Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya

Ushbu kitob "Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya" fanining o’quv dasturiga asoslangan holda tayyorlangan bo‘lib, unda mikroorganizmlarning morfologiyasi, fiziologiyasi, tasnifi, yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi patogen mikroorganizmlar, ularning kasallik qo’zg’atuvchi mexanizmlari, mikrobiologik diagnostika usullari, davolash va oldini olish choralari hamda immunitet, vaksinalar va zardoblar haqida ma’lumotlar berilgan. Kitobda asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda foydalanish mumkin bo’lgan internet saytlari ham keltirilgan. Shuningdek, har bir mavzu bo’yicha mustaqil va nazorat topshiriqlari ham berilgan.

Asosiy mavzular

  • Tibbiyot mikrobiologiyasi: Mikrobiologiya fanining tarixi, taraqqiyoti, davrlari mikrobiologiya fanining provizor faoliyatidagi ahamiyati bilan tushuntiriladi. Mikroorganizmlar sistematikasi, nomenklaturasi tushuntirilib, har bir turkumga kiruvchi mikroorganizmlarning morfologik xossalariga tasnif beriladi. Eukriot va prokariot bakteriyalarning struktura tuzilishidagi farqlari va har bir doimiy, doimiy bo‘lmagan komponentlarning tuzilish, organizmdagi vazifalari xaqida ma’lumot beriladi.
  • Bakteriyalarning fiziologiyasi: Mikroorganizmlarning fiziologiyasi elementlari: oziqlanish turlari, rejallash asoslari; nafas olish turlari, o‘sish jarayonlari, ko‘payishidagi xossalari mikroorganizmlarning fermentlarining ahamiyati to‘g‘risida tushuncha.
  • Umumiy virusologiya: Viruslarning o‘ziga xos xossalari, ularning rejasi, reproduksiyasi jarayonlari haqida ma’lumot berilib morfologik, biologik xossalari bayon etiladi. Viruslar genetikasida rekombinatsiya jarayonlari yoritiladi. Viruslarning integrativ o‘zaro ta’siri kulturalash indikatsiyasi tushuntiriladi. Bakteriofaglar, ularning xossalari, bakteriya xujayralari bilan o‘zaro ta’siri, faglarning amaliyotda qo‘llanilishi bayon etiladi.
  • Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi: Dorivor o’simliklar normal mikroflorasi, dori xom ashyosining mikroorganizmlar bilan ifloslanish manbalari to‘g‘risida ma’lumot berilib, dori preparatlari tayyorlashda sanitar rejimga rioya kilish, sanitar mikrobiologik tekshirish usullarini qo‘llash asoslari, steril dori turlari, dori preparatlarining sterilligini aniqlash usullari tushuntiriladi.
  • Mikroorganizmlar ekologiyasi: Odam organizmining normal mikroflorasining axamiyati. Teri. og‘iz bo’shlig‘i, oshqozon ichak yo‘li mikroflorasi, nafas yo‘llari mikroflorasi axamiyati yoritiladi. Suv, tuproq va xavoda uzoq saqlanuvchi, kasallik tarqatuvchi, sanitar ko‘rsatgich mikroorganizmlar xaqida tushincha beriladi.
  • Infeksiya xaqida tushuncha: Infeksiya jarayonining tasnifi bilan boshlanib, infeksion kasallik, parazitizm, patogenlik, virulentlik, kontaminatsiya to‘g‘risida ma’lumot, yuqumli kasalliklarning rivojlanish davrlari, ularga ta’sir etuvchi faktorlar, makro va mikroorganizmlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonlari bayon etiladi. Mavzu bakterial toksinlar, ularning turlari, toksinlar, sepsis, epidemiologik tushunchalar to‘g‘risidagi ta’limot bilan yakunlanadi. Infeksiya turlari. Infeksion jarayonlarning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm, tashqi muhit va ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati.
  • Immunitet, immunitet turlar: Immunitet, uning moxiyati, immunologiya fani, uning rivojlanishdagi davrda Immun sistema, immunitet turlar, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan immunitet reaksiyalari va mexanizmi, fagotsitoz, komplement, interferon, immunologik tolerantlik, allergiya tabiati to‘g‘risida ma’lumot. Antigenlar ularning klassifikatsiyasi, bakteriya antigeni. Antitelalar ularning tasnifi. YUqumli kasalliklarni aniqlashda, tashxis qo‘yishda ishlatiladigan serologik reaksiyalarning turlari. Kasallikdan so‘ng immunitetni aniqlashda antigen va antitelalarning axamiyati.
  • Mikroorganizmlar genetikasi: Mikroorganizmlar genetikasi; bakteriyalar rekombinatsiyasi, transformatsiyasi, transduksiyasi, kon’yugatsiyasi haqida tushuncha, plazmidlar va mutatsiya jarayonining asoslari o‘rgatiladi. Immunobiologik preparatlarning tasnifi, ularning tabiati, olinishi va ishlatilishi. Vaksinalar, ularning turlari, tayyorlanish usullari, ommaviy vaksinatsiya qilish, vaksinatsiyaning samaradorligini aniqlash usullari, zardoblar, immunomodulyatorlar va diagnostik preparatlar to‘g‘risida ma’lumot.
  • Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar): Yiringli yallig‘lanish chaqiruvchi patogen va shartli patogen (mikroorganizmlarning) kokklarning umumiy xossalari, morfologiyasi kultural, tinktorial xossalari. Kasalliklarning yuqish yo‘llari, patogenezi, klinikasi, diagnostika usullari, davolash va profilaktikasi.
  • Yuqumli ichak kasalliklari: Yuqumli bakterial ichak infeksiyalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot berilib, esherixiozlar, qorin tifi, paratif qo‘zg‘atuvchilarining morfologik, tinktorial kultural, fermentativ xossalari ko‘rsatiladi. Kasalliklarning yuqish yo‘llari, patogenezi, klinikasi, diagnostika usullari, davolash va oldini olish uchun ishlatiladi preparatlar o‘rgatiladi.
  • Xavo-tomchi orqali yuquvchi infeksiya: Nafas yo‘llari yuqumli kasalliklaridan biri ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma kasalligini qo‘zg‘atuvchilarining morfologik, tinktorial, kultural, toksigenlik, fermentativ xossalarini o‘rganish. Bolalarda kasallikning o‘ziga xos klinik ko‘rinishi va yuqish yo‘llari. Sil mikobakteriyalarining turlari, kultural xususiyatlari, chidamlilik kasallikning klinikasi, diagnostika, davolash va profilaktikada ishlatiladigan preparatlarini tushuntirish.
  • Sodda patogen jonivorlar: Sodda bir xujayralilar bakteriya va zamburug’lardan farqli o’laroq murakkab funksional tuzilishga ega. Sodda bir xujayrali organizmlarning barchasi Protozoa olamiga, Animalia kenja olamiga kiritilgan bo’lib, ular 5 tipga ajratilgan. Leyshmaniyalar va Tripanosamoz qo‘zg‘atuvchilari. Odamlar uchun ularning 3 tasi – Sarcomastigophora, Sporozoa va Ciliophora patogen xisoblanadi. Dermatofitlarning morfologik va kultural xususiyatlari. Kandida turiga mansub achitqisimon zamburug‘lar. Ularning biologik xususiyatlari yuqish yo‘llari, kasallikni keltiruvchi faktorlar, mikozlarni diagnostikasida laboratoriya tekshirish usullari.
  • Patogen anaeroblar: Patogen anaeroblarning o‘ziga xos xossalari, jarohatli infeksiyalarga kiruvchi gazli gangrena, nerv sistemasining jarohatlanishi bilan xarakterlanadigan qoqshol kasalligi atroflicha muhokama qilinib, diagnostika, davolash usullarini tushuntirish. Kasalliklarni oldini olishda ishlatiladigagn vaksina va immun preparatlar.
  • Patogen o’ta xavfli bakteriyalar: Patogen o‘ta xavfli kasallik chaqiruvchi bakteriyalarning umumiy xossalari, ekologo epidemiologik aspektrlari, qo‘zg‘atuvchilarning yuqish yo‘llari, kemiruvchilarning axamiyati to‘g‘risida tushuncha beriladi. Kasalliklarning epidemiologiyasi, patogeneziga alohida urg‘u beriladi. Kuydirgi, toun, brutsellyoz klinikasi, diagnostika usullari, davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan preparatlar tushuntiriladi.
  • Patogen spiroxetalar: Spiroxetalarning tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning tasnifi. Zaxm, qaytalama tif qo‘zg‘atuvchilarining yuqish yo‘llari, diagnozini laboratoriya shiroitida aniqlash, kasallik patogeneziga ta’rif beriladi. Kasallikni erta aniqlashda ishlatiladigan tekshirish usullari. Profilaktikasi. Rikketsiyalarning morfologiyasi va kultural xususiyatlari. Kasalliklarni tarqalishida transmissiv yo‘l va qon so‘ruvchi hashoratlarning ahamiyati tushuntiriladi. Toshmali tif kasalligini laboratoriya diagnostikasi va oldini olish, davolash ishlari yoritiladi.
  • Virusli kasalliklar: Viruslarning yuqori nafas yo‘lini jarohatlanishi bilan o‘tadigan epidemik kasalliklar to‘g‘risida ma’lumot. Gripp, qizamiq qo‘zg‘atuvchilarining xossalari kasallik patogenezi, klinikasi, laborator diagnostikasi, spetsifik davolash va oldini olish usullari. Qutirish kasalligining tarqalishida yovvoi xayvonlarning roli va uning tabiatda aylanib yurishida viruslarning chivdamliligi.
  • Gepata va rabdoviruslar: Virusli kasalliklarni epidemiya holatida tarqaluvchi turlari beriladi. Gepatit turlari, hajmi ,xususiyatlari va kasallikni kechish ko‘rinishi ,mavsumiylik, laborotoriya tekshirish usullaridagi farqlari ko‘rsatiladi. Viruslarning morfologik, antigen xususiyati, patogenlik faktorlari, epidemiologiyasi, kasallik patogenezi, klinikasi, laboratoriya diagnostikasi, davolash va oldini olish yo‘llari o‘rgatish. yoritib beriladi.
  • OITS, Entero-, neyroviruslar ( poliomielit): OITS ning tarixi, tarqalish yo’llari va kasallikning yuzaga kelishida immunitetning xususiyati ta’riflanadi. Inson immuntanqislik sindromi virusining morfologik, antigen xususiyati, patogenlik faktorlari, epidemiologiyasi kasalligi patogenezi, klinikasi, laboratoriya diagnostikasi, davolash va oldini olish yo’llari yoritiladi. Enteroviruslar turkumiga kiruvchi poliomielit virusining xususiyatlari, yuqish yo’llari. Bolalarda kasallikning kechishi, kasallikni oldini olishda ishlatiladigan vaksinalar.