Қишлоқ хўжалик машиналари
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan chop etilgan bo'lib, unda respublikamiz dehqonchiligini mexanizatsiyalash, tuproqqa ishlov berish, ekish, o'g'itlash, hosilni yig'ishtirish kabi qishloq xo'jaligi ishlarida qo'llaniladigan mashinalar va texnologiyalar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- O'zbekiston respublikasi dehqonchiligini mexanizatsiyalashni rivojlantirish yo'nalishlari: Ushbu mavzuda O'zbekistonda olib borilayotgan agrar siyosat, ekologiya, resurs va quvvat tejamkorligi muammolari, qishloq xo'jalik mashinalari tasnifi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari: Tuproqning fizik va texnologik xususiyatlari, tuproqqa ishlov berishning texnologik operatsiyalari va jarayonlari, pluglar va ularga qo'yiladigan agrotexnik talablar, pluglarning tasnifi va tuzilishi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tuproqqa sayoz ishlov berish mashinalari: Tirmalar (boronalar) va ularga qo'yiladigan agrotexnik talablar, disksimon qurollar, faol ishchi qismli qurollar kabi masalalar yoritilgan.
- Chopiq kultivatorlari: Qator oralariga ishlov berishda ishlatiladigan mashinalar, ulardagi ishchi organlar, chopiq kultivator ishchi organlarini joylashtirish sxemalari, yappasiga ishlov beruvchi kultivatorlarni vazifasi va tuzilishi haqida ma'lumot beriladi.
- O'g'itlash mashinalari: O'g'itlar tasnifi turlari va ularning fizik-mexanik xossalari, o'g'itlash usullari, o'g'itlashga qo'yilgan agrotexnik talablar, qattiq va suyuq o'g'itlarni dalaga solishda qo'llaniladigan mashinalarning umumiy tuzilishi keltirilgan.
- Ekish mashinalari: Uruq ekish usullari, ekishga qo'yilgan agrotexnik talablar, seyalkalarning turlari va asosiy qismlari, ekish va ko'chat ekish mashinalari haqida so'z boradi.
- O'simliklarni himoyalash mashinalari: O'simliklarni himoyalash usullari va agrotexnik talablar, changlatgichlar, purkagichlar, aerozol-generatorlar haqida tushuncha, himoyalash mashinalarini tuzilishi va ish jarayoni yoritilgan.
- Melioratsiya mashinalari: Erlarni o'zlashtirishda dastlabki ishlov berish mashinalari, yer kovlash mashinalari, buldozerlar, skreperlar, greyder va ekskovatorlar, dalani sug'orishga tayyorlash va sug'orish mashinalari haqida ma'lumotlar berilgan.