Analitik kimyo
Ushbu kitob "Analitik kimyo" fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uchun qo'llanma bo'lib, unda kimyoviy tahlilning nazariy asoslari, usullari, bajarish vositalari, eritma tayyorlash va standartlash, konsentratsiyalarni aniqlash, dori vositalarini sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashda qo'llanadigan uslublar o'rgatiladi. Kitobda zamonaviy analitik kimyoning asosiy tushunchalari, maqsadlari, rivojlanish bosqichlari, kimyoviy sifat va miqdoriy tahlillarning vazifalari, bajarish usullari kabi mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, kitobda anorganik va organik moddalarni ajratish va konsentrlashning asosiy usullari, tizimli va kasrli tahlillar, xromatografik va ekstraksiyalash usullari, gravimetrik, titrimetrik, uskuna usullari hamda ularning nazariy va amaliy jihatlari batafsil bayon etilgan. Kitobda talabalarning bilimini baholash uchun nazorat savollari va keyslar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Analitik kimyo fani – talabalarga kimyoviy tahlilning nazariy asoslari, tahlilning turli usullari, bajarish vositalari, eritma tayyorlash, tayyorlangan eritma konsentratsiyasini aniqlash, dori vositalarini sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashda qo‘llanadigan uslublarni o’rgatadi. Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi: zamonaviy analitik kimyoning asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari, rivojlanish bosqichlari, kimyoviy sifat va miqdoriy tahlilni vazifasi, bajarish usullari; dori shunoslikning amaliy faoliyatida analitik kimyo fanining o’rni va ahamiyati; anorganik va organik moddalarni sifat tahlili; moddalarni ajratish va konsentrlashning asosiy usullari; tahlilni xromatografik va ekstraksiyalash usullari; gravimetrik, titrimetrik, uskuna usullarining asoslari; miqdoriy tahlil natijalarini to‘g‘ri baxolashda statistika asoslarini qo‘llash to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi; moddalarni sifat va miqdoriy tahlil qilishdagi xamma jarayonlarni bajarishi, eritmalarini tayyorlash va standartlash, tahlilda ishlatiladigan asosiy asbob turlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; analitik kimyo adabiyotlaridan va bildirgichlaridan mustaqil foydalanish, o’rtacha namuna olishi, tahlil chizmasini tuzishi, moddani sifat va miqdoriy taxlil etishi, apteka va analitik tarozilari hamda xajmiy o’lchov asboblaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- Ma’ruzalar mavzulari: 1. Kirish. Zamonaviy analitik kimyoning asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari. Fanning rivojlanish tarixi. 2. Kimyoviy reaksiyalar tahlil jarayonining asosi. Eritmadagi ionlar holati. Ion kuchi, faollik koeffitsienti. Erituvchilar tasnifi. 3. Kimyoviy muvozanatning asosiy turlari. Geterogen muvozanatning analitik kimyoga tadbig`i. 4. Kimyoviy tizimda oksidlanish-qaytarilish muvozanati va unga ta`sir etuvchi omillar. Nernst tenglamasi. 5 Kompleks hosil bo‘lish muvozanati va unga ta`sir etuvchi omillar. 6 Ekstraksion muvozanat va unga ta’sir etuvchi omillar. 7 Xromatografiyaning asosiy tushunchalari, tasnifi va uning turlari. 8 Miqdoriy tahlil. Tasnifi. Gravimetrik tahlil va uning tasnifi. Cho`ktirish usulida gravimetrik tahlilning asosiy amallari. 9 Titrimetrik tahlil. Asosiy tushunchalari. Titrimetriyada qo‘llanadigan reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar. Titrimetrik tahlil tasnifi. Kislota-asosli titrlash usuli. 10 Kislota-asos indikatorlari. Indikatorlarning ion, xromofor va ion xromofor nazariyalari. Kislota-asos usulida titrlash egriligi, pH sakrama haqida tushuncha. 11 Oksidlanish-qaytarilish titrlash usulining mohiyati, tasnifi. Nernest tenglamasi. Turli omillarning redoks jufti potensialiga va reaksiya tezligiga ta`siri. Titrlash turlari. Indikatorlari. 12 Permanganatometriya. Usul mohiyati, titranti. Titrlash sharoiti. Tahlilda qo`llanilishi. 13 Titrlashni cho`ktirish usullari, tasnifi, indikatorlari. Titrlash egriligi. Argentometriya. 14 Kompleksonometrik titrlash. Titrlash egrisi. Metalloxrom indikatorlar. Trilon B ni tahlilda qo`llanishi. 15 Tahlilni uskunaviy usullari. Tasnifi. Molekulyar spektral tahlil. Fotoelеktrokolorimеtriya. 16 Spеktrofotomеtriya. Sifat va miqdoriy tahlilda qo`llanishi. 17 Tahlilni elektrоkimyoviy turlari. Asosiy qonunlari. Tasnifi. Potentsiometriya. Potensiometrik titrlash. 18 Miqdoriy tahlilni xromatografik usullari. Yuzaviy va ion almashinish xromatografiyasi. Gel xromatografiyasi.
