Gen muhandisligi fanidan o’quv-uslubiy majmua

Quyidagi kitobni tahlil qiling va talablarga muvofiq javob bering: 1. Kitob mazmuni (200-500 tagacha harf) 2. Kitobda yoritilgan asosiy mavzularni va mavzularning mazmuni haqida ma'lumot ber. Har bir mavzuni alohida ajrat. 3. SEO qidiruvda foydalanish uchun 5-10 kalit so'zlar yarat. Barcha ma'lumotlar kitob doirasida bo'lsin. Javobni JSON formatida taqdim eting.

Asosiy mavzular

  • Kirish: So‘nggi 50 yil mobaynida biotexnologiya taraqqiyoti yuksak darajaga chiqdi. Biotexnologiya rivojining hozirgi bosqichini revolyusion deb atash mumkin. Fan va taraqqiyot rivojlangan sari gen muhandisligi ham alohida fan sifatida ajralib chiqdi. Oxirgi yillarda nuklein kislotalar strukturasi va funksiyasi, DNK restriksiyasi fermentlari, ularning hujayradagi ahamiyati gen muhandisligi usullari orqali aniqlandi. Insoniyatni tashvishga solib turgan eng yirik muammolar, jumladan, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash kabilarni xal etishda gen muhandisligi o‘zining salmoqli xissasini qo‘shib kelmoqda. Gen muhandisligining ulkan yutuqlari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti uchun tezkor va samarali xizmat qilmoqda.
  • O'quv fanining maqsadi va vazifalari: Talabalarga zamonaviy fanlardan biri Gen muhandisligi fani asoslarini o‘rgatish, genlarning tuzilishi, gen information tahlil usullarini hamda rekombinant DNK olish prinsplarini o‘rgatishdan asosiy maqsadimiz. Talabalarni o‘qitishda gen muhandisligi fanining zamonaviy muammolari haqidagi bilimlarini takomillashtirish, muammolarini aniqlash, tahlil etish va baholash ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.
  • Gen muhandisligi” fanining vazifalari: - Gen muhandisligi fanini o‘qitishda pedagogik faoliyat, oliy ta’limda o‘qitish jarayoninini texnologiyalashtirish bilan bog‘liqlikda yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlashtirish; - talabalarning Gen muhandisligi, genetika, biotexnologiya fanlari asosida farmatsevtik muammolarini tahlil etish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; - Gen muhandisligi fani muammolarini hal etish strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga o‘rgatish.
  • Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikmasi va malakasiga qo‘yiladigan talablar: Gen muhandisligi fanining taraqqiyot yo‘nalishlari va innovatsiyalari mavzuini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar tasavvurga ega bo‘lish: - Gen muhandisligi fanini o‘qitishda pedagogik faoliyat bilan bog‘liqlikda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish strategiyalari; - zamonaviy pedagogik atamalarni qo‘llash bilan bog‘liq muammolar; oliy ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq muammolar va ularni hal etish yo‘llarini bilishi kerak; - Gen muhandisligi fani muammolariga doir keyslar tuzish, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - Gen muhandisligi fanining muammolarini aniqlash, tahlil etish, baholash va umumlashtirish malakalarini egallashi lozim.
  • Mavzuning o‘quv rejadagi boshqa mavzular bilan bog‘liqligi va uzviyligi: Mavzu mazmuni o‘quv rejadagi “Biotexnologiya fanlarini” o‘qitishda pedagogik maxorat, “Biotexnologiya fanlarini” o‘qitishda o‘quv-uslubiy ta’minot, o‘quv mavzulari bilan uzviy bog‘langan holda talabalarni kasbiy tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
  • Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi: Gen muhandisligi fani V,VI-semestrlarda o‘qitiladi. Gen muhandisligi fani biotexnologiya va genetika, molekulyar biotexnologiya fanlaridan olgan bilimlariga asoslanadi. Gen muhandisligi fani farmatsevtik biotexnologiya, xujayra kul’turalari, biofaol moddalar texnologiyasi va boshqa biotexnologik yo‘nalishdagi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi.
  • Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari): 1. Gen muhandisligi faniga kirish. Gen muhandisligi tarixi. Gen muhandisligi faninig maqsadi, vazifalari, o‘rganish ob’ekti va sub’ekti. 2. DNK ning tuzilishi. Nukleotidlar, nukleozidlar, DNK qo'sh spirali, RNK va ribasoma tuzilishi. 3. DNK biosintezi, RNK biosintezi, splessing, ribazim, promotor. 4. Gen, genom, faktor transkripsa, operon, yadro retseptorlari, gen ekspressiyasi 5. Oqsillar biosintezi, folding, shaperonlar. 6. Genlarning o’z sofligini saqlashi, interferensa, V(D)J rekcombinatsiya reparatsiya, telomerlar. 7. Polimeraza zanjirli reaktsiya. Amplifikator, Taq-polimeraza, praymer 8. Elektroforez ishlash prinsipi. 9. Teskari transkriptaza va uning RNK analizida ishlatilishi 10. Molekulyar mayoqlar, Real taym PTSR 11. Proteomika.rekombinat va Ximer oqsillar olish, poligistidinli teg 12. Gen muhandisligida qo'llaniladigan fermentlar. Restrektaza, Ligaza 13. Suniy restrektazalar. Zinc-finger, TALENs , CRISPR , nukleozimlar 14. Polimeraza, integraza, pole (a) polemeraza fermentlarining tuzilishi, vazifasi va gen muhandisligi sohasida qo'llanilishi. Rekombenant DNK olish. 15. Vektor konstruktsiyalar. Plazmida, virus, mobil elementlar, transpozonlar, nanochistitsa, lipasoma 16. Gen muhandisligida qo'llaniladigan model organizimlar. Ulari transformatsalash usulari. Escherichia coli. 17. Bacillus subtilis. 18. Saccharomyces cerevisiae. 19. Transgen o‘simliklar. Transgen o‘simlar olish texnologiyasi, o‘simlik hujayrasiga vektorni mikroin’ektsiya, gen pushka, agrobakteriya usulida kritish, selektsiya qiish 20. Transgen hayvonlar olish 21. Genlar overekspressasi 22. Gen nakaut usuli. Mikro RNK, interferensa 23. DNK klonlash. Somatik xujayra, klonlash metodi, klonlashdagi muammolar.
  • Amaliy (seminar) va laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar: 1. DNK ajratish usullari va vositalari. 2. DNK miqdori va sifatini elektrofarez va spektrofotometr usulida aniqlash. 3. Polimeraza zanjir reaktsiyasi (PZR) 4. Gen va PZR mahsulotini gel-elektroforez usulida tekshirish 5. Genni agaroza gelidan kesib olish va tozalash. 6. Umumiy va mikroRNK ajratish usullari va vositalari. 7. Real vaqt PZR.Teskari transkripsiya. RNKdan komplement DNK hosil qilish 8. Restrektazalar tanlash. Rekombenant DNK olish. 9. Praymer tuzish. Virtual (In silico) PZR va BLAST dasturi bilan ishlash 10. In silico usulida vektor konstruktsiyalar tuzish 11. E.coli ni ozuqa muhitga ekish 12. Plazmida DNKsini bakteriya hujayrasiga kiritish (transformatsiya qilish) 13. Rekombinat oqsil ajratib olish 14. Transformatsiya, kallus to'qima va regenerant o'simlik olish 15. O‘simliklarni tronsformatsiyalash 16. miRNKni LR reaktsiya orqali olish
  • Mustaqil ta’lim: 1. DNK nukleotidlari ketma-ketligini aniqlash va DNK bo‘laklarini sintezlash. 2. Transgenez nazariyasi va uning ahamiyati 3. Prokariot va eukariot hujayralar genomining biokimyoviy xususiyatlari 4. Oqsil biosintezi va uning genetik darajadagi regulyasiyasi 5. Genlar ekspressiyasining biokimyoviy boshqarilishi 6. Biokimyoviy jarayonlarning genetik regulyasiyasi 7. DNK va genetik kodning mohiyati hamda uning biokimyoviy isbotlari 8. Gen regulyatorlari 9. RNKni tozalash metodlari 10. Klonlash usullari 11. TALEN nukleazalar 12. CRISPR nukleazalar 13. Gen muhandisligida ishlatiladigan operonlar 14. Gibridomalar texnologiyasi 15. Monoklonal antitanalar olish