon portreti>> yorqin misol boʻla oladi. Malik Nabiev asosan portret janrida zamondoshlari bilan bir qatorda tarixiy allomalar obrazini xam yaratish ustida ko'p mehnat qiladi. U 1952-yili «Beruniy» obrazini yaratdi. 1993-yili buyuk sarkarda «Amir Temur portreti»ni yaratdi. Portret kompozitsiyasini yaratishda rassomlarning oʻziga xos uslubi mavjud, u adabiy qo'lyozma, etnografik xujjatlardan unumli foydalanadi. Portret mazmuniga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: kalla portreti, koʻkrak qiyofali portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, guruxli portret, miniatyura portreti va hokazo. Portret kompozitsiyasining tuzilishida insonning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruxiyati, shuningdek koʻli, oʻtirish holati, liboslari, intererdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muxim rol o'ynaydi. Har bir rassom portret yaratishda oʻz tajribasi, usuliga tayanadi. Bunga har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada bajarilgan portretlar dalil boʻla oladi. Baxodir Jalolovni kinorejissyor «Komil YOrmatov» portreti shu fikrimizni tasdiqlaydi. SHuning uchun portret yaratishda yoshlar ulug' portret ustalari tajribasini o'rganib. Ularda unumli foydalanishlari lozim. Portretchi rassom avval tasvirlanuvchi bilan chuqurroq tanishib, bir muncha davrda uni kuzatib, suxbatlashib, uni asosiy harakteri, xususiyatlarini, ichki va tashqi dunyosini yaxshi oʻrganishi kerak, M. Nesterovning shogirdi P. Korin doim bu amallarga sodiq qolib A.Tolstoy, N.Kachalov, M.Nesterov, N.Saryan portretlarni shu tarzda yaratdi. Mustaqillikning qoʻlga kiritilishi va yangi mafkuraning oʻz mavqeiga erishishi natijasi o'laroq, milliy tarix qayta jonlandi. Davlatimiz ravnaqi va mustaqilligini qo'lga kiritishga ulkan xissa qoʻshgan Oʻzbekistonning koʻzga ko'ringan madaniyat va tarix namoyondalari siyosiy unutishdan va yo'qlikdan qayta tug'ilishi bilan san'atda ularning portretlari galereyasi vujudga kelishiga turtki boʻldi. 12 Buyuk Sohibqiron Amir Temur obraziga respublikaning barcha rassomlari murojaat qildilar desak mubolagʻa boʻlmasa kerak. Bular orasida yirik rassomlar, akdemiklar Malik Nabiev va Ne'mat Qoʻziboevlarning ijodini alohida ta'kidlash lozim. CHunki, bu rassomlar oʻziga ishongan, xalqini g'amini eydigan, odil, jahongir hukmdor siymosini yarataoldilar. Ustoz Malik Nabiev tomonidan 1999 yilda yaratilgan Amir Temur obrazi oʻzining sehrli jozibasi va kuchli ifoda vositasi, ta'siri bilan zamonaviy rassomning tarixiy portretlari orasida oʻziga xos mumtoz asarga aylandi va etalon sifatida qabul qilindi. Keyinchalik Toshkent shahri va viloyatlarga qoʻyilgan Sohibqiron Amir Temur haykallariga ham aynan ushbu portret asos boʻlib xizmat qildi. Temuriylar sulolasining boshqa vakillari ham portretchi rassomlar tomonidan katta qiziqish va ishtiyoq bilan tasvirlandi. Malik Nabiev moʻyqalamiga mansub boʻlgan Zaxriddin Muxammad Bobur portreti romantik xarakterga ega boʻlib, unda Bobur qo'liga qalam olib ijod jarayonida, koʻzlari esa olis masofalarga qadalgan holatda aks ettirilgan. Bobur siymosi Aziza Mamatova polotnosida ham ajoyib shoir sifatida oʻziga xos tarzda talqin etilgan. Taniqli portretchi rassom S.Rahmetov Temriylar davri tarixiy shaxslar obrazlarini mahorat bilan yaratadi. Oʻzbekiston Milliy Banki va Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1999 yilda etakchi portretchi rassomlar ishtirokida Temuriy shahzodalar portretlari tanlovini e'lon qiladi. Andijonlik rassom Ulugʻbek Boltaboev tomonidan ham Bobur va Temuriy shaxzodalarning portretlari ishlanadi. Ayniqsa, rasomning Bobur siymosiga juda ko'p marotaba murojaat qilinishi bilan alohida ajralib turadi. Rassomning “Bobur ovda",