Demigrafiya.

Ushbu kitob demografiya va aholi geografiyasi fanining nazariy asoslarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Unda aholining rivojlanishi, uning tarkibi, dinamikasi, migratsiya, demografik siyosat kabi muhim mavzular keng yoritilgan. Kitobning maqsadi talabalarga demografiya fanining nazariy va amaliy jihatlarini o'rgatish, ularni kelajakda bu sohadagi tadqiqotlar olib borishga tayyorlashdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Demografiyaga kirish: Demografiya fanining predmeti, ob'ekti, rivojlanish tarixi, asosiy vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi, metodlari.
  • Aholi soni dinamikasi va uning tarkibi: Aholi soni dinamikasining tarixiy rivojlanishi, bugungi aholi soni, demografik piramida, aholining yosh va jinsiy tarkibi.
  • Aholining takror barpo bo'lishi: tug'ilish va o'lim jarayonlari: Aholining takror barpo bo'lishining umumiy tushunchasi, brutto va netto koeffitsientlari, tug'ilish va o'lim jarayonlarining demografik o'tish nazariyasi.
  • Nikoh va ajralish jarayonlari: Nikohning sotsiologik va demografik ahamiyati, nikoh holatini ifodalovchi ko'rsatkichlar, ajralishning sabablari va omillari.
  • Aholi migratsiyasi: Migratsiyaning turlari va omillari, xalqaro va ichki migratsiya, demografik siyosatda migratsiyaning roli.
  • Demografik prognozlashtirish: Demografik prognozning mohiyati, turlari, metodologik asoslari, aholi sonini prognoz qilish usullari.
  • Demografik siyosat: Demografik siyosatning mohiyati, maqsadlari, tarixi, samaradorligi, vazifalari va O'zbekistonda demografik siyosat.
  • Dunyo aholisining ko'payishi va joylanishi: Jahon aholisi rivojlanish ananalari, dunyo aholisi dinamikasi, demografik krizis, aholi o'sishining hududiy xususiyatlari.