Siyosiy geografiya.
Ushbu o'quv-uslubiy ko'rsatma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan chop etilgan bo'lib, siyosiy geografiya fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun mo'ljallangan. Kitobda siyosiy geografiyaning nazariy asoslari, jahon mamlakatlarining siyosiy-hududiy tuzilishi, geosiyosiy holati, iqtisodiy rivojlanish darajasi, tashqi siyosiy va iqtisodiy tashkilotlar, Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy vaziyati va O'zbekistonning jahon siyosiy xaritasida tutgan o'rni kabi muhim mavzular yoritilgan. Har bir mavzu bo'yicha amaliy mashg'ulotlar va ular uchun qo'shimcha adabiyotlar hamda internet manbalari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Siyosiy geografiyaning predmeti va vazifalari: Siyosiy geografiya fani siyosiy geografiyaning tadqiqot obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, fanlar tizimida tutgan o'rni, ilmiy va amaliy ahamiyati; siyosiy geografiyaning rivojlanishi xususiyatlari; siyosiy jarayonlar va ularning geografik jihatlari; dunyo siyosiy xaritasi va uning rivojlanishi bosqichlari; jahon mamlakatlarining davlat tuzumi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko'ra turlari, geosiyosat, geosiyosiy jarayonlar va ularga ta'sir qiluvchi omillarni, hududiy siyosiy tizimlarning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini, hududiy siyosiy tizimlar va ularning elementlarini; klassik geosiyosiy g'oyalar va dunyoqarashlarni geografik xususiyatlarini o'rganishda yordam beradi.
- Dunyo siyosiy xaritasini chizish va tahlil qilish: Talabalarda dunyo siyosiy xaritasini axamiyati, shakillanish bosqichlari haqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- Jahon mamlakatlarining siyosiy-hududiy tarkibi bo'yicha jadval tuzish: Talabalarda dunyo siyosiy xaritasini siyosiy-hududiy tarkibiva rivojlanishdagi shart-sharoitlar haqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- Jahon mamlakatlari davlat hududi shakliga ko'ra turlarga (orol, yarimorol, uzunchoq, eksklav, anklav, kompakt) ajratish: Talabalarda Jahon mamlakatlarini davlat hududi shakliga ko'ra turlari (orol, yarimorol, uzunchoq, eksklav, anklav, kompakt) haqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- Jahonning “katta yettilik” davlatlarining siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holatini: Talabalarda Jahonning yetakchi yettilik davlatlarining siyosiy-hududiy tuzilishihaqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- Dunyo siyosiy xaritasidagi “og'riq nuqtalar”ni siyosiy-geografik tahlil qilish: Dunyo siyosiy xaritasidagi “Og'riq nuqtalar”ni siyosiy-geografik xususiyatlari haqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- Dunyo mintaqalarining siyosiy xaritasini tahlil qilish: Dunyo mintaqalarining siyosiy xaritasini haqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- Yevropa va Osiyo mamlakatlarining siyosiy xaritasini chizish va o'rganish: Talabalarda Yevropa va Osiyo mamlakatlari siyosiy xaritasini shakillanishi va rivojlanishi haqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- Afrika, Lotin Amerika, Avstraliya va Okeaniya mamlakatlarining siyosiy xaritasini chizish va o'rganish: Talabalarda Markaziy Osiyodavlatlariningmintaqaviysiyosativamintaqastrategiyalarihaqi da bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy siyosatlari va mintaqa strategiyalari: Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy siyosatlari va mintaqa strategiyalarini o'rganish.
- O'zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi: Talabalarda O'zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishinihaqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- O'zbekistonning dunyo siyosiy xaritasida tutgan o'rnini baholash: Talabalarda O'zbekistonning dunyo siyosiy xaritasida tutgan o'rninihaqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.
- O'zbekistonning yaqin horij davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining statistik tahlili: Talabalarda O'zbekistonning yaqin horij davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining haqida bilim va ko'nikmalarini shakillantirish.