Умумий педагогика

Ushbu kitob umumiy pedagogika fanini asosiy qismlari, mohiyati, vazifalari, nazariy-metodik asoslari, uning o`ziga xos xususiyatlari va o`qitish metodlari, shakllari, vositalari bilan tanishtiradi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko`rsatilgan talablar asosida umumiy pedagogika fanining asosiy tushunchalari va kategoriyalariga boy manbalar bilan boyitilgan. Pedagogik jarayonni tashkil etish, o`qitish metodlari, vositalari, shakllari, hamda ta`lim oluvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash mezonlari haqida atroflicha ma`lumot berilgan. Shuningdek, Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi, o`zbek pedagoglarining pedagogik qarashlari va milliy tarbiya masalalariga bag’ishlangan ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlar, jumladan, Sharq mutafakkirlari va o`zbek davlatchiligi rivojida ularning hissasi ham atroflicha yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos, barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Shu bois, tinglovchilarni hozirgi zamon talabi ruhida tarbiyalash, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash, ko`nikma, malakalarini shakllantirishga qaratilgan ko`pgina ta`lim-tarbiya vositalari, uslubiy shakl yo`riqlari mavjud. Jumladan, bu borada tinglovchilarni hayotga tayyorlashda ko`p asrlar davomida qo`llanilgan usullar, vositalar, tadbir shakllari, urf-odatlar va an`analar, g’oyalar, hayotiy tajribalardan iborat namunalar majmuasidir.
  • II. PEDAGOGIKA - IJTIMOIY FAN SIFATIDA: Pedagogika fani-inson hayotini va jamiyatning rivojlanishini o`rganadigan fandir. Pedagogika fani tarbiya, ta’lim, o`qish, o`qitish, bilim, ko`nikma, malaka, ijodkorlik, shaxs shakllanishi, tarbiya jarayoni, tarbiya metodlari, shakllari, vositalari, tamoyillari, qonuniyatlari va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog`liq jarayonlarni o`rganadi. Pedagogika fani asosiy tushunchalari-tarbiya, ta’lim, ma’lumot, rivojlanish, bilim, ko`nikma, malaka va boshq.
  • III. DIDAKTIKA-TA`LIM NAZARIYASI SIFATIDA: Didaktika-pedagogikaning mustaqil tarmog’i. Ta’lim-tarbiya nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan Shug’ullanadi. Didaktika pedagogikada ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismdir. “Didaktika”ning so’zma-so’z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Bu atamani nemis pedagogi V. Ratke (1571-1635) fanga kiritgan. Didaktika nomi ostida nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fan tushuniladi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya. A. Komenskiy (1592 - 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1657 yilda cheh tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi.
  • IV. TA`LIM QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI: Ta’lim jarayoni ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega muayyan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti darajasida hamda siyosati mazmuni bilan bog’liq holda tarkib topadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ko’rsatib o’tilganidek, respublika ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini; b) ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; c) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, Shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalarni va tashkilotlarni. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo’lib, mazkur tizim doirasida faoliyat yurutuvchi muassasalar ta’limni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun xizmat qiladilar.
  • V. TA`LIMNI TASHKIL ETISH SHAKL, METOD VA VOSITALARI: Ta`lim jarayonida tinglovchi va o`qituvchi faoliyatini o`quv mashg`ulotlarining shakllari, jumladan, ma`ruza, savol-javob, nazorat usullari, disk, kinofilm, video, texnik vositalar va boshqa vositalar turlicha bo`lishi mumkin. Shuningdek, o`qitish metodlari, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi, axloqiy tarbiya va boshqalar o`rganiladi. Tarbiyaning turlari ham alohida ko`rib chiqiladi. Har bir bola uchun ta`lim-tarbiyaning maqsadga muvofiq, izchil rivojlanishi asosiy masala qilib qo`yilgan. Ta`lim jarayonini tashkil etish uchun har xil shakl, metod va vositalardan foydalanish kerakligi ta`kidlanadi.
  • VI. TA`LIM OLGANLIKNI TASHXIS ETISH: Tashxis ta`lim oluvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Tashhis natijalarni ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bosqichlarni aniqlaydi. Tashhislash, nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to’plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendentsiyalarni (an’analarni) aniqlash, voqealarning keyingi rivojini tahminlashni o’z ichiga oladi.
  • VII. TARBIYA JARAYONI, MAZMUNI, QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI. TARBIYA TURLARI: Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo`lib, tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o’rgatadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondoshish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya jarayoni Shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy -ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi faoliyat jarayonidir. Tarbiya jarayoni o`quvchilarning onginigina emas, balki his tuyg’ularini ham o’stirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Tarbiya jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini, hamda ularning axloqiy qobiliyatlarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi.
