Orgаnik kimyo

Ushbu kitobning asosiy qismi Biologik kimyo va molekulyar biologiya faniga bag'ishlangan bo'lib, organizmdagi moddalar almashinuvi, kimyoviy jarayonlar, fermentlar, vitaminlar, gormonlar va oqsillarning ahamiyati hamda ularning kasalliklardagi roli chuqur o'rganiladi. Shuningdek, qonda va siydikda glyukoza, mochevina miqdorini aniqlash usullari hamda lipidlar, uglevodlar, oqsillar va vitaminlar almashinuvining kimyoviy va biologik xossalari haqida ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • Aminokislotalar. Peptidlar.Oqsillar.Oqsillarning biologik vazifalari.: Oqsillarning tuzilishi, xossalari, biologik vazifalari, oqsillarni ajratish va tozalash usullari, fermentlarning ta'sir etish mexanizmi va faolligini boshqarilishi, ularning ahamiyati hamda kimyoviy reaktsiyalar, B-guruh vitaminlari va ularning metabolizmi, Oqsillarning denaturatsiyasi va sifat reaksiyalari.
  • Fermentlar biokimyoviy jarayonlarning asosiy ishtirokchisi sifatida. Fermentlar faolligini miqdoriy aniqlash.: Fermentlarning struktura funktsional tuzilishi va ta`sir etish mexanizmlari, fermentlar faolligini miqdoriy aniqlash, fermentativ reaktsiyalar kinetikasi, fermentlar faolligiga ta`sir etuvchi omillari.
  • Nukleotidlar va nuklein kislotalar. Oqsillar metabolizmi.: Nuklein kislotalarning tarkibiy qismlari, DNK va RNK ning tuzilishi, genetik axborotni ko`chirish mexanizmlari, oqsil biosintezi va uning nazorati.
  • Bioenergetika va metabolism.Limon sikli.: Hujayraning energetik imkoniyatlari, uglevodlarning anaerob parchalanishi, Krebs sikli, nafas olish zanjiri strukturasi va funktsiyasi, oksidlanishli fosforlanish mexanizmi.
  • Uglevodlar va glikobiologiya. Glikoliz, glyukoneogenez va pentozofosfatli yo`l.: Energiyaning anaerob hosil bo`lishi, glikoliz, glyukoneogenez, pentozofosfatli yo`l va ularning ahamiyati.
  • Lipidlar metabolizmi.Biologik membrana va transport.: Lipidlarning hazm bo`lish mexanizmi, yog`larni emulsiya holatiga keltirish, yog` kislotalarning oksidlanishi, xolesterin biosintezi va ularning ahamiyati.
  • Oqsillar va aminokislotalar almashinuvi. Siydikchilni hosil bo`lishi.: Oqsillarning hazm bo`lishi va so`rilishi, aminokislotalar almashinuvi, ammiakni zararsizlantirish yo`llari, siydikchil biosintezi.
  • Metabolizmni gormonal boshqarilishi.Oqsil, yog` va uglevodlar almashinuvining o`zaro bog`liqligi .: Gormonlar va gormonsimon moddalar, ularning ta’sir etish mexanizmlari, qonda glyukoza, lipidlar va oqsillar miqdorini aniqlash usullari.
  • Vitaminlar biokimyosi.Yog`da va suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi.: Suvda va yog`da eriydigan vitaminlarning metabolizmi va biologik funktsiyalari, vitaminlarga sifat reaktsiyalar va ularning ahamiyati.