Farg’ona vodiysida tarqalgan Phlomoides moench (Lamiaceae) turkum turlari.

Ushbu kitobda Oʻzbekiston florasida tarqalgan Phlomoides Moench turkumining taksonomik va geografik tarqalishi batafsil yoritilgan. Tadqiqotda turkum turlarining botanik-geografik rayonlar, balandlik mintaqalari va ma'muriy viloyatlar kesimida tarqalishi, shuningdek, ularning muhofazaga olingan turlari va zamonaviy konspekti keltirilgan. Fargʻona vodiysi florasi uchun Phlomoides turkum turlarini aniqlash va ularning tarqalishini ko'rsatuvchi GAT xaritalari yaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Phlomoides Moench turkumining taksonomik va sistematik tahlili: Mazkur bo'limda Phlomoides turkumiga mansub turlarning sistematikasi, ularning genetik jihatdan o'rganilishi, taksonomik birliklarga ajratilishi va O'zbekiston florasida tarqalgan turlarning tasnifi keltirilgan. Shuningdek, turkumning 2 ta seksiyasi va 11 ta subseksiyasiga mansub turlar sanab o'tilgan.
  • Phlomoides Moench turkum turlarining geografik tarqalishi: Ushbu bobda O'zbekiston hududining botanik-geografik rayonlari va balandlik mintaqalari bo'yicha turkum turlarining tarqalishi tahlil qilingan. Farg'ona vodiysida tarqalgan turlarning GAT xaritalari yaratilgan hamda ma'muriy viloyatlar kesimida tarqalishi ko'rsatilgan.
  • Phlomoides Moench turkum turlarining zamonaviy konspektini tuzish: Mazkur bo'limda O'zbekiston florasida tarqalgan Phlomoides Moench turkum turlarining zamonaviy konspekti tuzilgan. Unda turkumning 43 ta turi va ularning sinonimlari keltirilgan. Shuningdek, turkumning muhofazaga olingan turlari va ularning tarqalishi yuzasidan umumiy GAT xaritasi yaratilgan.