Maxsus dori turlari texnologiyasi

Ushbu kitob dorilar texnologiyasiga oid boʻlib, unda turli dorilarni tayyorlash, ularning sifati, jihozlanishi, saqlash va berishdagi oʻziga xosligi haqida maʼlumot berilgan. Kitobda gomeopatiya, pediatriya, geriatriya, kosmetologiya va veterinariya amaliyotida qoʻllaniladigan dorilar hamda ularning qoʻshimcha vositalari, ular bilan bogʻliq masalalar, xususan, ularning taʼsirini uzaytirish va yoʻnaltirish tizimlari, mikrokapsulalar, liposomalar va magnitli sistemalar kabi mavzularni chuqur oʻrganishga qaratilgan. Shuningdek, dorilarni tayyorlash jarayoni uchun zarur boʻlgan uskunalar, texnologik jarayonlar va sifat koʻrsatkichlari, shuningdek, ularning qo‗llanilishi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Maxsus dori turlari texnologiyasi: Ushbu fan dasturi talabalarga gomeopatik, maxsus pediatrik va geriatrik, kosmetologiya va veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasining nazariy va amaliy asoslariga hamda ta‘siri yo‘naltirilgan va uzaytirilgan dori turlarini tuzilishi, ta‘sir etish mexanizmlariga oid bilimlarni berishdan iborat.
  • Gomeopatiya: Gomeopatiyaning asoslari, qisqacha tarixi. Gomeopatiya davolash tizimining asosiy prinsiplari va nazariyalari.
  • Gomeopatiyada ishlatiladigan doza va suyultirishlar: Gomeopatiya davolash tizimida qo‘llaniladigan dozalar va suyultirishlar. O‘nlik va yuzlik suyultirish shkalasi. Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar. Gomeopatiya farmakopeyasining tuzilishi. Gomeopatik retseptlarni yozish tartibi.
  • Gomeopatik essensiya va tinkturalar texnologiyasi: Gomeopatik essensiya va tinkturalar ta‘rifi, turlari, tayyorlash usullari, suyultirish tartibi, sifatini baxolash. Essensiya va tinkturalarni gomeopatiya tizimidagi axamiyati, nomenklaturasi.
  • Gomeopatik qattiq dori turlari (trituratsiyalar, granulalar) texnologiyasi: Gomeopatik trituratsiyalar ta‘rifi, texnologiyasi, sifatini tekshirish usullari, caqlash va ishlatish tartiblari. Gomeopatik granulalar ta‘rifi, tasnifi, texnologiyasi. Gomeopatik dori moddalari bilan granulalarni to‗yintirish usullari. Gomeopatik granulalarni sifatini baxolash va qo‗llash tartibi. Gomeopatik tabletkalar ta‘rifi, texnologiyasi.
  • Bolalarga mo‗ljallangan suyuq dori turlari texnologiyasi: Yoshiga qarab beriladigan dorilar ta‘rifi, tasnifi, yaratish zarurligi. Bola organizmini rivojlanishidagi o‘ziga xos tomonlari, ularga ichish va surtish uchun beriladigan dori vositalarga qo‗yiladigan talablar. Bolalarga mo‗ljallangan dori turlarini (eritmalar, granulalar, sepmalar, osilmalar, tabletkalar, draje, kapsulalar) texnologiyasini o‗ziga xosligi. Korrigentlar haqida tushuncha, ularning pediatrik dorilarni yaratishdagi axamiyati. o‗zbekiston Respublikasida pediatrik dori turlarini yaratilishining hozirgi xolati.
  • Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarga mo‗ljallangan dorilar texnologiyasi: Yangi tug‗ilgan chaqaloqlar organizmining tuzilishining o‗ziga xos tomonlari, ularga ichish va surtish uchun beriladigan dori vositalarga qo‗yiladigan talablar, sifatini baholash, jihozlovchi materiallarni tanlash prinsiplari, yangi tug‗ilgan chaqaloqlar uchun mo‗ljallangan dori preparatlarni saqlash sharoiti va muddati. O‗zbekiston Respublikasida yangi tug‗ilgan chaqaloqlar uchun mo‗ljallangan dori turlarini yaratishdagi muammolar.
  • Kosmetologiya amaliyotida qo‗llaniladigan kosmetik vositalar ta‘rifi, tasnifi, ularga qo‗yiladigan talablar, qo‘llaniladigan yordamchi moddalar: Kosmetologiya amaliyotida qo‗llaniladigan preparatlari texnologiyasining nazariy va amaliy asoslariga oid bilimlarni berish.
  • Kosmetologiya amaliyotida qo‗llaniladigan vositalar texnologiyasi (yumshoq, suyuq va qattiq): Kosmetik amaliyotida qo‗llaniladigan yumshoq, syyuq va qattiq vositalar texnologiyasi bilan tanishish
  • Veterinariya amaliyotida qo‗llaniladigan dori turlari: Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarini tasnifi va tavsifi, ularni dozalash. Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan dori turlari texnologiyasining o‗ziga xosligi. Veterinar dorilarni dozalash. Veterinar dori tur-lari (bo‗tqalar, bolyuslar, granulalar, eritmalar, surtmalar va boshq.) texnologiyasi. Veterinariya amaliyotida qo‗llaniladigan dorilarni nomenklaturasi.
  • Ta‘siri uzaytirilgan dori turlari. Strukturali tabletkalar, polimer dorivor pardalar, immobillangan preparatlar: Ta‘siri uzaytirilgan dorilarni ta‘rifi, tasnifi, afzalliklari, yaratish zaruriyati. Peroral ta‘siri uzaytirilgan dori turlari ta‘rifi, tasnifi, asosiy vakillari. Spansulalar ta‘rifi, tuzilishi, ta‘sir etish mexanizmi. Strukturali tabletkalar tasnifi, asosiy vakillari. Polimer dorivor pardalarni ta‘rifi, tasnifi, axamiyati. Immobillangan preparatlar xaqida tushuncha. Dorilarni immobillash maqsadi. Immobillangan preparatlarni ta‘rifi, tasnifi. Immobillangan preparatlarni olish yo‗llari. Suvda eruvchan va ta‘siri yo‗naltirilgan immobillangan preparatlar qo‗llanilishi. Immobillangan preparatlarni yaratishga qara-tilgan Respublikamizdagi ilmiy yo‗nalishlar. Qattiq dispers sistemalar ta‘rifi, tasnifi, axamiyati.
  • Mikrokapsulalangan dorilarni tayorlash asoslari: Dorivor moddalarni kerakli a‘zolarga еtkazish uchun mo‗ljallangan I-avlod dorilaridan - mikrokapsulalarni oddiy koatsеrvatsiya usulida olish tеxnologiyasini o‘zlashtirish. Mikrokapsulalangan dorilarni olish tеxnologiyasi asoslarini o‘zlashtirish.
  • Magnit orqali boshqariladigan sistemalar, glikoproteidlar, antitelalar: Magnit orqali boshqariladigan sistemalar (magnitli dorilar) ta‘rifi, yaratish zaruriyati, zamonaviy tibbiyotda tutgan o‗rni. Magnit to‗ldiruvchilari va magnit maydoni manbalari ta‘rifi, tasnifi.