Аррали жин ишчикамералари колосникларини йиғишжараёнидаги камчиликларни таҳлил қилиш ва бартараф этиш йўллари.

Ushbu bitiruv-malakaviy ishida kolosniklardan kolisnikli panjarani yig'ish aniqligi hamda kolosniklar oralig'idagi tirqish o'zgarishining jinlash jarayoniga ta'siri o'rganilib, tahlil qilib chiqildi va quyidagicha xulosalar qilindi: kolosnikli panjaralarni yig'ish, o'rnatilgan maxsus dastgohlarda standart arrali tsilindrlar bo'yicha va kolosniklar ramasini standart arrali tsilindrlar bo'yicha va kolosniklarga nisbatan tekshirimdan boshlanishi kerak; chetki arra bilan qolganlari oralig'i ikkala tomondan bir xil bo'lishi kerak, yuqorigi va pastki kolosnik bruslari arrali val o'qiga nisbatan parallel bo'lishi kerak; jin kolosnikli panjaralarini yig'ishni boshlashdan avval yon brus mashina ishchi kamerasining shabloni bilan tekshirilishi kerak. Yuqorigi va pastki bruslar sirti tozalanishi shart; jin kolosnikli panjaralarini yig'ish chetki kolosniklardan boshlanib, ular ishchi kamera darlariga zich o'rnatilishlari kerak; kolosniklarning holatlari ishchi kamera shabloni bo'yicha tekshirilishi lozim. Bir vaqtning o'zida kolosniklar ikkala lapkalarning bruslarga tegib turishi tekshirilishi kerak; kolosniklarning ustki lapkasi yon brus qirrasi bilan bir balandlikda bo'lishi va har qanday holatda xam qirradan past bo'lmasligi kerak; kolosniklar lapkalari oralig'iga qattiq kartondan qistirgich qo'yishga ruxsat etiladi; kolosniklarni yig'ishda ularning o'rnatish vintlari oxirigacha tortib qo'yiladi. Ular kolosniklar sirtidan chiqib turmasliklari kerak; kolosniklar uyalarida mustahkam o'rnashishlari kerak; kolosniklar oralig'idagi tirqishning o'zgarishi ish joyidan yuqori va pastki tomonlarga bir tekis o'rnatilishi lozim; ishchi tirqishlar maxsus chekli kalibrlar bilan tekshirilishi kerak; kolosniklar lapkalari va yon brus orasida hosil bo'lgan barcha tirqishlar yaxshilab shpatlyovka qilinishi shart; kolosniklar yig'ilgandan so'ng kolosniklarning ishchi sirtlari nazorat lineykasi bilan tekshiriladi. Ba'zi kolosniklarning to'g'ri chiziqligidan chiqishi ishchi kismida 0,6-0,8 mm dan, qolgan qismlarida 2 mm dan oshmasligi kerak; ish joyida edirilishi sezilgan holda kolosnik zudlik bilan yangisiga almashtirilishi lozim; kolosniklarning yeyilishi oqibatida arra tishlari o'tish joyida kolosniklar oralig'ining kengayishi jinlarda 3,2 mm gacha bo'lishi ruxsat etiladi; kolosnikli panjaraning tug'ri yig'ilishi butun chigitlar va tolali maxsulotlarning chiqindilarga o'tishini yo'qotib, kolosniklarning ishlash muddatini uzaytiradi.

Asosiy mavzular

  • Texnologik qism: Ushbu bo'limda paxta tozalash jarayoni, jinlash mashinasi ishchi kamerasi, kolosnikli panjara, ularning yig'ish texnologiyasi va mexanik ishlov berish jarayonlari haqida ma'lumot berilgan. Jinlash jarayonida tolani chigitdan ajratish, kolosniklar orasidagi tirqishning ahamiyati, ularning ishlanishi va ta'siri, mexanik ishlov berish jarayoni va o'lcham zanjirlari hisobi batafsil yoritilgan.
  • Hisoblash-konstruktorlik qismi: Ushbu bo'limda kolosnikli panjarani yig'ishda aniqlik va uning o'lcham zanjirlari hisobi, jinnining ishchi kamerasi va kolosniklar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Kolosniklarni yig'ish jarayonining aniqligi va uning natijasida hosil bo'ladigan tirqishlarning o'zgarishi jinlash jarayoniga ta'sir etishi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Hayot faoliyati xavfsizligi qismi: Ushbu bo'limda atrof-muhitni muhofaza qilish, changlarning inson organizmiga ta'siri, changlarga qarshi kurashish chora-tadbirlari, elektr tokidan himoyalanish va yong'in va portlashdan saqlanish kabi masalalar yoritilgan. Har bir jarayonning inson salomatligiga va atrof-muhitga ta'siri hamda ulardan himoyalanish yo'llari ko'rsatilgan.