Sud toksikologiyasi

Sud toksikologiyasi fanining umumiy asoslari, zaharli moddalarning turlari va ularning organizmga ta'sirini o'rganish, zaharlanish sabablarini aniqlash, zaharlanishlarni oldini olish va davolash choralarini o'rgatish, hamda zaharli moddalarni biologik obyektlardan ajratib olish usullarini o'zlashtirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Sud toksikologiyasi fani bo'yicha nazariy mashg'ulotlar: Sud toksikologiyasi fanining asosiy bo'limlari, umumiy masalalar, farmatsiya fanlari bilan bog'liqligi, zaharli moddalarni ajratib olish, tozalash va tahlil qilish usullari, biologik obyektlarni dastlabki tekshirish, zaharli moddalarni kimyo-toksikologik tekshirish usullari, ular-ning tahlil usullari.
  • Zaharli moddalarning umumiy ta'siri va ularning tarqalish xolatlari: Zaharlar, ularning sinflanishi, zaharlanish turlari, zaharli moddalarni organizmdagi holati, tarqalish mexanizmi va detoksikatsiyasi. Zaharlar metabolizmi.
  • Ob'yektidan qutbli erituvchilar yordamida ajratib olinadigan zaharli va gangituvchi ta'sirli moddalar: Suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi. Zaharli va gangituvchi moddalarni biologik ob'yektdan qutbli erituvchilar yordamida ajratib olishning umumiy usullari. Zaharli va gangituvchi moddalarni biologik ob'yektdan qutbli erituvchilar yordamida ajratib olishning xususiy usullari. Ajralmalarni yot moddalardan tozalash usullari.
  • Alkaloidlar va sintetik azot saqlovchi organik moddalar: Fenatsetin, salitsil kislotasi va atsetilsalitsil kislotasi.Toksikologik ahamiyati va tahlil usullari. Pirazol xosilalari: fenazon (antipirin), propifenazon (amidopirin), metamizol natriy (analgin), fenilbutazon (butadion). Toksikologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari. Alkaloidlarni umumiy tavsifi. Reaktivlar sezgirligi va xususiyligi. Farmakologik tekshiruvlar.
  • Laboratoriya mashg'ulotlari: Suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi. Ekstraktdan fenatsetin, salitsil kislotasi, atsetil salitsil kislotasini aniqlash. Ajralma va suyuq ashyolardan purin (kofein, teobramin, teofellin) alkaloidlarini aniqlash. Kofein toksikomaniyasi. Spektrofotometrik usulda tahlil qilish.
  • Sud biokimyosi va unda qo'llaniladigan tahlil usullari: Sud biokimyosi organizmning o'limdan keying jarayonlarni o'rganadi va postmortal tahlil deb nomlanadi. U qisqa vaqt ichida biokimyoviy izlanishlar asosida organizmning o'limdan keying ichki holatini yoritib beradi. Uning asosida o'limning aniq vaqti va sababi aniqlanadi.
  • Sud kimyosi: Sud kimyosi – bu tibbiyot ilmining o‘ziga xos qismi bo‗lib, unda zaharli, narkotik va gangituvchi ta’sirli moddalar bilan o‗tkir zaharlanishda laboratoriya eksperss-diagnostikasini o‘tkazish, umumiy va xususiy toksikologiya, toksikokinetika hamda toksikodinamika haqida ma‘lumot berish, tashqaridan organizmga tushgan zaharli, narkotik va gangituvchi ta‘sirli moddalarni inson tanasi, a‘zolarida va murdada bo‗ladigan metаbolizm jarayonlari, transport mexanizmi, ularni organizmdan chiqarilishi, toksikologik kimyo tahlil usullari yordamida biologik ob‘ekt va biologik suyuqliklardan zaharlarni ajratib olish, ularni chinligi va miqdorini aniqlash hamda olingan natijani sharxlashga oid masalalarni yoritish maqsad qilib oladi.