O’zbekiston paxtachilik instituti namangan viloyati tayanch uchastkasida ekilayotgan g’o’za navlarini so’ruvchi zararkunandalari: turlar tarkibi, biologiyasi, oldini olish va qarshi kurash.
Ushbu kitob O'zbekiston paxtachilik institutining Namangan viloyati tayanch uchastkasida ekilayotgan g'o'za navlarini so'ruvchi zararkunandalari: turlar tarkibi, biologiyasi, oldini olish va qarshi kurash mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini o'z ichiga oladi. Unda g'o'za o'simligiga zarar yetkazuvchi turli zararkunandalar, ularning bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash choralari batafsil yoritilgan. Shuningdek, tadqiqot materiallari va usullari, zararkunandalarning populyatsion xususiyatlari, tabiiy kushandalari va ularga qarshi kurashning biologik usullari haqida ma'lumot beriladi.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mavzuning dolzarbligi, O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Xarakatlar strategiyasi” da bugungi kunda qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada ko'chaytirish bo'yicha vazifalar ko'rsatilib, uni hayotga tadbiq etish uchun aniq maqsadlar belgilangan.
- 1-BOB. G'O'ZANING SO'RUVCHI ZARARKUNANDALARINI O'RGANISH TARIXI: Viloyatimizda g'o'za o'simligi juda katta maydonlarda ekilishi bilan ularni kasallik va zararkunandalarini ko'p bilishligi ham tabiiy. Bugungi kunda g'o'za o'simligida o'simlik bitlarining bir nechta turlari, qandalalar va tripslar zararkunandalik qiladilar. Quyida biz O'zbekistonda g'o'za o'simligida keng tarqalgan so'ruvchi va boshqa ayrim zararkunandalar hamda ularga qarshi ishlatilayotan biologik agentlarni o'rganish tarixi bo'yicha ilmiy ma'lumotlarni keltiramiz.
- 2-BOB. TADQIQOT MATERIALARI VA USULLARI: Tadqiqot materiallari sifatida g'o'za bitlari, beda biti, poliz yoki g'o'za biti, katta g'o'za biti, yashil bit, issiqxona (shaftoli) biti, g'o'za bitlarining tabiiy kushandalari: xonqizi qo'ng'izlar, oltinko'zlar, sirfid pashshalaridan foydalanildi. G'o'za bitlari va ular tabiiy kushandalarini quyidagi usullar bilan hisobga olindi.
- 3-BOB. G’O'ZANING SO'RUVCHI ZARARKUNANDALARINING BIOLOGIYASI, EKOLOGIYASI VA QARSHI KURASH CHORALARI: G'o'za o'simlik shiralarining bir necha turi zarar etkazadi. Bular orasida beda yoki poliz shirasi, g'o'za yoki poliz shirasi va katta g'o'za shirasi xavflidir. O'simlik shiralari barglarning sharbatini so'radi, buning oqibatida poya va ildizlaridagi zaxira uglevodlar miqdori keskin kamayib ketadi. Qattiq zararlangan barglarning shakli o'zgaradi va bujmayib qoladi. Bunday o'simliklar juda sust o'sadi. Zararlangan o'simliklardan hosil 28-30% gacha kamayishi mumkin.
- XULOSA: 1. Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani xududiddagi Paxtachilik ilmiy tekshirish institutining filialiinng kuzatishlari ko'ra, g'o'zaning so'ruvchi zararkunandalaridan 6 turga mansub turlar aniqlandi. Ulardan katta g'o'za biti g'o'za o'simligi uchun dominant tur xisoblanadi. 2. Namangan viloyatida g'o'zada o'simlik bitlarining ikki turi: poliz yoki g'o'za biti -Aphis gossypii how: beda biti – Aphis eraccivora koch. Katta g'ura biti-aryrthosiphon gossypii Mordw: shaftoli yoki issiqxona biti – myzodes persical Sulr: plotnikov biti Brachyungins platimovi news: Xoldor bit Thereaphis trijolii men va g'o'zaning ildiz biti Symnthurodes betac westw uchraydi. 3. Yuqorida kayd qilingan bitlar orasida poliz yoki g'o'za biti, beda biti, katta g'o'za biti va shaftoli (issiqxona) bitlari g'o'zada jiddiy zarar berib ularning ko'payishini oldini olinmasa ekin hosildorligi 40-50% gacha kamaytiradi. 4. Yoz –kuz oylarida poliz yoki g'o'za biti ommaviy ko'paygan taqdirda bitning yopishkoq chiqindilari bilan paxta tolasi ifloslanadi va bunday ifloslangan tolalarda bir qancha Macrosporium, Cladosporium va Alternaric avlodlariga tegishli zamburug'lar rivojlanib paxta tolasi sifatini buzadi. 5. G'o'za bitlari ommaviy ko'payishini oldini olishda ularning tabiiy kushandalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tabiiy kushandalar orasida ayniqsa xonqizi qo'ng'izlari ajralib turadi. Ular orasida yetti nuqtali xonqizi qo'ng'izi Coccinella septempunstate L, o'zgaruvchan xonqizi, Adonic verngota Goere turlari dominantlik qilib g'o'za bitlari sonini keskin kamaytiradi. 6. Mavsum davomida g'o'zada bir dona ixtisoslashgan yirtqich hasharotlarga 20 dona (1:20) poliz biti voyaga yetganlari va lichinkalari to'g'ri kelsa bu yirtqich hasharotlar zararkunanda sonini ekinga zararsiz darajagacha kamaytiradi.