Multimedia tizimlari
Ushbu kitob "Multimedia tizimlari" fanidan ma'ruzalar matnini oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgrisidagi" qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturini xayotga tadbiq etish maqsadida Davlat ta'lim standartlariga, fan namunaviy hamda ishchi o'quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan. Kitobda multimedia texnologiyalarining dolzarb va mashhur yoʻnalishlaridan biri boʻlib hisoblangan multimedia tizimlari tushunchasi, uning asosiy maqsadi, qoʻllanish sohalari, afzalliklari va xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot berilgan. Shuningdek, video dasturlarni yaratish va ulardan foydalanish, grafik tasvirlarni qayta ishlash, obyektlarni harakatlantirishni yaratish, veb-dizayn asoslari, elektron oʻquv dasturlarini yaratish uchun tizimli qurollarni qoʻllash va boshqa muhim mavzular yoritilgan. Kitobda nazariy materiallar bilan bir qatorda amaliy mashgʻulotlarni bajarish uchun ham koʻrsatmalar berilgan. Multimedia tizimlari zamonaviy axborot texnologiyalarining muhim qismi sifatida ushbu kitobda keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- MULTIMEDIA HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR: Multimedia-texnologiyalari informatikaning dolzarb va mashhur yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Multimedia-texnologiyalarining asosiy maksadi – tovush, video, animatsiya va boshka vizual effektlar (simulation) bilan ta'minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimedia dasturiy maxsulotlari o'z ichiga interaktiv interfeys va boshqa boshqarish mexanizmlarini o'z ichiga qamrab oladi. Multimedia oʻz ichiga gipermatn va gipermedia tizimlarini qamrab oladigan fan hisoblanadi. Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlari: Bitta axborot tashuvchisida katta xajmli turli ma'lumotlarni saqlash imkoniyati, ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati, avtomatik ravishda dasturiy mahsulotning butun mundarijasini ko'rib chiqish va erkin navigatsiya yordamida asosiy menyuga, to'liq mundarijaga yoki dasturning istagan joyiga chiqish.
- VIDEO DASTURLARINI YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI: Video ma'lumotlarning taqdim etilishi, video standartlari, kompyuterda video ishlash uchun uskunalar, video fayllarning asosiy formatlari va videolarni tahrirlash dasturlari haqida ma'lumot beradi. Video - bu audiovizual materiallarni yozish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va ko'paytirish uchun keng qamrovli texnologiyalar. Video standartlari NTSC, SECAM, PAL va HDTV kabilarni o'z ichiga oladi. Video axborotni yozish uchun video karta, videomagnitofon yoki videokamera, raqamli video yozish va tahrir qilish uchun dasturiy ta'minot va ovoz kartasi kabi uskunalar talab qilinadi. Video fayllarning asosiy formatlari AVI, WMV, MOV, MKV, 3gp kabilar bo'lib, FLV, SWF, RM, RA, RAM formatlari internetda ishlatiladi. Video tahrirlash dasturlari jumlasiga Pinnacle Studio HD Ultimate, Windows Live Movie Studio, Video Studio Pro X4, Adobe Premiere Pro, Sony Vegas Pro va Camtasia Studio kabilar kiradi.
- GRAFIK TASVIRLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI: Ushbu mavzu kompyuter grafikasi tarixi, turlari, qoʻllanishning asosiy yoʻnalishlari, grafik fayl formatlari va grafik maʼlumotlarning rangli modellari haqida ma'lumot beradi. Kompyuter grafikasi – kompyuterda turli xil tasvirlarni (rasmlar, chizmalar, koʻrsatuvlar) olish muammolari bilan shugʻullanadigan kompyuter fanlari sohasi. Kompyuter grafikalari raster va vektorli grafikalar turlariga bo'linadi. Raster grafikalarining asosiy elementi nuqta (piksel) boʻlib, elektron va bosma nashrlarni ishlab chiqishda qoʻllaniladi. Vektorli grafikalarning asosiy elementi esa chiziq boʻlib, algebraik tenglama bilan tavsiflanadi. Grafik fayl formatlari WMF, EMF, CDR, AI, EPS, JPG, GIF, PNG kabilarni oʻz ichiga oladi. Rangli modellar RGB va HSB modellari keng qoʻllaniladi.
