Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti
Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti fani bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma, talabalarga qishloq xo'jaligi iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalarini chuqur o'rganishga yordam beradi. Qo'llanmada umumiy kirish, mavzularga oid nazariy ma'lumotlar, mashg'ulotlar rejasi, maqsadlari, pedagogik vazifalar, o'quv faoliyati natijalari, qo'llaniladigan usullar va vositalar, shuningdek, nazorat savollari hamda baholash mezonlari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti fanining dolzarbligi va o'qitish strukturasi. "Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti" fanining asosiy mazmuni. O'quv kursi bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni o'qitish texnologiyasini ishlab chiqishning kontseptual qoidalari.
- 1-MAVZU: Kursning predmeti, maqsadi, vazifasi hamda tadqiqot usullari: Qishloq xo'jaligining jahon iqtisodiyotida o'rni va ahamiyati. Moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish.
- 2-MAVZU: Jahon, respublika qishloq xo'jaligi, uning joylashishi, ixtisoslashishi, uni jahon moliyaviy-ishlab chiqarish inqirozi sharoitida rivojlanishi: Qishloq xo'jaligini joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperasiyalashtirish. Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida qishloq xo'jaligini rivojlantirish masalalari.
- 3-MAVZU: Respublika agrosanoat majmuasi, uni inqiroz sharoitida rivojlantirish imkoniyatlari: Respublika agrosanoat majmuasini barpo etishning zarurligi va uning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslari. Agrosanoat majmuasining mamlakat oziq-ovqat va iste'mol majmuasi bilan bog'liqligi.
- 4-MAVZU: Bozor iqtisodiga o'tishda qishloq xo'jaligiga davlat rahbarligi va amalga oshirilayotgan agrar – iqtisodiy islohotlar: Ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot. Bozor munosabatlarining shakllanishining ob'ektiv zarurligi. Davlatning agrar siyosati, agrar islohotlar va ularni takomillashtirish yo'llari.
- 5-MAVZU: Qishloq xo'jaligida mulk va tadbirkolik shakllari, ularning bozor rivojlanishi: Qishloq xo'jaligida bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xildagi mulkchilik turlarini barpo etishning zarurligi. Mulkiy islohotlar. Qishloq xo'jaligida tadbirkorlik shakllari.
- 6-MAVZU: Yer-suv resurslari, inqiroz sharoitida ulardan foydalanish masalalari: Qishloq xo'jaligida yer-suv resurslari, ularning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati. Yer-suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga oid hukumatning chora-tadbirlari. Irrigasiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning roli.
- 7-MAVZU: Qishloq xo'jaliginng moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish: Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika resurslari va ularning xususiyatlari. Fan-texnika taraqqiyoti. Ilg'or va samarali texnologiyalar va ularni rivojlantirish yo'llari.
- 8-MAVZU: Qishloq xo'jaligining asosiy va aylanma vositalari, fondlari va ulardan samarali foydalanish: Asosiy va aylanma vositalar haqida tushuncha. Qishloq xo'jaligining asosiy va aylanma fondlari va ulardan foydalanish.
- 9-MAVZU: Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi: Respublika qishloqlaridagi aholi va mehnat resurslari. Mehnat resurslarining huquqiy asoslari. Mehnat bozorida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligini oshirish yo'llari.
- 10-MAVZU: Investisiyalar (kapital qo'yilmalar) manbalari, ularning iqtisodiy samaradorligi: Investisiyalar haqida tushuncha. Investisiyalar (kapital qo'yilmalar)ning manbalari va ularning iqtisodiy samaradorligi.
- 11-MAVZU: Qishloq xo'jaligida servis, uni rivojlantirish yo'llari: Servis haqida tushuncha, uning mazmuni, mohiyati va zarurligi. Hukumatning servisni rivojlantirish borasidagi tadbirlari va servis turlari.
- 12-MAVZU: Qishloq xo'jaligidagi (yalpi va o'rtacha) xarajatlar, ularni kamaytirish yo'llari: Qishloq xo'jaligida turli xildagi xarajatlar qilishning ob'ektiv zarurligi. Xarajatlar tarkibi, ularning turlari va ularni kamaytirish yo'llari.
- 13-MAVZU: Qishloq xo'jaligining yalpi va tovar mahsuloti, ularning taqsimlanishi va ko'paytirish yo'llari: Qishloq xo'jaligining yalpi va tovar mahsuloti, ularning turlari, taqsimlanishi va sotish yo'llari.
- 14-MAVZU: Qishloq xo'jalik mahsulotlarining baholari, ularning takomillashtirilishi: Qishloq xo'jalik mahsulotlarining baholari, ularning dinamikasi va ularni takomillashtirish yo'llari.
- 15-MAVZU: Korxonalarning daromadlari, foydalari, ularning taqsimlanishi. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi: Qishloq xo'jalik korxonalarining daromadlari, foydalari, ularning taqsimlanishi va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi.
- 16-MAVZU: O'simlikchilik tarmoqlari iqtisodi: O'simlikchilik tarmoqlari, ularning ahamiyati, rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligi.
- 17-MAVZU: Chorvachilik (qoramolchilik, qo'ychilik, echkichilik) tarmoqlari iqtisodi: Chorvachilik tarmoqlari, ularning rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligi.
- 18-MAVZU: «Qishloq xo'jaligining yalpi va tovar mahsuloti, ularning taqsimlanishi va ko'paytirish yo'llari»: Qishloq xo'jaligining yalpi va tovar mahsuloti, ularning taqsimlanishi va ko'paytirish yo'llari.
- 19-MAVZU: «Korxonalarning daromadlari, foydalari, ularning taqsimlanishi»: Qishloq xo'jalik korxonalarining daromadlari, foydalari, ularning taqsimlanishi.
- 20-MAVZU: «Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi»: Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi, uning ko'rsatkichlari va uni oshirish yo'llari.
- 21-MAVZU: «Savdo-sotiq va moliyaviy-iqtisodiy operatsiyalar»: Savdo-sotiq va moliyaviy-iqtisodiy operatsiyalar.
- 22-MAVZU: «Oziq-ovqat sanoati va savdo-sotiq»: Oziq-ovqat sanoati va savdo-sotiq.