  • VIII. ENG QADIMGI DAVRLARDAN IX ASRGACHA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR: Xalqimizning eng qadimgi yozma yodgorliklarida ham milliy qadriyatlarga katta e`tibor berilgan. Bizga qadar saqlanib qolgan «Avesto», So`g`d, O`rxun-enasoy bitiklari kabi yozma yodgorliklaridagi dalillar ana Shu mulohazalarni tasdiqlaydi. Milliy qadriyatlarimizning ko`p qirralarini o`zida mujassamlashtirgan eng muhim yozma yodgorlik «Avesto»dir. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo`lmish «Avesto»ning ilk sahifalari bundan uch ming yil ilgari Xorazmda yaratila boshlagan. eramizdan oldingi VII asrga kelib, uni Amudaryo soxilidagi tuya boquvchi qabilalardan etishib chiqqan Zardusht qayta ishlab chiqqan. Zardusht Avestoning qadimgi qismi bo`lgan «Yashtlar»dagi ko`pxudolik aqidalariga zid o`laroq, uning «Gohlar» qismida yakkaxudolik g`oyalarini targ`ib etgan.
  • IX. SHARQ UYG`ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI. XIV ASRNING 2-YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAHRDA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI: Sharqning buyuk siymolaridan biri - qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) bo'lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan, iste'dodli, xotirasi kuchli, zehni o'tkir bo'lganligidan o'z davrida ma'lum bo'lgan ilmlarni tez egallagan. U 16 yoshdayoq mashhur tabib - hakim bo'lib tanildi va keyinchalik "Olimlar boshlig'i", "Tabiblar podshohi" kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo'ldi. Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, biroq bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib keigan.
  • X. XIX ASRDAN XX ASRNING YARMIGACHA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI. IX ASRNING OXIRI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA TA`LIM TIZIMI: Mustaqillik davrida ta`lim tizimi va pedagogika fani o`zgarib bordi. Shaxsni maktabgacha tarbiya davlat standartlarida belgilangan maqsadga muvofiq shakllanganligi muhimdir. Tarbiya jarayoni bola shaxsini ma`naviy, axloqiy va jismoniy jihatdan kamol toptirishga yo`naltirilgan. Tarbiya jarayonida o`quvchining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Maktab va madrasalarda ta`lim mazmuni va o`qitish shakllari, metodlari ham o`zgara bordi. XX asr oxirida va XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktab tizimining rivojlanishi davom etdi. Chor Rossiyasining ta`lim siyosati ruslashtirishga qaratilgan edi.
  • XI. 1917-1991 YILLARDA O`ZBEKISTONDA TA`LIM TIZIMI VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI. MUSTAQIL O`ZBEKISTON TA`LIM TIZIMI: 1917 yil to`ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-mafkuraviy va xalq maorifi sohalarida keskin o`zgarish yuz berdi. Turkiston o`lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma`rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog’ini yaratish, maktab maorif borasida zudlik bilan islohotlari amalga oshirish yuzasidan bir qancha takliflar ilgari surildi. Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G’ozi Yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko`rsatdilar. Turkistonning markazlashgan davlat qurish konsepsiyasi va uning ta’lim rivojiga qo’shgan hissasi hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ahamiyati ham yoritilgan.
  • XII. JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI: Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o`rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo`ldi hamda moddiy va ma`naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda katta hissasini qo`shdilar. Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining tug’ilishiga imkon yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Qadimgi Yunonistonning mashhur idealist faylasufi, Suqrotning shogirdi, ob`ektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g’oyalar dunyosi»ni birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi. Arastu o`z davrining nazariy qarashlari bilan cheklanib qolmasdan, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining madaniy, ilmiy va falsafiy an`analarini davom ettirdi. Bulardan tashqari, u qadimgi Yunon va Markaziy Osiyo mutafakkirlari Arastu, Aflotun, Farobiy, ibn Sino, Nasiriddin Tusiy va boshqalarning asarlarini yaxshi bilar, hatto ularning ba`zi risolalariga sharhlar ham bitgan. U qadimgi olimlar risolalaridagi murakkab va tushunilishi qiyin bo`lgan muammolarni sharhlash bilan birga ular hal qila olmagan botiniy va zohiriy ilmlar va mushkul masalalarni yecha olar edi. Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo`lib ilgari surdi. «Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o`xshaydi» deb yozadi u. Demokritning axloqiy va pedagogik qarashlari diniy qobiqdan xoli edi.