Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларга индивидуал ёндашувнинг илмий-методик асослари

Ushbu avtoreferat umumta'lim maktablarida tasviriy san'at darslarida o'quvchilarga individual yondashuvning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda individual yondashuvning nazariy, psixologik va pedagogik asoslari, samaradorligini oshirish mexanizmlari, shuningdek, tajriba-sinov ishlarining tashkiliy-metodik asoslari va natijalari tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Tasviriy san'at darslarida o'quvchilarga individual yondashuv muammosi: Ushbu bobda o'quvchilarga individual yondashuvning nazariy, amaliy va psixologik-pedagogik asoslari ko'rsatilgan. O'zbekistonning boy tasviriy va me'morchilik san'ati an'analari va ularning jahon san'atiga ta'siri haqida so'z yuritilgan.
  • Tasviriy san'at darslarida o'quvchilarga individual yondashuvning samaradorligini oshirish omillari: Ikkinchi bobda tasviriy san'at darslarida o'quvchilarga individual yondashuvni amalga oshirish bo'yicha psixologik-pedagogik tashxisning ahamiyati, samaradorlikni oshirishdagi psixodiagnostik metodlar va bola psixikasi xususiyatlarini o'lchash usullari ko'rsatilgan.
  • 5-7 sinf o'quvchilariga individual yondashuv bo'yicha tajriba-sinov ishlarining tashkiliy-metodik asoslari: Uchinchi bobda tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish asoslari, metodikasi va natijalari tahlil qilingan. Tajriba-sinov natijalari matеmatik-statistik tahlil qilingan va xulosalar chiqarilgan.