- Laboratoriya mashg‘ulotlari: Kimyoviy laboratoriyada ishlash texnika xafsizligi qoidalari, I guruh karionlari Na+, K+, NH4+ kationlarining analitik reaksiyalari. Guruh aralashmasining tahlil chizmasi. II va III guruh Ag+, Pb+2, Ca+2, Ba+2 kationlarining analitik reaksiyalari. II, III guruh kationlari aralashmasining tahlil chizmalari. Reaksiya sezgirligiga doir masalalar yechish. IV guruh Al+3, Zn+2, Cr+3 kationlarining analitik reaksiyalari. IV guruh kationlari aralashmasining tahlil chizmasi. Ion kuchi va eruvchanlik ko‘paytmasiga doir masala yechish. V va VI guruh Mg+2, Fe+2, Fe+3,Co+2, Ni+2, Cu+2 kationlarining analitik reaksiyalari. V va VI guruh kationlari aralashmasining tahlil chizmasi. I guruh SO4-2, SO3-2, CO3-2 anionlarining analitik reaksiyalari. Eritmа pH qiymаtini хisоblаshgа vа оksidlаnish-qаytаrilish rеаksiyalаrigа dоir mаsаlаlаr yеchish. II va III guruh Cl-, J-, NO3-, CH3COO- anionlarining analitik reaksiyalari. Kationlarni ajratish va ochishni ekstraktsion va xromatografik usullari. Kоmplеks birikmаlаrigа dоir mаsаlаlаr yеchish. Noma’lum tarkibli quruq tuz tahlili. O`lchov idishlarni sig`imini tekshirish. Standart H2C2O4 ∙ 2H2O eritmasini tayyorlash. NaOH va H2SO4 ishchi eritmalarni tayyorlash. Tayyorlangan ishchi NaOH va H2SO4 eritmalarini standartlash. Nazorat eritma tarkibidagi Na2CO3 va NaHCO3 massasini aniqlash. Quruq tuz tarkibidagi NH4Cl massa ulushini aniqlash. Masalalar yechish. Permanganatometriya. KMnO4 eritmasini tayyorlash va standartlash. Mor tuzi eritmasidagi Fe(II) massasini aniqlash. Masala yechish. Kompleksonometriya. Standart MgSO4∙7H2O va ishchi eritma Trilon B eritmasini tayyorlash, standartlash. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash. Masalalar yechish. Fotokolorimetriya. Nazorat eritmasidagi Cu(II) miqdorini aniqlash. Spektrofotometriya. Preparatdagi rezortsinni massa ulushni aniqlash. Potensiometriya. Nazorat eritmasidagi H2SO4 massasini pH metrik usulda aniqlash. Ion almashinish xromatografiyasi usulida nazorat eritmasidagi Na2SO4 massasini aniqlash.
- Mustaqil ta`lim: 1. Kationlarning sulfidli, fosfatli tasnifi. 2. Kislota-asos muvozanati. Analitik kimyoda qo‘llanishi. 3. Gidroliz. Bufer tizimi. Li+, Hg2+2, Sr+2 sifat reaksiyalari. 4. Zn+2, Sn+2, Pb+2, NH4+, Hg2+2 aralashmasining tahlil chizmasi va analitik reaksiyalari. 5. Organik reagentlar va ularning tahlilda qo‘llanishi.