Sxemotexnika

Ushbu kitob “Sxemotexnika” fanidan talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning reyting tizimi asosida tayyorlangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333 sonli buyrug'i bilan Nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustdagi 1981-1 sonli bilan davlat ro'yxatidan qayta o'tkazilgan “Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi Nizom ” talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu baholash mezoni NDKI “Sxemotexnika” fanidan talabalar bilimini baholashda keng foydalanishga tavsiya etilib, ayni paytda talabalar uchun ham mazkur fanni o‘zlashtirish jarayonida qanday ballar to‘plash mumkinligi haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Kitobda umumiy nazorat turlari, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun ballar hamda baholash mezonlari ko'rsatib berilgan.

Asosiy mavzular

  • Analog va raqamli qurilmalar: Analog va raqamli signallar, ularning farqi, kuchaytirish, o'zgartirish kabi mavzular yoritilgan.
  • Mantiqiy elementlar va sxemalar: Mantiqiy algebra asoslari, mantiqiy elementlar (VA, YOKI, INKOR), triggerlar, hammshliklar, registrlarning ishlash prinsiplari va loyihalash usullari tushuntirilgan.
  • Raqamli qurilmalar: Summatorlar, sanagichlar, multiplksorlar, demultipleksorlar, shifratorlar, deshifratorlar, komparatorlar va boshqa raqamli qurilmalar, ularning ishlash prinsiplari va qo'llanilishi yoritilgan.
  • Operatsion kuchaytirgichlar va xotira qurilmalari: Operatsion kuchaytirgichlarning turlari, xarakteristikalari, analog-raqamli va raqam-analogli o'zgartirgichlar, xotira qurilmalarining turlari va ishlash prinsiplari tushuntirilgan.
  • Interfeyslar va input/output qurilmalari: Parallel va ketma-ket interfeyslar, klaviatura, displey kabi input/output qurilmalarining ishlash prinsiplari va qo'llanilishi yoritilgan.