- OBYEKTLARNI XARAKATLANTIRISHNI YARATISH TEXNOLOGIYASI: Ushbu mavzu obyektlarni harakatlantirishni yaratish texnologiyalari, Macromedia Flash dasturi interfeysi, matn va rang bilan ishlash, animatsiya yaratish va uning turlari haqida ma'lumot beradi. Macromedia Flash dasturi animatsiya yaratishda dunyoda keng qoʻllaniladigan dastur boʻlib, uning interfeysi qulay va funksiyalari koʻpligi sababli ommabop hisoblanadi. Flashda animatsion filmlar, taqdimot videosi, reklama bannerlari, veb-sayt navigatsiyasi va veb-saytlar yaratish mumkin. Kadrlar – ramkalar, obyektlar yoki ularning qismlari harakatining ketma-ket bosqichlari chizilgan yoki suratga olingan tasvirlardir. Kalitli kadr - tasvirlarni yaratish va qayta ishlash uchun kadr, Oddiy kadr - faqat animatsiyada kalitli kadrdan tarkibini koʻrsatadigan kadr boʻlib, unga ishlov berilmaydi.
- VEB-DIZAYN ASOSLARI: Ushbu mavzu veb-dizayn asosiy tushunchalari, Macromedia Dreamweaverda veb-sahifalarni yaratish va oʻquv veb-saytini yaratish haqida ma'lumot beradi. Veb-dizayn – veb-sahifalar va veb-saytlar yaratishdir. Veb-sahifa – brauzer yordamida ochilishi va koʻrilishi mumkin boʻlgan hujjatdir. Veb-sayt – ma'no va navigatsiya bilan birlashgan veb-sahifalar majmuasi. Veb-server – veb-sahifalarni va veb-saytlarni saqlaydigan tarmoqqa ulangan kompyuter. Veb-sahifa dizayni rang, shrift, grafikalar va veb-sahifa dizayni kabi elementlarning rivojlanishini oʻz ichiga oladi. Saytlarni yaratishning zamonaviy texnologiyalari veb-dasturlash tillari (JAVAScript, JAVA, Perl, PHP), texnologiyalar (CGI, SSI, ASP), kaskad uslublar jadvallari (CSS) va Flash texnologiyasini oʻz ichiga oladi. Macromedia Dreamweaver 8 veb-sahifa yaratish uchun eng qulay dastur hisoblanadi.
- ELEKTRON OʻQUV DARSLIKLARNI YARATISH UCHUN TIZIMLI QUROLNI QOʻLLASH TEXNOLOGIYASI: Ushbu mavzu elektron taʼlim vositalari va ulardan foydalanish, ularning tasnifi, yaratish uchun dasturiy vositalar va ISPRING SUITE dasturi haqida maʼlumot beradi. Elektron nashr (EN) grafik, matn, raqamli, nutq, musiqa, video va boshqa ma'lumotlar to'plamidir. Elektron ta'lim vositasi (ETV) - bu sohadagi bilim, koʻnikma va qobiliyatlarni talabalarni ijodiy va faol oʻzlashtirishni ta'minlaydigan tegishli ilmiy-amaliy sohada tizimli materiallar oʻz ichiga olgan elektron nashrdir. ETVning afzalliklari koʻp: multimedia vositalaridan foydalanish, inson-kompyuterning oʻzaro ishlash jarayonini soddalashtirish, zamonaviy axborot-qidiruv texnologiyalaridan foydalanish va mutaxassis va aqlli tizim elementlarining mavjudligi. Elektron oʻquv vositalari oʻquv dasturlari, simulyatorlar, nazorat qilish dasturlari, axborot izlash dasturlari, modellashtirish dasturlari, namoyish dasturlari, treninglar va oʻyin dasturlari kabi turlarga boʻlinadi. Elektron ta'lim vositalarini yaratish uchun dasturiy vositalar jumlasiga Microsoft (LCDS), EPublisher 3000, iSpring Suite va SunRav WEB Sinf kabilar kiradi.